Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kimyoviy reaksiya tezligi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

16.3. Kimyoviy reaksiya tezligi

Kimyoviy reaksiyalarni borish tezligini va mexanizmini kim­

yoning  bir  qismi  –  kimyoviy  kinetika  oʻrganadi.  Kinetika  ikki 

boʻlimdan iborat:

• Kimyoviy jarayonlarni borish mexanizmini hisobga olmagan  

holda uning tezligini matematik ifodalashni oʻrganish – formal ki­

netika;

•  Kimyoviy  jarayonlarni  borish  mexanizmlarini  oʻrganishga 

bagʻishlangan boʻlim – molekular kinetika.

Reaksiyalar gomogen, bir xil fazali (masalan, gaz yoki suyuq 

holatdagi moddalar orasida) va geterogen (har xil fazali moddalar 

orasida: qattiq va suyuq, gaz hamda suyuq va hokazo)  boʻladi. Go­

mogen jarayonda reaksiya bir tekisda moddalar joylashgan butun 

hajm boʻylab oʻtadi. Geterogen reaksiyalar esa faqat chegara yu­

zalarida – fazalar chegarasida oʻtadi.

Ba’zi reaksiyalar juda tez boradi, boshqalar esa juda sekin.

Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar­

ning konsentratsiyasini vaqt birligi ichida oʻzgarishi bilan tavsifla­

nadi. Reaksiya tezligi mol/l·sek.yoki mol/l·min.  birligida ifodala­

nadi. Masalan, A+B↔C+D reaksiya tezligini quyidagicha ifodalash 

mumkin. Agar t

1

va t



2

 vaqt ichida dastlabki moddalarni birini kon­

sentratsiyasini C

1

va C



2

 deb qabul qilsak, bu vaqt intervalidagi oʻrta­

cha tezlik Vni quyidagicha ifodalash mumkin:

t

C

t

t

C

C

V



±

=



=

1



2

1

2



Kimyoviy reaksiyalarning tezligiga quyidagi omillar ta’sir koʻr­

satadi. 


• reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiati

• konsentratsiya 

• harorat 



Tibbiy kimyo / 1  

353


• katalizator  

• bosim (gazlar uchun)

• geterogen reaksiyalarda qattiq moddaning sirt yuzasi

Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir koʻrsatadigan omillarni quyi­

dagi sxema orqali koʻrsatish mumkin:

Kimyoviy  reaksiyaning  tezligi  reaksiyaga  kirishuvchi  mod­

dalarning  tabiatiga  bogʻliqligi,  atom  va  molekulalarning  elektron 

strukturasi,  ya’ni  kimyoviy  bogʻning  turiga  bogʻliqdir.  Kovalent 

qutbsiz  bogʻga  ega  boʻlgan  birikmalar  orasidagi  reaksiya  sekin 

(qiyin), qutbli bogʻga ega birikmalar orasida tezroq va ionli bogʻli 

birikmalar juda tez reaksiyaga kirishadi. 

2H

2



 + O

2

 = 2H



2

O           oddiy sharoitda juda sekin boradi 

ΝH

3

 + HCI = NH



4

CI                    tez boradi

AgNO

3

+NaCI=AgCI↓+NaNO



3

             bir zumda boradi




1-kurs talabalari uchun darslik

354


Gomogen  reaksiyalar  (qattiq 

fazalidan  tashqari),  geterogen  reak­

siyalardan tezroq boradi. Geterogen 

reaksiyalar tezligi qattiq moddaning 

sirt yuzasiga va maydalanish dara­

jasiga bogʻliq.

Kimiyoviy reaksiya tezligi reak­

siyaga  kirishuvchi  moddalar  (re­

agentlar)ning konsentratsiyasiga 

boʻgliq. Reaktivlar konsentratsiyasi qancha koʻp boʻlsa, ular  oʻr­

tasida toʻqnashuvlar soni ham koʻp boʻladi va  reaksiya tez boradi. 

Masalan,  biror modda toza kislorodda (100%) yonganda  reaksiya 

tezligi havoda yonganga   nisbatan ancha tez boradi.

Bemorning nafas olishi qiyinlashsa, atmosferaga nisbatan kis­

lorod konsentratsiyasi yuqori boʻlgan gazlar aralashmasi berilishi 

lozim.  Oʻpkada  kislorod  molekulalari  sonining  ortishi  uni  gemo­

globin bilan bogʻlanish tezligini oshiradi. Qon oksigenatsiyasining 

darajasi oshsa, bemorning nafas olishi osonlashadi.

Hb(aq)  + O

2

(aq)  →   HbO



2

(aq)


Gemoglobin      Kislorod    Oksigemoglobin

Reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsen­

tratsiyasiga bogʻliqligini Guldberg va Vaage   tomonidan ta’riflan­

gan (1864–1867­y.) massalar ta’siri qonuni ifodalaydi. Oʻzgarmas 

temperaturada kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayot­

gan moddalar stexiometrik koeffistiyentlari darajada olingan kon­

sentratsiyalarining koʻpaytmasiga toʻgʻri proporsionaldir (massalar 

ta’siri qonuni).

nA+mB↔ kC+ cD         reaksiyasi uchun

ʋ

1



=Kc

n

(A)c



m

(B)             toʻgʻri reaksiya tezligi   

ʋ

2

=Kc



k

(C) c


c

(D)             teskari reaksiya tezligi

bunda –

n,m,k.c – stexiometrik koeffistientlar

K – kimyoviy reaksiya tezlik konstantasi



Tibbiy kimyo / 1  

355


c(A) va c(B) – reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molar 

konsentratsiyasi 

c(C)  va  c(D)  –  reaksiyada  hosil  boʻlgan  moddalarning  molar 

konsentratsiyasi

K – reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati va haroratga bogʻliq 

boʻlib, konsentratsiyaga bogʻliq emas.

Agar    c(A)=c(B)=1mol/l  yoki  c(A)·c(B)=1mol/l  boʻlsa,  unda   

ʋ=K.


Masalan: H

2(r)


 + J

2(r)


 ↔ 2HJ

(r)


 

 ʋ

1



= Kc (H

2

) · c(J



2

)

2NO



(r)

 + CI


2(r)

 =2NOCI             ʋ

1

 =Kc


2

(NO) · c (CI

2



Geterogen sistemada qattiq moddalar toʻliq konsentratsiyasi bi­



lan qatnashmagani uchun, reaksiya tezligi  qattiq moddaning kon­

sentratsiyasiga bogʻliq boʻlmasdan, uning sirt yuzasiga bogʻliqdir:

C

(k)


 + O

2(r)


=CO

2(r)


   

ʋ=Kc(O


2

)

Massalar  ta’siri  qonuni  faqat  bir  bosqichli  reaksiyalar  uchun 



taalluqli, ya’ni boshlangʻich moddalar hech qanday oraliq mahsu­

lot  hosil  qilmay,  toʻliq  reaksiya  mahsulotiga  aylanadigan  reaksi­

yalar uchun tegishli. Kimyoviy reaksiya tezligi haroratga bogʻliq. 

Yuqori  haroratda,  reaksiyaga  kirishayotgan  reagentlar  kimyoviy 

ta’sirlashuvga uchrashi uchun oʻrtacha energiyadan koʻproq kine­

tik energiyaga ega boʻlishi kerak. Bunday energiyaga ega boʻlgan 

molekulalar faol molekulalar hisoblanadi. Faqat faol  molekulalar­

ning toʻqnashuvigina yangi mahsulot hosil boʻlishiga olib keladi.

Haroratning  koʻtarilishi  faol  toʻqnashuvlar  soni  va  reaksiya 

tezligining ortishiga olib keladi. Masalan, tana harorati oshganda, 

yurak urish tezligi, nafas olish tezligi va metabolik jarayonlar tez­

ligi ortadi. Aksincha, temperatura pasayganda reaksiyaning tezligi 

kamayadi. Misol uchun, tez buziladigan oziq­ovqat mahsulotlarni 

uzoqroq vaqt saqlash uchun muzlatgichda sovutiladi. Ba’zan, yurak 

jarrohligida, tana harorati 28°C gacha tushadi va miya kamroq havo 

talab etadi. Shuning uchun, yurak toʻxtab qolishi mumkin.

  Harorat  oshirilganda  koʻpchilik  kimyoviy  reaksiyaning  tez­

ligi katta darajada ortadi. Masalan: 2H

2

+O

2



=2H

2

O reaksiya oddiy 




1-kurs talabalari uchun darslik

356


sharoitda deyarli bormaydi. Harorat 400°C da 80 kun davom etadi, 

500°Cda – 2 soat,  650°C da  sekundning minglar ulushida boradi. 

Golland olimi Vant­Goff  qoidasiga koʻra, harorat har 10°Cga 

koʻtarilganda gomogen reaksiyaning tezligi 2–4 marta ortadi (1884).

 

2

1



2

1

10



t t

t

t

υ

υ γ



=



ʋt

1

 – t



1

 haroratdagi reaksiya tezligi

ʋt

2

 – t



2

 haroratdagi reaksti tezligi

γ – tezlik konstantasi              

t

2



 va t

1

 – boshlangʻich va oxirgi harorat.



Koʻpgina biokimyoviy jarayonlar uchun Vant­Goffning harorat 

koeffitsiyenti 1,5–3 orasida boʻladi. Shuning uchun, biror kasallik 

natijasida inson organizmi harorati 36,5°Cdan 39,5°C gacha osh­

sa, organizmdagi biokimyoviy jarayonlar tezligi  1,13–1,39 marta, 

ya’ni 13–39% ortadi.  


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish