Emizuvlik yoshi(ko’krak yoshi)4 davri chaqaloklik davridan keyin boshlanib, bu uning 29 kunligidan bir yoshgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Uz nomidan ma’lumki, bu davrda ona bilan bola bir-biriga juda bog’langan bo’ladi Bu davr boshlanishida bolaning asosiy ovqati ko’krak suti bulib, davr ohirida ko’pincha u ko’krakdan ajratila boshlanadi. Bu davrda bola tashki muhit sharoitiga umuman moslashgan bulib, juda jadal suratda jismoniy, asab-ruxiy, aqliy usib rivojlanadi, harakatlari takomillashib boradi. Bolani harakat faoliyati jadal rivojlanib yil ohirida mustaqil qadam tashlab, uyinchoklarni uynay oladi.
Jismoniy usishning maksimal darajada rivojlanishi bolaning 2-4 oylik davriga tugri keladi. Bir yil davomida bolaning vazni 3 marotaba, buyi 50%, bosh aylanasi taxminan 35 % ga ortadi. Bunday jismoniy rivojlanish bolada modda almashinuvining jadalligini va bunda anabolik jarayonni ustun kechishini kursatadi. Bu vaqtda bolaning energiyaga bo’lgan talabi katta kishilardan 3 marotaba ko’p, shu sababli uning har bir kilogramm vazniga nisbatan ko’p ovqat qabul qilishi zarur bo’ladi. Shu bilan bir qatorda bu davrda bolaning hazm a’zo tizimining yetarlirivojlanmaganligi sababli vaqti-vaqti bilan oshqozon-ichak kasalliklariuchrab turadi.
Bu davrda bolani soglom usib rivojlanishi kasalliklarga chalinmasligini ta’minlash. uchun munosib sharoit yaratish zarur buladi. Beriladigan ovqat sifatli, yetarli, undagi mineral modda va vitaminlar mikdori bolaning ehtiyojini qoplashi zarur. Aks holda bunday tartib buzilsa, bolaning jismoniy, asab-ruhiy rivojlanishini orqada qolishi raxit,) temir tanqisligi kamqonlik kasalliqlarini boshlanib ketishi kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari hazm a’zo shilliq qavatlarini o’tkazuvchanligi sababli ovqat tarkibidagi allergenlar ancha oson surilib bolada ko’pincha allergodermatozlar boshlanib ketishi mumkin.
Bolaning 2-3 oyligidan boshlab ona organizmida yo’ldosh orqali o’tgan passiv immunitetlar kamayib boradi, bola organizmida shaxsiy mmunitetning takomillashishi esa juda sekinlik bilan boradi. SHular sababli ko’krak yoshidagi bolalarda kasallanish ko’p uchraydi. Jumladan nafas olish tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari (nafas yo’larini torligi, atsinuslarni ivojlanmaganligi) sababli ko’pincha shamollashlik, bronxit, bronxiolit, pnevmoniya kasalliklari uchrab turadi. Bu davrda bolalarni infektsion kasalliklarga chidamligigi pasaygan buladi, ammo ularni bolalar guruhida kam bo’lishligi sababli havo-tomchi orqali beriluvchi virusli infektsiya kasalliklar nisbatan kam uchraydi. Bu davrda bolaning sog’lom jismoniy o’sishi, asab-ruhiy rivojlanishini ta’minlash, kasalliklarni oldini olish uchun lozim kun tartibini yaratib, sifatli ovqatlantirish choralarini kurish bilan muntazam chiniqtirib borish, kerakli, profilaktik vaqtsinatsiyalarni grafik asosida o’tkazib borish lozim. Bulardan tashqari bolani doimiy kattalar e’tiborida bo’lib, so’z bilan murojaat etib, erkalab ijobiy xis tuyg’uni kuzgatib borishlik muhim o’rin tutadi.
Bog’chagacha bo’lgan davr yoki katta yasli davri ko’krak yoshidan keyin boshlanib, 1 yoshdan 3 yoshgacha .bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda bolani organizmining fiziologik jarayoni muttasil takomillashib borsada, jismoniy o’sish tezligi biroz pasayadi.
Mushak tizimining vazni bu davrda jadal ortadi. Bolaning ikki yoshligida sut tishlari chiqib bo’lgan bo’ladi. Burun, tomoq limfa tugunlari takomillashib, ko’pincha ularni giperplaziyasi kuzatiladi. Harakat qilish qobiliyati juda tez kengayib, murakkablashib yurishdan-chopishga va sakrashgacha borib yetadi, bu vaqtida nazorat qilinmasa jarohatlanishga olib kelishi mumkin. Bolani so’zlash kobiliyati juda tez mukammallashib, 3 yoshni ohirida u birmuncha uzun iborali gaplarni grammatik to’g’ri, idrok bilan gapira oladi. Bu davrda bolaning xis tuyg’usi ko’p xil ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Manfiy ta’sirot mavjud sharoit bolada isterik xolati, talvasaga tushib qolish hollariga olib kelishi mumkin. Uyatchanlik, injiqlik, qo’rqishlik alomatlari shu davrda paydo bo’ladi. Bolaning uziga xos individual xulq atvori, harakteri aniqlanadi. SHular sababli bu davrda bolaning tarbiyasi, ularning parvarish etishning eng asosiy kismi bo’lib qoladi. Kasalliklardan bu. davrda ko’pincha o’tkir respirator virusli infektsiya kasaliklari, qizamiq, suvchechak, ko’k yo’tal kasalliklari uchrab, bu bola organizmida immunitetni yetarli takomillashmagani, hamda boshqa bolalar bilan uchrashishning kengayishi bilan tushuntiriladi. Yana allergik kasalliklarning ko’p xildagi ko’rinishlari, jumladan bronxial astma kasalini boshlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning maktabgacha davri 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan vaqtni uz ichiga oladi. Bu davrda bolaning vazni ortib borishiga nisbatan usishi tezlashib, oyoq qo’llari uzunlashib, birinchi bor buyini fiziologik chuzilishi kuzatiladi. Sekin asta sut tishlari tushib, urniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Bola organizmining organlari takomillashib, immunitet orqali muhofaza etish birmuncha yetilib qolgan buladi. Bu davrda bolaningaql idroki tez o’sib, mehnat qobiliyati murakkablashib boradi. 5 yoshlik bola ona tilida bemalol grammatik tugri gapira oladi. Eslash kobiliyati ortadi. Bolada nozik koordinatsiya harakatlari ham takomillashib, rasm chizish maxoratlari boshlanadi. U ugilva kiz bolaxakidagi uziga xos
uzgarishlar kuzatilib, individual kizikishi va ishqibozlik shakllanadi. Masalan o’yin jarayonida kiz bolalarda quyunchaklik, g’amxo’rlik kuzatilsa, o’g’ilbolalarda harakatchanlik, kuchni iщlatishga ishonch kuzatiladi.
Kasalliklardan asosan insrektsiyali, hamda nafas yuli kasalliklari ko’proq uchraydi. Bu davrda bolalar guruhiga qo’shilish ishtiyoqi ortib, bola o’zining intelektual rivojlanishi bilan maktabga borishga tayyor bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |