SPAZMOFILIYA
Spazmofiliya hozirgi vaqtgacha alohida kasallik deb qaralgan. Tetaniya spazmofiliyaning asosiy klinik ko’rinishi bo’lib, turli xil etiologiyali va patogenetik mexanizmga ega. Raxitning spazmofiliya bilan bog’liqligi aniq. Patogenetik nuqtai nazardan spazmofiliya va raxit kaltsiy va fosfor almashinuvi buzilishining ikki bosqichi bo’lib, organizmda vitamin Detishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov fikriga ko’ra, XX asrning 60-yillarigacha, spazmofiliya 3,7% go’dak yoshidagi bolalarda aniqlangan. Oxirgi vaqtda raxit kasalligi kamayganligi sababli bolalarda spazmofiliya kam uchramoqda. Talvasa va boshqa spastik kasalliklarni paydo bo’lishi asab tizimi, asosan asab-mushak apparatining yuqori qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq. Spazmofiliya rivojlanishiga gipokaltsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida yuzaga kelgan ion tengligining buzilishi sabab bo’ladi. Fosfor miqdorining ko’payishi va alkaloz oshishi gipokaltsiemiyaga olib keladi. Qonda kaltsiy miqdorining kamayishi, uning ionlarining kamayishi bolalarda talvasa rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ishqorlarning hujayra ichiga ko’p kirishi ham talvasaga olib keladi (natriy gidrokarbonat, nitratlar). Spazmofiliya ultrabinafsha radiatsiyasi ta’siri bo’lgan qishning oxiri va bahorda paydo bo’ladi, shuningdek, raxit reqonvalestsentsiyasi davrida, kaltsiy-fosfor almashinuvining yaxshilanishi, qondan kaltsiy mobilizatsiyasining kuchayishi va uning suyaklarda to’planishi natijasida ro’y beradi. Bir vaqtda qalqonsimon bez oldi funktsiyasi pasayadi. Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi. Bu omillar kislota-asosli holatni alkaloz tomonga siljishiga, qonda ishqoriy holat kaltsiy ionizatsiyasi kamayishiga olib keladi. Bunday holatlarda kaltsiy miqdori kamayishi shart emas, alkaloz nerv-mushak qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi.
Bunga qarama-qarshi metabolik atsidoz tetaniyani rivojlanishiga sabab bo’ladi, chunki yuqori rNda kaltsiy ionizatsiyasi kuchayadi. Spazmofiliya shuningdek, hujayra tashqarisi suyuqligida magniy yetishmasligi bilan ham bog’liq, kaltsiy miqdori normada bo’ladi. Bu holat sut bilan ovqatlantirilganda yoki organizmda magniyni noto’liq singishida, shuningdek magniyning siydik orqali ortiqcha chiqarilib yuborilishida yuz beradi. Normada qon zardobida magniy miqdori 0,8-1,5 mmol/l ni tashkil qiladi, uning miqdorini 0,5 mmol/l ga kamayishi talvasani chaqiradi.
SHuningdek, talvasa paydo bo’lishiga vitamin V1 yetishmasligi sabab bo’ladi, raxitda kuzatiladi va spazmofiliyada kuchayadi. Bunda glikolitik zanjirda buzilish paydo bo’ladi, pirouzum kislotasi hosil bo’ladi, talvasa paydo bo’lishiga olib keladi.
Spazmofiliya yashirin va latent turlariga ajratiladi yoki “yashirin tetaniya” va aniq spazmofiliya deb ataladi. Spazmofiliyaning yashirin shaklida, “yashirin tetaniya”, asab-mushak qo’zg’aluvchanligi yuqoriligidan paydo bo’ladi. Ota-onalar shikoyat qilishmaydi, bola normal rivojlanadi, raxit belgilari aniqlanadi. Yashirin spazmofiliyada ko’p uchraydigan belgilarga Xvostek (yuz fenomeni), Lyust, Trusso, Erba, Maslov simptomlari kiradi.
Xvostek simptomi - bolg’acha bilan yuz nervi shoxchasi o’rniga, o’rdak kafti sohasiga, fossae caninae ga urilganda og’iz, burun, ko’z ichki burchagi mushaklarining qisqarishini chaqiradi.
Lyust simptomi - (peroneal yoki fibulyar) - kichik boldir nervi, kichik boldir suyagining orqa va pastki sohasiga tukullatilganda, oyoq ustki qismi bukilishi, tashqariga burilishini chaqiradi. SHunga o’xshash ko’rinishni qo’lda ham kuzatish mumkin, tirsak nervi sohasiga bilak suyagi boshchasiga tukullatganda kuzatiladi.
Trusso simptomi - yelkani bir necha daqiqaga tasma bilan bosilganda (nerv-tomir tutamiga), qo’l barmoqlarining tirishishi va “akusher qo’li” ko’rinishi yuzaga keladi.
Erba simptomi - galvaniq tok ta’sirida nervlar elektr qo’zg’aluvchanligining kuchayishi kuzatiladi. Agar tok kuchi 5mAdan kichik bo’lganda mushaklar qisqarsa, bu yuqori qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Spazmofiliyada u 1-2 mA ga teng bo’ladi.
Maslov simptomi – igna sanchganda bolalar nafas olishining tezlashishi kuzatiladi. Yashirin spazmofiliyada nafas mushaklarining spazmi natijasida nafas olganda va nafas chiqarganda bir necha daqiqaga to’xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |