Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,14 Mb.
bet18/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Raxitning tasnifi - Raxitning ishchi tasnifi 1988 yilda Ye.M.Lukyanova va hammualliflar tomonidan taklif qilingan. Kasallik davri Og’irlik darajasi Kechishi
Boshlang’ich I daraja – yengil O’tkir Avj olish II daraja – o’rta Reqonvalestsentsiya III daraja - og’ir O’tkir osti Qoldiq belgilar Raxitning klinikasi
Boshlanish davri. Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3 oylarida paydo bo’ladi. Bolaning xatti-harakatlari o’zgaradi: bezovtalik, cho’chish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashqi qo’zg’alishlarga qaltirash (qattiq shovqin, to’satdan yorug’’lik tushishi). Bolaning uyqusi yuzaki va qo’rquvli bo’lib qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning soch qismida va yuzda, turg’un qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli bo’ladi va terini qichishtiradi. Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to’kilishi paydo bo’ladi. Bu yosh uchun xos bo’lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi bilan almashinadi. Katta liqildoq chegaralari va kalla choklari mo’rtlashadi, suyak-tog’ay birikkan joyda qovurg’alar yo’g’onlashadi (“raxit tasmalari”).
Kaft suyaklari rentgenogrammasida suyak to’qimalarining siyraklashishi kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kaltsiy qontsentratsiyasi normal yoki yuqori, fosfat qontsentratsiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori bo’lishi mumkin. Peshob tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar miqdori ortadi. Kasallikning avj olgan davri Kasallikni avj olgan davri bola hayotining birinchi yarim yilligi oxiriga to’g’ri keladi va asab tizimi, tayanch-harakat apparatining yanada kuchliroq o’zgarishlari bilan harakterlanadi. Raxitning o’tkir kechishida yaqqol namoyon bo’luvchi osteomalyatsiya jarayoni kalla yassi suyaklarining yumshoqlanishiga olib keladi (kraniotabes), keyinchalik, ko’p hollarda ensaning yassilanishi kuzatiladi. Ko’krak qafasining yumshashi va deformatsiyalanishi ko’rinadi: to’shning pastki qismi siqiladi (“etikdo’z ko’kragi”) yoki bo’rtib chiqadi (“tovuq ko’kragi”). Uzun naysimon suyaklarning O-simon (kam hollarda X-simon) qiyshiqligi kuzatiladi. Toraygan yassiraxitik tos shakllanadi. Qovurg’alarning yumshoqligi natijasida diafragmaning birikkan chizig’ida chuqurcha hosil bo’ladi (harrison egatchasi). Raxitning o’tkir osti kechishida ustunlik qiluvchi osteoid to’qimalar giperplaziyasi, ensa va peshona do’mboqlari, kaft sohasida yo’g’onlashish, qovurg’a-tog’ay birikkan joyida va qo’l barmoqlari falangalararo bo’g’imlarida “bilakuzuklar”, “raxit tasmalari”, “munchoq iplari” bilan namoyon bo’ladi.
Uzun naysimon suyaklar rentgenogrammasida metafizlarning jomsimon kengayishi, dastlabki ohaklanish sohasining o’pirilishi va yaxshi ko’rinmasligi kuzatiladi. Gipofosfatemiya, gipokaltsiemiya, ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo’ladi.
Reqonvalestsentsiya davri Bu davr uchun bola o’zini yaxshi his qilishi va holatining yaxshilanishi xos. Statistik funktsiyalari normallashadi yoki yaxshilanadi. Rentgenogrammada o’sish zonasining bir tekis bo’lmagan qattiqlashuvi kuzatiladi. Qonda fosfor miqdori normallashadi yoki normadan birmuncha ortadi. Unchalik yuqori bo’lmagan gipokaltsiemiya saqlanadi, ba’zida ko’tariladi.
Qoldiq belgilar davri. Bioximik ko’rsatgichlar normallashuvi va raxit faolligi yo’qolishi kasallikning faol davrdan nofaol davriga – qoldiq belgilar davriga o’tganligini bildiradi. O’tkazilgan raxit belgilari (skelet deformatsiyasi
va mushak gipotoniyasi) uzoq vaqt saqlanadi.
Raxitning kechishi va og’irlik darajasi Raxitning o’tkir kechishi uchun barcha simptomlarning tez rivojlanishi harakterli, nevrologik buzilishlar yaqqol rivojlangan, aniq gipofosfatemiya, osteomalyatsiya jarayoni ustunlik qiladi.
Raxitning o’tkir osti kechishida nevrologik buzilishlar qisman rivojlangan yoki unchalik rivojlanmagan, qonning bioximik tarkibi kam o’zgargan, osteoid giperplaziya jarayoni ustunlik qiladi. Qaytalanuvchi (to’lqinsimon) kechishida bolada faol raxitning klinik, laborator va rentgenologik belgilari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda raxitning qaytalanuvchi kechishining bo’lishi gumon bo’lib hisoblanmoqda.



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish