Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kimyoviy reaksiyaning aktivlanish energiyasi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

16.3.1. Kimyoviy reaksiyaning aktivlanish energiyasi 

Kimyoviy reaksiya sodir boʻlishi uchun reaksiyaga kirishuvchi 

moddalar aniq oriyentatsiya va ma’lum energiyaga ega boʻlib, moleku­

lalarning bir­biri bilan toʻqnashuvi zarur. Har qanday kimyoviy reak­

siyaning tezligi vaqt birligida reaksiyaga kirishayotgan molekulalarn­

ing  toʻqnashish  soniga  bogʻliq,  biroq  har  qan day  toʻqnashish  ham 

ularni oʻzaro reaksiyaga kirishishiga olib kelavermaydi.  Reagentlar 

kimyoviy  ta’sirlashganda    bir­biri  bilan  toʻqnashib,  ular  orasidagi 

bogʻ uzulishi uchun ma’lum energiyaga ega boʻlishi kerak. Reagent­

lar orasidagi bogʻni uzish uchun sarf boʻla digan energiya aktivlanish 

energiyasi deyiladi. Agar toʻqnashuv lar energiyasi aktivlanish energi­

yasidan  kichik  boʻlsa  reaksiya  sodir  boʻlmaydi.Toʻqnashuvlar  soni 

koʻp boʻlishiga qaramay faqat aktiv toʻqnashuvlar natijasida reaksiya 

mahsuloti hosil boʻladi.

Kimyoviy reaksiya sodir boʻlishi uchun quyidagi talablar bajari­

lishi shart:

• reagentlar molekulalari oʻzaro toʻqnashishi shart;



Tibbiy kimyo / 1  

357


• molekulalar oriyentasiyasi reagentlar orasidagi bogʻni uzishga 

va yangi bogʻni hosil qilishga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart;

• toʻqnashuvlar energiyasi aktivlanish energiyasdan katta boʻli­

shi kerak.

Demak, dastlabki moddalarni reaksiya mahsulotiga aylantiradi­

gan energiya ayni reaksiyaning aktivlanish (faollanish) energiyasi 

deyiladi. Aktivlanish energiyasi E

akt.


 holida belgilanadi. U kJ/mol 

yoki kkal/mol da oʻlchanadi. E

akt.

 kimyoviy reaksiyalarning asosiy 



kinetik tavsifnomasi hisoblanadi.

Aktivlanish  energiyasi  va  reaksiyaning  yoʻnalishi  oʻrtasidagi 

bogʻlanish aktivlanish energiyasining egri chizigʻi deyiladi. Ak­

tivlanish energiyasi dastlabki moddalarning reaksiya mahsulotiga 

aylanishidagi  asosiy  energetik  “toʻsiq”  dir.  Bu  “toʻsiq”  ning  ba­

landligi (E

akt.

 – qiymati) qanchalik kichik boʻlsa, kimyoviy reaksiya 



shuncha oson va demak tez amalga oshadi.Kimyoviy reaksiya tez­

ligi aktivlanish energiyasi qanchalik katta boʻlsa, reaksiya shuncha 

sekin  oʻtadi.  Molekulalarning  aktivlanishi,  tashqi  omllar  ta’sirida 

oʻzgaradi: haroratning koʻtarilishi, ultratovush ta’siri, nurlanish en­

ergiyasining ta’siri va boshqalar.

Reaksiyaning  energetik  gʻovi  qancha  kichik  boʻlsa,  shuncha 

reaksiya borishi oson boʻladi va reaksiya tezligi katta boʻladi. Haro­

ratning ortishi, zarrachalar harakatini keskin oshiradi.




1-kurs talabalari uchun darslik

358


1889­yilda S.Arrenius, kimyoviy reaksiyalarning asosini tus­

huntirib beradigan, aktivlanish energiyasi nazariyasini taklif eta­

di. Bu nazariyaga muvofiq, faqat shu reaksiya borishi uchun kerak 

boʻlgan aniq energiya qiymatiga ega boʻlgan molekulalar toʻqnash­

gandagina reaksiyaga kirishadi. Bu molekulalar aktiv molekulalar 

deb ataladi. Kimyoviy reaksiya tezligi esa, aktiv molekulalarning 

soniga bogʻliqdir. Aktiv molekulalar soni qancha koʻp boʻlsa, reak­

siya shuncha tez boradi. 

Aktiv  molekulalarning  sonini  S.Arrenius  quyidagi  tenglama 

yordamida hisoblash mumkinligini koʻrsatdi:



N=N

0

-e

–E/RT

bunda:


N – aktiv molekulalar soni.

– natural logarifmning asosi, 2,717

N

0

 – molekulalarning umumiy soni 



E – aktivlanish energiyasi

T – absolut harorat

R – universal gaz doimiysi 8,314 kJ/mol

Har  qanday  reaksiya  oʻzining  aktivlanish  energiyasiga  ega. 

Ayrim reaksiyalarning aktivlanish energiyasi hisoblangan va yoʻriq­

nomalarda keltiriladi.

2Cl

2

O → Cl



+ O


2   

E = 88 kJ/mol

2HJ → H

+ I



2    

E = 182,84kJ/mol

2NO



→ 2NO +O



2   

E = 111,00kJ/mol

C

12

H



12

O

11 



+ H

2

O → 2C



6

H

12



O

E = 108,78 kJ/mol



C

6

N



12

O



→ 6CO

2

 + 6H



2

O  E = 251 kJ/mol

2SO

2

 + O



→ 2SO


3   

E = 335kJ/mol




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish