16.4. Reaksiyaning molekularligi va tartibi
Kimyoviy oʻzgarishlar roʻy berishida reaksiyada ishtirok etuv
chi moddalar molekulalarning oʻzaro toʻqnashuvi jarayonida, ya’ni
“elementar akt“da bitta molekula, ikkita molekula va uchta moleku
lalarning bir vaqtda baravariga oʻzaro toʻqnashuvi roʻy berishi talab
etilishi mumkin.
Reaksiya molekularligi quyidagi reaksiya oʻtishida qatnashadi
gan molekulalarning minimal soni bilan ifodalanadi. Shunga koʻra,
reaksiya bir (mono) molekular, ikki (bi) molekular va uch (tri)
molekulyar turiga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |