Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m. U qorin bo'shlig'ida ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi qismlarga bo'linadi: I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks); 2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak; 4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri ichak. Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6-8 mm, uzunligi 3-9 srn, ba'zi odamlarda 18-24 srn gacha bo'lishi mumkin. Bu o'simta qorin bo'shJig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tish, tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish kabi kasalliklarida mikroblar qonga o'tib, appenditsit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning o'ng tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish, si lash va og'riq qoldiruvchi dorilami iste'mol qilish yaramaydi, chunki bular kasallikni og'irlashtiradi. - Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m. U qorin bo'shlig'ida ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi qismlarga bo'linadi: I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks); 2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak; 4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri ichak. Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6-8 mm, uzunligi 3-9 srn, ba'zi odamlarda 18-24 srn gacha bo'lishi mumkin. Bu o'simta qorin bo'shJig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tish, tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish kabi kasalliklarida mikroblar qonga o'tib, appenditsit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning o'ng tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish, si lash va og'riq qoldiruvchi dorilami iste'mol qilish yaramaydi, chunki bular kasallikni og'irlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |