ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi REJA: - Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi
- Og'iz bo'shlig'ida ovqat hazm bo'lishida so'lak bezlarining ahamiyati.
- Tashqi muhit harorati yuqori bo'lganda ovqat hazm bo 'lishining xususiyatlari
Bajardi:Jomurodova Shahrizoda Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (4-rasm). Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar juftlashganda og'izning kirish qismi yopiladi. Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Sog'lom bola bir yoshga to'lganida uning 8 ta, ikki yoshga to'lganida - 20 ta sut tishi bo'ladi. Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi. - Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (4-rasm). Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar juftlashganda og'izning kirish qismi yopiladi. Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Sog'lom bola bir yoshga to'lganida uning 8 ta, ikki yoshga to'lganida - 20 ta sut tishi bo'ladi. Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi.
Ovqat hazm qilish a'zolari:
1- tomoq-halqum; 2- quloq oldi so'lak bezi; 3- qizilo'ngach; 4- me'da; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6 - jigar va o't pufagi; 7-me'da osti bezi; 8 - ingichka ichak; 9¬ko'richak; to - ko'richakning chuval-simon o'simtasi; 11 - yo'g'on ichak; 12- to`g`ri ichak.
Do'stlaringiz bilan baham: |