Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,14 Mb.
bet17/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

RAXIT
Raxit – moddalar almashinuvining polietiologik kasalligi bo’lib, o’suvchi organizmning fosfor va kaltsiyga bo’lgan talabining yuqoriligi, ularning transporti va metabolizmga qo’shilishini ta’minlovchi tizimning mos kelmasligi bilan harakterlanadi. Raxit osteoidlarni yetarli darajada mineralizatsiya bo’lmasligi bilan yuzaga keladigan suyaklardagi buzilishlar bilan harakterlanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda bunday holat osteomalyatsiya va osteoporoz deyiladi.
Raxit - bir yoshgacha bolalarda eng ko’p uchraydigan kasallik. Lekin uning aniq tarqalishi o’rganilmagan, ko’pgina bolalarda bu kasallikning u yoki bu qoldiqlari (chaynash va tishlar o’sishi nuqsoni, ko’krak qafasi, oyoq -qo’llar, kalla deformatsiyasi va boshqalar). Raxit bilan og’rigan bolalar keyinchalik tez-tez kasallanuvchilar guruhiga kiritiladi.


Raxit sabablari. Patogenezi.
Raxit birinchi bo’lib XVII asrda Angliyada o’rganilgan. O’sha vaqtlarda uning sabablari aniq emas edi, lekin kasallikning paydo bo’lishida insolyatsiyaning yetishmasligi ahamiyatga egaligiga e’tibor berilgan. XX asrning 30-yillarida vitamin D topilgan. Shu vaqtda ultrabinafsha nurlanish sintezi terida yuzaga kelishi ham aniqlangan. Ko’p yillar mobaynida raxitning asosiy sababi vitamin D tanqisligi deb hisoblangan. Lekin oxirgi yillarda qonda vitamin D metabolitlari qontsentratsiyasini aniqlash imqoniyati paydo bo’lgandan so’ng D gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kaltsiy tuzlarining yetishmasligi, lekin bunda gipokaltsiemiyaga qaraganda gipofosfatemiya ko’proq uchrashi va katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
Erta yoshdagi bolalarda fosfat va kaltsiy tuzlarining tanqisligi sabablari quyidagilar:

  • Chala tug’ilish (homilaga kaltsiy va fosfor tushishi homiladorlikning oxirgi oylarida ko’payadi)

  • Noto’g’ri ovqatlantirish natijasida kaltsiy va fosforni yetarli darajada organizmga tushmasligi

  • Intensiv o’sish davrida minerallarga bo’lgan talabning yuqoriligi (raxit - o’sayotgan organizm kasalligi)

  • Oshqozon - ichak trakti, buyrak, suyaklar orqali fosfor va kaltsiy transportining buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi rivojlanmaganligidir.

  • Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, strontsiy to’planishi, temir, magniy tanqisligi)

  • Irsiy moyillik (misol uchun, o’g’il bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar ko’proq kasallanadi)

  • Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi funktsiyasining buzilishi)

  • Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.

Vitamin D ning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayon. Vitamin Dning boshlang’ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi ergokaltsiferrol (vitamin D2) va xolekaltsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN ta’sirida ham hosil bo’ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin D ning oraliq metabolit shakl 25-gidroxolekaltsiferrolga o’tishi bilan kechuvchi birinchi gidroqsillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekaltsiferrol birlamchi shakllarga qaraganda 1,5 - 2 marta faoldir. Keyin 25-gidroxolekaltsiferrolning buyrakka transporti vujudga keladi, u yana gidroqsillanishga uchraydi va 1,25-digidroxolekaltsiferrol hamda 24-25-digidroxolekaltsiferrol deb nomlanuvchi aktiv gormonga o’xshash metabolitga aylanadi. Ushbu metabolitlar qalqonsimon bez gormonlari bilan fosfor-kaltsiy almashinuvida ishtirok etadi.


Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funktsiyasining tug’ma va orttirilgan buzilishi (turli xil malabsorbtsiyalar), jigar, buyrak, vitamin D metabolizmining nasliy defekti ham ahamiyatga ega. XX-asrning 80-yillarida qonda vitamin D metabolitlarining aniqlanishi organizmning bu vitamin bilan haqiqiy ta’minlanishini aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan ayollarda, erta yoshdagi bolalarda raxitning turli xil klinik va bioximik belgilari bo’lishiga qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo’ladi. Gipovitaminoz vitamin D ichgan yoki ichmagan bolalarda bir xilda uchraydi. Bundan tashqari, gipovitaminoz D har doim ham fosfor-kaltsiy almashinuvining buzilishi bilan kechmaydi. Klassik gipovitaminoz D qonda fosforni normal miqdori bilan kechadi, tipik raxit – bu gipofosfatemiya. Raxit bilan kasallangan bolalarning 15-20% da qonda vitamin D metabolitlari pasayishi aniqlangan. Raxit bu kasallik emas, balki, o’tuvchi, chegaradosh, tanqislik holat - diatezdir. Raxitning “fiziologik asosi” bo’lib, bola hayotining birinchi yilida suyak to’qimasining 75-80% intensiv remodellashuvi va suyak tuzilishining elektrostatik boshqarilishini buzuvchi majburiy gipokineziya hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, qonda fosfor va kaltsiy miqdorini ba’zi gormonlar ham boshqaradi. Raxitda paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida fosfatlar reabsorbtsiyasini kamaytiradi, bir vaqtning o’zida buyrakda vitamin Dning gidroqsillanishini, ichakda kaltsiy so’rilishini va suyakdan kaltsiy rezorbtsiyasini kuchaytiradi va shu yo’l bilan gipokaltsiemiyani bartaraf qiladi. SHuningdek qalqonsimon bez aktivligi o’zgarishi, chunki kaltsitonin kaltsiyning suyakka o’tishini va vitamin Dning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o’tishini kuchaytiradi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish