60
5-semestr
Amaliy mashg’ulot №1
Mavzu: Pediatriyada etika masalalari. Bolalik davrlari. Sog’lom bolalarning jismoniy rivojlanish monitoringi. Bolalni klinik tekshirish xususiyatlari. Jismoniy rivojlanishdan ortda qolish. Asab va sezgi tizimining AFX. Zararlanish semiotikasi.
Mashgulotning maksadi. Bolalar davolash-profilaktik muassasalari bilan tanishish. Fanning maksadva vazifalarini va bolalik davrlarini urganish.
Vazifalari.
1. Fanga kiskacha kirish.
2. Bolalar davolash profilaktika muassasalari bilan tanishish.
3. Bolalik davrlarining harakteristikasi
Talaba bilishi kerak:
1. Propedevtikani maksad va vazifalarini aniklash
2. Bolalar shifoxonasi tuzilishini:
-kabulxona
-davolash bulimlari
-maxsus davolash usullari
-yordamchi bulimlar
-diagnostika bulimlari
-adminstrativ-xujalik bulimlari
3.Bolalar shifoxonasini ishlash printsiplarini:
-davolash va sog’likning saklash
-sanitar-epidemiologik
-sanitar-gigienik tartib
-bemor bolani kabulxonada vrach bilan birgalikda kabul kilish
-bemorning umumiy axvolini baxolash.
Amaliy mashg’ulot xronologik haritasi
№
|
Darsning bosqichlari
|
Darsning shakllari
|
Davomiyligi 240 min.
|
1
|
Talabalar yo’qlamasi, odob-ahloq qoidalarini targ’ib etish, amaliy mashg’ulotning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish
|
|
15 min.
|
2
|
Darsni muhokama etish, talabalarni boshlang’ich bilimlarini tekshirish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Talabalarning tayyorgarlik darajasini aniklanadi. Mashg’ulot davomida tavsiya etilgan ko’rgazma qurollardan foydalanish (jadvallar, videofilm, mulyajlar) Oxirgi muhokama xulosasini chiqarish.
|
Savol berish, tushuntirish
|
30 min.
|
3
|
Assistent talabalarga amaliy ko’nikmani volonter talabada, mulyajlar, trenajerlar vositasida ko’rsatib beradi (terapiya bo’limi bemorlari parvarishi).
Har bir talaba assistent namoyish qilgan amaliy ko’nikmani o’zi mustaqil bajarib o’rganadi.
O’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalar hamda, nazariy bilimlar asosida mashg’ulotni o’tkazishdan ko’zlangan maqsadga erishganlik darajasini muhokama qilinadi.
|
Amaliy ko’nikma namoyishi, amaliy ko’nikmani o’zlashtirish
|
45 min.
|
4
|
Assistent talabalarga darsning klinik amaliyot qismi xaqida ma’lumot beradi.
Talabalar mavzuga oid bemorlarni ko’rib, ulardan shikoyatlar, anamnez yig’adi, kasallik alomatlarini to’g’ri aniqlaydi va o’zlashtirgan amaliy ko’nikmani bemorda qo’llaydi
|
Klinik amaliyot
|
45 min.
|
5
|
Talaba bemorlarni parvarish qiladi, tibbiy xujjatlar bilan ishlaydi. Bemorni instrumental va laborator tekshiruvlar uchun tayyorlaydi.
Assistent boshchiligida talabalar bajarilgan topshiriqlar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar to’g’rilanadi.
|
Kasallik tarixi. Klinik va laborator tekshiruv jixozlari
Og’zaki, test, diskussiya, amaliy ish natijalarini muhokama etish
|
45 min.
|
6
|
Nazorat savollar, interfaol o’yini, vaziyat masalalar yordamida talabalarning o’zlashtirish saviyasini aniqlanadi.
|
Vaziyat masalalar, testlar, savollar
|
30 min
|
7
|
O’qituvchining mashg’ulot bo’yicha xulosasi. Talabalar bilimini reyting asosida baholash va baholarni z’lon qilish. Kelgusi amaliy mashg’ulot mavzusini e’lon qilish va nazorat savollar taqdim qilinadi
|
|
20 min
|
Pediatriya – grekchadan «pedos» - bola, «iatriya»-davolash, bolaning rivojlanish qonuniyatlarini, kasallik kelib chikishi sabablari, davolash va kasallikning oldini olishni urgatadi. Kattalarda ko’pgina kasallik bolalik davrlaridan boshlanadi. SHuning uchun bolalikdagi rivojlanish sharoiti, tarbiya qanday bo’lsa, katta yoshdagi sog’ligi ushanday buladi.
Pediatriya-bolani usish va rivojlanish davrlarini urganadi, har qaysi yoshlik davrida bolani uziga xos yashashi, morfologiyasi,fiziologiyasi va psixologiyasi sifatini bilish muxim rol uynaydi. Shuning uchun bolalar klinik anatomiyasini bilish ularning uziga xos tekshirish usullari va olingan natijalarni baxolashda muxim ahamiyatga ega. Bundan tashkari asosiy anatomo-fiziologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda qonkret yashash muxit va kun tartibi tashkil kilishga undaydi. Pediatr doimo bola va ota-ona bilan mulokatdabuladi. Bolalar shifokori yaxshi psixolog va pedagog bo’lishi kerak.U ota-ona va patsientda yaxshi avtoritet kozonishiga olib keladi, bolani tezrok sogayishini ta’minlaydi. Bola organizmi nozik, kasallikka beriluvchan bulib, parvarish koidalari buzilganda bola tezda ogriydi. Bola injik, yiglashi shifokorningsh kurishiga xalakit kiladi. Shunda ham shifokor tulik kurib, tugri tashxis kuyish kerak. Shuning uchun bugundan boshlab uzingiz ustingizda kattik ishlashingiz, barcha ma’ruza, amaliy mashgulotlarga katnashingiz, pediatriya buyicha barcha adabiyotlar, Internet materiallari, yangiliklarni vaqtida ukib bilim saviyangizni oshirishngiz kerak. SHundagina siz yaxshi bolalar shifokori bulib yetishasiz.
Bola organizmi kattalar organizmidan uziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan fark kiladi. SHuning uchun siz, bola organizmining barcha xususiyatlarini va pediatriya sirlarini urganishingiz kerak.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi pediatriyani boshlanish kismi xisoblanadi. Bolalalar kasalliklari propedevtikasi kuyidagilarni urgatadi.
1. Bolalarning yeshiga mos anatomo-fiziologik xususiyatlari va parvarish kilish koidalarini.
2. Bolani kurish va kasallik anamnezini urganishni
3. Boladagi kasallikni umumiy semiotikasini.
4. Soglom bolalarni yoshiga mos ravishda ovqatlantirish texnikasi, taom tayyorlash va soglom bolalarga taomnoma tuzishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |