O'n ikki barmoq ichak - Bu ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi o'n ikkita barmoq eniga teng (25-30 srn) bo'ladi. Shuning uchun u o'n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichak bo'shlig'iga me'da osti bezining shirasi va jigarning o't suyuqligi quyilib turadi. Me'da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, yog'larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parcha¬laydigan amilaza fermentlari bo'ladi. O'n ikki barmoq ichakka jigardan quyiladigan o't suyuqligi ovqat tarkibidagi yog'larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi. Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda o'n ikki barmoq ichakka 500-800 ml me'da osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o't suyuqligi quyiladi. Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo'lish jarayoni juda faol o'tadi.
Ingichka ichak - Ingichka ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda 5-6 m, kengligi 2-2,5 srn bo'ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan. Bu muskullar ichakning mayatniksimon va pe¬ristaitik (to'lqinsimon) harakatini ta'minlaydi. Ichakning ma¬yatniksimon harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi. Bu ovqatning parchalanib, hazm bo'lishini ta'¬minlaydi. Ichakning peristaitik, ya'ni to'lqinsimon harakati ovqat moddalari ichak bo'shlig'i bo'ylab yuqoridan pastga tomon siljishini ta'minlaydi. lngichka ichak shilliq qavati ostida juda ko'p mayda bezchalar joylashgan. Ulardan 'ajraladigan suyuqlik tarkibidagi enterokinaza, lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqlig'idagi tripsin va boshqa fermentlar ta'sirini faollashtiradi. lchak shilliq qavati yuzasida mayda so'rg'ichlar - vorsinkalar bor. Ular juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan. lchak shilliq qavatining 1- va 2 sathida 30-40 ta, ichakning blltun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo'ladi.
Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali) hazm bo'lishini ta' - 4 minlaydi. Buni akademik A. I. Ugolev aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan ovqat moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq qavati bezlaridan ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa fer¬mentlari ta'sirida juda mayda molekulyar holatgacha parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning hazm bo'lishi 6-8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz ishqoriy (pHi 7,5-8,0) sharoitda kechadi. - Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali) hazm bo'lishini ta' - 4 minlaydi. Buni akademik A. I. Ugolev aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan ovqat moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq qavati bezlaridan ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa fer¬mentlari ta'sirida juda mayda molekulyar holatgacha parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning hazm bo'lishi 6-8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz ishqoriy (pHi 7,5-8,0) sharoitda kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |