Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»


Kichik maktab yoshi - Davri 7 yoshdan 11yoshgacha



Download 2,14 Mb.
bet37/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Kichik maktab yoshi - Davri 7 yoshdan 11yoshgacha5 bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda sut tishlari o’rniga doimiy tishlar almashinadi. Bolaning tana tuzilishida uning jismoniy usib yetilib, jinsiy belgilarni paydo bo’lishi, sababli o’g’il va qiz bolalar urtasidagi; farq yaqqol ajralib turadi. Bolaningaql idroki, hotira etish qobiliyati o’sib, mayda mushaklar nozik murakkab koordinatsiya harakatlari ortadi va u maktabda o’qib, yoza olish mahoratini egallaydi. Bolaning maktab sharoitida. bo’lishi, uni intizomli, mustaqil irodali bo’lishiga zamin yaratadi. SHu bilan bir qatorda ularda bolalar kollektivida bo’lishga intilish, qiziqishi ortadi. Ammo bu davrda bolaning ochiq havoda kam bo’lishi, ko’pdars bilan shug’ullanishi natijasida markaziy asab tizimiga tushadigan ta’sirotni ortishi, kun tartibiga rioya kilmay normal ovqatlanmaslik, ba’zan ularda ko’rish darajasini o’zgarishiga, gavdani tutish, umurtqa ko’rinishini buzilishiga, tishlarni kariesga uchrashiga olib kelishi mumkin. Kasalliklardan bu davrda ko’pincha infektsiyali, haz.ma’zo va allergik kasalliklar, hamda revmatizm va uning asoratlari uchrab turadi.
Katta maktab yoshi davri 12 yoshdan 17-18 yoshgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. 12 yoshdan periferik asab tizimini takomillashishi nihoyasiga yetib, bosh miya qobik tuzilishi, hamda nafas a’zolarini va yurak qon-tomir tizimi fiziologik ko’rsatkichlari kattalar ko’rsatkichlariga yaqinlashgan bo’lib qoladi. Katta maktab yoshi davriga endokrin bezlarini kuchli o’zgarishlari xos bo’lib, jinsiy bezlar faoliyati jadal oshib boradi, qalqonsimon bezining ta’siri yangidan ortadi, gipofiz bezi ta’siri saqlanadi yoki biroz ortadi, ayrisimon bezining ta’siri esa kamayib boradi. Bu davrda jinsiy rivojlanishni jadal kechishi bilan birga jismoniy rivojlanishda bolani bo’yiga keskin usishi, mushak tizimini tez tarakkiyot etib borishi kuzatiladi. Qiz bolalarda jinsiy rivojlanish o’g’il bolalar ga nisbatan 1-1,5 yil oldin boshlanadi. Bu davr bolaning ruhiy rivojlanishining eng nozik davri hisoblanib, uning aql idroki, odob-ahloqi, qat’iyatligi shakllanib boradi. Bu davr uchun chegaradan chiquvchi harakat, muomala o’z so’zida turib olish kabi muammolar hosdir.
Kasalliklardan bu davrda jismoniy va jinsiy ri-vojlanishping buzilishi, yurak qon tomir tizimining funk-tsional o’zgarishi, nevroz holatlari, hazm a’zo tizimida gastrit, duodenit, yara kasalliklari uchrab turishi mumkin. Bu davr ohirlarida sekin asta bola va katta kishilar urtasidagi morfologik va fiziologik holatdagi farqlar yuqola boradi, ulardagi kasalliklarni xili va kechishi ham bir-biriga uxshash bulib boradi.
Har bir bola uchun o’ziga xos individual sur’atdagi biologik rivojlanish xos bo’lib, uning organizmining fiziologik holati va ta’sirotlarga javobi kalendar yoshga emas, biologik yoshga bogliq bo’ladi. Biologik yoshni aniqlashda, biologik rivojlanishni ifodolovchi belgilarni baholash yo’li bilan, hisoblanadi.
Har bir yoshdagi bolalik davrlarida biologik yoshini aniklash uchun bola tanasi proportsiyasini harakterlash orqali erta yoshdagi bolalar uchun fiziologik reflekslarni yo’qolishi va paydo bo’lishi, harakat qila bilish mahorati, sut tishlarining chiqa boshlanishini baholash bilan aniqlash mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun doimiy tishlarini chiqishini aniklash, kichik va katta maktab yoshdagi bolalar uchun esa ikkilamchi jinsiy belgilarini paydo bo’lishi, dinamometriya ko’rsatkichlari va mehnat qobiliyatini aniklash orqali anikdanadi. Maxsus tekshirishlarda biologik yosh rentgenologik yo’lda suyak nuqtalarini soni va suyaklanish yadrolarini paydo bo’lishini aniklash orqapi hisoblanadi. Bulardan tashqari ma’lum yoshga juda xos bo’lgan antropometrik, fiziologik, immunologik va modda almashinuvi ko’rsatkichlari orqali ham biologik yosh to’grisida mulohaza etish mumkin. SHuning uchun ham ba’zi olimlar bolalik davrlarini klassifikatsiyasini yaratishda, bolani kalendar yoshi bo’yicha emas, uni biologik yetuklik belgilariga qarab ham klassifikatsiya yaratishgan.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish