Gepatit B bu virusli kasallik bolib, virus organizmga tushganda hayotiy zarur boʼlgan ichki organlarga salbiy tasir koʼrsata boshlaydi. Ushbu kasallik tufayli eng koʼp jigar shikastlanadi, uning shikastlanishi mikro-hujayrali darajada boʼladi. Gepatit B alomatlarsiz kechishi yoki aniq belgilar bilan namoyon bolishi mumkin. Surunkali bosqichiga oʼtganda, ushbu virusli infektsiya koʼpincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi.
B guruh gepatiti quyidagicha tasniflanadi:
Yashin tezligida. Gepatitning eng tezkor shaklida bemorlarda bir necha soat ichida miya shishishi yuz beradi va bemor komaga tushadi. Koʼp hollarda, bemorlarning hayoti ushbu turdagi gepatit klinik bosqichga otganda qisqa muddat ichida fojiali yakun topadi.
Oʼtkir. Gepatit B ning oʼtkir shaklida bemorlarda ushbu kasallikning bir necha bosqichlari kuzatiladi. Dastlab, asosiy alomatlar namoyon boladi, undan keyin bemorlarning terisi sariq rangga kiradi. Gepatitning B otkir shaklining songgi bosqichi jigar yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi.
Surunkali. Gepatit B virus inson tanasiga kirgandan song 1-6 oy otib surunkali bosqichga otadi. Ushbu bir necha oy virusning inkubatsiya davri bolib, undan song oziga xos alomatlar va belgilar paydo bola boshaydi.
Gepatit B ning turlari
Gepatit B ning namoyon boʻlishi
Virus bemorning tanasiga kirganidan soʼng, gepatitning inkubatsiya davri boshlanadi, bu oʼrtacha 15 dan 90 kun davom etadi, lekin 6 oygacha choʼzilishi mumkin.
Gepatitning oʼtkir shakli quyidagicha kechishi mumkin:
●Oʻtkirlashish bosqichi;
●Uzoq muddatli kasallik;
●Retsidivlar;
●Kamdan kam hollarda koma.
GEPATIT B SABABLARI
B guruh gepatiti rivojlanishining sababi bu kasallik qozgatuvchisi virusning inson organizmiga kirishidir. Kasallik ayniqsa bir qator salbiy omillar (alkogol, nikotin, kimyoviy va zaharli moddalar, dorilar) tasirida zaiflashgan immunitetli kishilarda kop uchraydi. Immunitetga shuningdek boshqa kasalliklar ham tasir qiladi, bu tanadagi metabolik buzilishlar, vitamin va minerallarning yetishmasligi tufayli yuz beradi.
Gepatit B kasalligi faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Koʼp hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon boʼlgan paytda aniqlanadi. Oʼz vaqtida davolangan odamlar gepatit B kasalligidan butkul sogʻayib ketadi va oʼzlarida ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitet shakllantirishadi.
Gepatit B kasalligi faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Koʼp hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon boʼlgan paytda aniqlanadi. Oʼz vaqtida davolangan odamlar gepatit B kasalligidan butkul sogʻayib ketadi va oʼzlarida ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitet shakllantirishadi.
Gepatit B virusi
Gepatit B bilan ogrigan bemorlarning kopchiligida uzoq vaqt bu kasallikning alomatlari kuzatilmaydi. Virusni faqat tibbiy korik yoki homiladorlik uchun royxatga olish uchun zarur bolgan laboratoriya qon tahlillari otkazilishida aniqlash mumkin. Bunday hollarda maxsus tahlil «avstraliyalik antigenni» aniqlash uchun qon tahlili amalga oshiriladi.
Gepatit B ning alomatlari va belgilari
GEPATIT B GA QARSHI EMLASH
Gepatit B bilan kasallanishni oldini olish uchun odamlarga oz vaqtida vaktsina olish tavsiya etiladi. Maxsus ishlab chiqilgan emlash malum bir harorat sharoitida saqlanishi kerak. B guruhi gepatitiga qarshi emlash faqat mushak ichiga kiritiladi. Emlash paytida inyektsiya teri ostiga yuborilgan bolsa, u hisobga olinmaydi va bemorga qayta inyektsiya qilish kerak.
Vaktsinani barcha odamlar olmaydi, chunki bazi bir qarshi korsatmalar mavjud
Bugungi kunga kelib, gepatit B ga qarshi emlash uchun ikkita sxema mavjud:
Standart (0 1 oy 6 oy). Birinchi inyektsiya tanlangan kunda bemorga qilinadi. Bir oydan keyin ikkinchi bor emlash amalga oshiriladi. Uchinchi bor inyektsiya birinchi vaksinaning kiritilishidan 6 oy otgach amalga oshiriladi.
Alternativ (0 1 oy 2 oy). Birinchi emlash tanlangan kun, ikkinchi marotaba 1 oy otgach, uchinchisi esa ikki oydan keyin amalga oshiriladi.