Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

N.T. Alimxodjayeva, X.S. Tadjiyeva 

Z.A.Ikramova, G.G. Suleymanova 

TIBBIY KIMYO

1-qism Bioanorganik kimyo

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 

ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot instituti 

1-kurs talabalari uchun darslik  

sifatida tavsiya etilgan

Toshkent


«IJOD-PRINT»

2019



1-kurs talabalari uchun darslik

UO‘K: 577.1(075.8)

KBK: 52.5ya73

A 50

Taqrizchilar:

A.D. Joʻrayev – ToshDSI Kimyo (biologik kimyo), molekular 

biologiya kafedrasi professori, k.f.d.;



N.M.  Yuldashev – ToshPTI Biologik, bioanorganik va bio­

organik kimyo kafedrasi professori, b.f.d.



Tibbiy  kimyo: Darslik. Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S. /  

O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Ijod­print” nashri­

yoti, 2019. – 468 bet.

 

Mazkur darslik tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljal­

langan  lotin  grafikasida  yozilgan  oʻquv  adabiyoti  boʻlib,  umumamaliyot 

shifokorlar tayyorlashning zamonaviy konsepsiya siga tayanilgan va tibbiy 

kimyo fanining yangi rejasi asosida yozilgan.

Darslikda bioorganik kimyo fanining asosiy qonun va qoidalari, bio­

logik faol moddalar tuzilishi va xossalari keng yoritilgan hamda fanga 

oid bir qator yangi ma’lumotlar, tayyorlashda hozirgi kun talabiga javob 

beradigan ma’lumotlar va xorijiy adabiyotlaridan foydalanilgan. Shuning­

dek tibbiy kimyo fanining nazariy va amaliy tibbiyotdagi ahamiyati keng 

yoritilgan. 

Ushbu darslik sogʻliqni saqlash ta’limi tizimida tahsil olayotgan baka­

lavr, pedagoglar va barcha yoʻnalishdagi shifokorlar uchun moʻljallangan.

UO‘K: 577.1(075.8)

KBK: 52.5ya73

ISBN 978­9943­5593­1­8    © “IJOD­PRINT”nashriyoti, 2019



© 

N.T. Alimxodjayeva, X.S. Tadjiyeva

, 2019 



Tibbiy kimyo / 1  

3

Kirish

Tibbiy kimyo – bioanorganik va bioorganik kimyo fanlari yu­

tuqlarini  oʻz  ichiga  olib,  jonli 

tabiatdagi 

moddalarning kimyoviy 

xususiyati, ularning xossalarining oʻzgarishi, shuningdek, bu jara­

yonlarni tirik organizm faoliyati bilan bogʻliq holda oʻrganadigan 

fandir.

 Ushbu fan biologik muhim moddalarni oʻrganuvchi bioano­

organik va bioorganik kimyoning gʻoyalari, usullari va qonuniyat­

lariga asoslanadi. Shu bilan birga tibbiy kimyo fani moddalarning 

tuzilishi va ularning biologik funksiyalari bilan bogʻliq xossalarini, 

biologik muhim birikmalarning tuzilishi va reaksion xususiyatlarini 

o‘rganadi. 

Modda almashinuvi – metabolizm organizmda kechadigan bar­

cha kimyoviy reaksiyalar yigʻindisi. Ular tirik sistemaning turgʻun­

ligi va oʻz­oʻzini hosil qilishga yoʻnaltirilgandir. Odam organizmi, 

shuningdek,  hayvonlar  organizmi  ovqat  mahsulotlarini  qabul  qi­

lishga  muhtojdir.  Ular  suv  va  mineral  komponentlardan  tashqari 

murakkab organik tarkibga ega boʻlgan oqsil, yogʻ va uglevodlarni 

qabul qilishi kerak.

 Boʻlajak umumamaliyot shifokori patologik ja­

rayon rivojlanishining mexanizmlarini toʻliq oʻzlashtirishi muhim 

ahamiyatga ega. Turli kasalliklar asosida metabolik jarayonlarning 

buzilishi yotadi. Sogʻlom organizmda katabolizm va anabolizm ja­

rayonlari uzviy bogʻlangan.

Tibbiy kimyo fani ikki boʻlimdan iborat:

– Bioanorganik kimyo;

– Bioorganik kimyo.

Bioanorganik  kimyo  fani  kimyoning  asosiy  tushunchalari  va 

asosiy qonunlari, atom va molekula tuzililishi, D.I.Mendeleyevning 

davriy jadvali, biogen va noorganogen elementlar, yadro kimyo­

si, eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari, eritmalar­




1-kurs talabalari uchun darslik

4

ning kolligativ xossalari, dispers sistemalar, eletrokimyo asoslari, 



kimyoviy termodinamika va kinetikani oʻrganadi. 

Bioorganik kimyo fani tirik organizm tarkibiga kiruvchi mod­

dalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalar­

ning tuzilishi va kimyoviy xossalarini, asosiy biopolimerlar – oqsil­

lar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlar­

ning tuzilishi, xossalarini oʻrganadi. 

Tirik organizmda anorganik va organik birikmalar mavjud. Ular 

organizmga tashqaridan kirishi mumkin, yoki organizmda sintezla­

nadi.Tirik organizmning har bir hujayrasida minglab turli kimyoviy 

jarayonlar sodir boʻladi. Organizmda sodir boʻladigan barcha reak­

siyalarning yigʻindisi moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb 

ataladi.Metabolik jarayonlar organizm hujayrasida turib kataliza­

torlik  vazifasini  bajaruvchi  fermentlar  ­  oqsil  tabiatli  birikmalar 

ishtirokida sodir boʻladi.

Inson  hayotida  kimyoning  ahamiyati  beqiyosdir.  Kimyoning 

inson hayotiga konstruktiv ta’sir oʻtkazayotgan fundamental yoʻna­

lishlarni keltiramiz:

• Barcha tirik mavjudot havodan nafas oladi. Havo kimyoviy 

tarkibga ega boʻlib 20% kislorod, 78% azot va boshqa inert gazlar­

dan tashkil topgan.

• Tirik organizm kimyoviy moddalardan tashkil topgan: terida 

oqsillar, teri ostida yogʻlar, suyak tarkibiga kalsiy, fosfor element­

lari hamda bir qator organik moddalar kiradi. 

•  Iste’mol  qilinadigan  oziq­ovqat  mahsulotlari  –  oqsillar,  ug­

levodlar, yogʻlar, vitaminlardir. 

•  Ovqat  xazm  qilish  jarayonida  kimyoviy  reaksiyalar  sodir 

boʻladi. 

• Oziq­ovqat ishlab chiqarishda kimyoviy jarayonlardan foyda­

laniladi. 

•  Tibbiyot  amaliyotida  qoʻllaniladigan  dorivor  barcha  prepa­

ratlar kimyoviy birikmalardir. Masalan, glukozaning 5%li eritmasi 

– koʻp qon yoʻqotilganda, organizm suvsizlanganda tomirdan tom­




Tibbiy kimyo / 1  

5

chilab yuboriladi; analgin – og‘riq qoldiruvchi vosita; dimedrol – 



tinchlantiruvchi vosita, allergik kasalligida qoʻllaniladi va hokazo. 

•  Ko‘pchilik  anorganik  moddalar  dorivor  moddalar  sifatida 

tibbiyotda  keng  ishlatiladi:  natriy  xloridning  0,86%li  eritmasi  – 

fiziologik eritma, koʻp qon yoʻqotilganda, organizm suvsizlanganda 

tomirdan tomchilab yuboriladi; natriy sulfat – surgi vositasi sifa­

tida qoʻllaniladi; kaliy va natriy bromid – tinchlantiruvchi vosita; 

magniy oksid – me’da – ichak trakti kasalligida adsorbsiyalovchi 

modda sifatida qoʻllaniladi; magniy sulfat – magneziya gipertoniya, 

ateroskleroz kasalliklarida qoʻllaniladi; kalsiy xlorid – allergik, teri 

kasalliklari, nefrit va shamollashda qoʻllaniladi; kalsiy karbonat – 

tishdagi toshlarni tozalashda abraziv material sifatida, me’da shirasi 

kislotaligi oshganda qoʻllaniladi, sorbit – tish qobigʻini mustahkam­

lashda, kaliy xlorid – yurak hastaligida qoʻllaniladi va hokazo.

• Natural va sintetik tolalar sintezi, metall, rezina va plastmas­

salar sintezi kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshadi. 

• Atir­upa, sovun va dezodorantlar ishlab chiqarish kimyoviy 

jarayonlarga asoslangan. 

Insoniyatning paydo boʻlishi va rivojlanishini kimyosiz tasav­

vur qilib boʻlmaydi. Aynan kimyoviy jarayonlar sababli, bizninig 

sayyoramizda, noorganik moddalar almashuvining rivoji tariqasida, 

organik birikmalardan tortib mukammal organizmlar vujudga kel­

gan. 


Tibbiy kimyo fani insoniyat rivojlanishida asosiy omil boʻlib 

hisoblanadi.

Mazkur darslik tibbiyot oliygohi talabalarini Tibbiy kimyo kur­

si boʻyicha oʻqitilish dasturi asosida tuzilgan.

Darslik  tuzishda  tibbiy  kimyoni  tibbiyotga  moyil  koʻrinishda 

tuzishga alohida e’tibor berilgan. 




1-kurs talabalari uchun darslik

6


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish