Tugilgandan keyingi- shaxsiy bolalik3 davri. Kindik kesilib bola onadan ajragan vaqtdan ikkinchi katta davr - boshlanadi. Shaxsiy bolalik davri, bolaning neonatal - chaqaloklik davridan boshlanadi. Bu bolaning tug’ilgan yoki qindigi kesilgan vaqtdan boshlanib, to’lik 4 hafta yoki 28 kungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davr o’z navbatida erta va kechki neonatal davrchalariga bo’linadi.
Erta neonatal davri- bolaning kindigi kesilgan vaqtidan 7 kungacha (168 soat) bo’lg’an vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davr bola organizmining tashqi muhitsharoitiga moslashishining eng nozik, ma’suliyatlik vaqti hisoblanadi. Chunki chaqaloq tug’ilishi bilan uning organizmida muhim fiziologik o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni o’pka orqali nafas olish boshlanadi. Homilalik davridagi qon o’tuvchi yo’llar berkila boshlab, tug’ilgandan keyingi qon aylanish jarayoni tashkil topadi. Qon tarkibida morfologik, fizikaviy-kimyoviy hususiyatlari, energiya modda almashinuvi, harorat boshqaruvi o’zgaradi, hazm a’zo tizimi orqali ovqatlanish boshlanadi. Mana shu tashqi muhit sharoitiga moslashish jarayonidagi o’zgarishlarga bola terisida fiziologik qizarishlik (kaytar), mayda qipiqsimon pust tashlashlik, fiziologik sargayishlik, fiziologik vazn yo’qotishlik, nordon siydik infarkti, gormonal kriz holatlari kiradi. Erta neonatal davrda bola organizmi hususiyatlari beqaror muvozanatda bo’lib, moslashish mexanizmlari osongina izdan chiqib, chaqaloq holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu davrda uchraydigan kasalliklar irsiy kasallik yoki homilalik davrida juda erta boshlangan embriopatiya yoki fetopatiya asoratlari yoki tugilish jarayonida paydo bo’lgan kasalliklar bo’lishi mumkin. Bu davrda bolada har xil tug’ma nuqsonli - anamal kasalliklar, ona bilan homila o’rtasida antigen nomuvofiqligi natijasida kelib chiquvchi chaqaloqlar gemolitik kasalligi, homilani yaxshi o’smasligi, infektsiya kasalligi o’tkazishi natijasida bolani kuchsiz, ozg’in yoki infektsion kasal bilan tugilishi yoki tugilish vaqtida olgan jarohati yoki asfiksiya holatlari uchrashi mumkin.
Chaqaloq bolada immunobiologik jarayon o’ziga xos bo’lgani sababli, ular qizamiq, skarlatina, qizilcha kasalliklari bilan juda qamdan-kam og’riydilar, chaqaloqlardagi bu kasalliklarga bo’lgan chidamliligi, ko’pchilik mualliflarning fikricha, homilalik davrida yo’ldosh orqali, tug’ilgandan keyin ko’krak suti orqali onadan o’tgan passiv immunitetlar hisobiga ro’y beradi. Ammo tug’ilishning birinchi kunlaridanoq bolada tez-tez yiringlik-septik kasalliklar, og’ir formada bakteriya yoki viruslar qo’zg’atgan hazm a’zo yoki nafas yo’llari kasalliklari uchrab turishi kuzatilib turadi. Bu vaqtda bolani juda oson infektsion kasalliklarga chalinishi, chaqalokda sekretor immunoglobulin A-ni yo’kligi tufayli birinchi qator organizm muhofazasini takomillashmagani, hamda immunoglobulin M-ga taalluqli antitelani kamligi sabab bo’ladi. Bu davrda uchraydigan nafas yetishmasligi sindromini paydo bo’lishida esa o’pka to’qimalarini takomillashmaganligi muhim o’rin tutadi.
Shular sababli erta neonatal davrida bola uchun maksimal qulay aseptik sharoit yaratish tabiiy ovqatlantirishni yo’lga qo’yish va davom ettirish uchun ona va bolaga lozim bo’lgan zarur choralarni amalga oshirib borish, bolani sog’lom o’sishida muhim o’rin tutadi. Homila va chaqalok bola sog’ligini saqlash naqadar muhimligini va buning uchun ko’riladigan tadbirlarni, hamda bu davrda uchraydigan kasalliklarni o’ziga xosligini nazarda tutgan holda, kechki fetal, intranatal, erta neonatal davrlarini umumlashtirib, perinatal davri deb qabul qilingan. Perinatal davri homilalikning to’liq, 28 haftasidan chaqaloqni to’liq 7 kunligiga. Bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Shuni yodtsa tutish kerakki, perinatal davrida o’lgan bolalar soni tugilgandan keyin toki 40 yoshgacha davrda ulganlar soniga teng buladi (A.V.Mazurin, I.M.Vorontsov 1989 y). SHu sababli perinatal davrida bolalar hayotini saklab qolish umuman insonlar ulimini kamaytirish garovi hisoblanadi.
Kechki neonatal davri - chaqaloqni 8 kunligidan 28 kunligigacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrda bolani normal jinsiy usib, asab-ruxiy rivojlanib borishi, yaxshi emib, uyqusini buzilmasligi uni yaxshi o’sib borayotganidan dalolat beradi. Bu davrda uning sezgi organlari, birinchi o’rinda ko’rish qobiliyati rivojlanib, onasini tez-tez ko’lga olib erkalashi 3 hafta ohirlarida ba’zi shartli reflekslarni paydo bo’lishiga, chaqalokda jilmayish, hursandchilik alomatlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Bu holat ko’pchilikni e’tirof etishicha bolada shaxsiy ruhiy rivojlanishni boshlanish ramzi hisoblanadi. Ammo bu davrda shuni yodda tutish lozimki, chaqaloq bola organizmi xali nozik, kasallikka beriluvchan buladi. Shu sababli har qanday noqulay vaziyat uning usishiga, rivojlanishiga tezda salbiy ta’sir ko’rsatadi, bola har xil kasallikka chalinib qoladi. Shu sababli chaqaloq vrach-pediatr va tibbiyot hamshirasining muntazam kuzatuvida bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |