Tibbiy kimyo / 1
359
deyiladi, jarayon esa
kataliz deyiladi. Katalizator kam energiya ta
lab qilib muqobil yoʻl orqali reaksiyaning tezligini oshiradi, ammo
kimyoviy muvozanatga ta’sir gilmaydi. Katalitik reaksiya natijasida
katalizator kimyoviy jihatdan oʻzgarmay qoladi va uning migdori
doimiyliqicha saglanadi.
Katalizatorlar sanoatda koʻp qollaniladi. Masalan, margarin
ishlab chiqarishda, oʻsimlik moylari bilan vodorod orasidagi reak
siya, odatda, juda sekin boʻradi. Maydalangan platina katalizator
ishtirokida reaksiya tez boradi.
Umuman katalizator vazifasini noorganik va organik moddalar
bajarishi mumkin.
Kataliz gomogen va geterogen boʻladi. Gomogen katalizda
katalizator va reaksiyaga kiruvchi moddalar bir xil agregat holatda
boʻladi:
Geterogen yoki kontakt katalizda katalizator, odatda, qattiq
modda boʻlib, reaksiyaga kirishayotgan moddalar esa suyq yoki
gazsimon holatda boʻladi:
Katalizatorning ta`sir mexanizmi oraliq moddalar hosil bo‘lishi
nazariyasi bilan tushuntiriladi. Quyidagi katalitlik reaksiyada:
Katalizator K dastlabki moddalarning biri bilan oraliq modda
AK (aktiv kompleks) hosil qiladi:
A+K=AK
Hosil boʻlgan oraliq modda dastlabki moddalarning ikkinchisi
bilan oson reaksiyaga kirishib reaksiya mahsuloti – AB modda hosil
bo‘ladi va katalizator dastlabki holiga qaytadi:
AK+B=AB+K
Katalizatorlar kimyoviy reaksiya tezligini oshirishi va sekin
lashtirishi mumkin. Katalizator ishtirokida kimyoviy reaksiya tez
ligining ortishi musbat kataliz deyiladi. Katalizator ishtirokida
1-kurs talabalari uchun darslik
360
kimyoviy reaksiyaning sekinlashishi
manfiy kataliz deyiladi. Bunda
qo‘llanadigan katalizator esa ingibitor deb nomlanadi. Katalizator
reaksiya uslubini oʻzgartirish yoʻli bilan reaksiya tezligini oshiradi,
lekin reaksiya oxirida oʻzi oʻzgarmay qoladi.
Organizmdagi katalizatorlar fermentlar deyiladi, ular metabo
lik jarayonlarda ishtirok etib hujayraning faolligini ta’minlaydi. Bi
ologik katalizatorlar deb nom olgan ferementlar inson organizmida
kimyoviy reaksiyalarni boshqarish uchun zarur.
Fermentlar oqsillarning yuqori darajali ixtisoslashgan sinfidir.
Fermentlar oddiy va murakkablarga bo‘linadi. Faqat aminokislota
lardan tashkil topgan fermentlar oddiy fermentlar deyiladi, murak-
kab fermentlar oʻzida oqsil boʻlmagan qismlarini ham saqlaydi.
Fermentning oqsil qismi apoferment (haroratga chidamsiz), oqsil
bo‘lmagan qismi koferment yoki kofaktor deyiladi. Koferment apo
fermentdan oson ajraladi, kofaktor esa ajralmaydi. Ikkala qismning
yig‘indisi xoloferment deyiladi.
Apoferment substratni tanlaydi, koferment esa aktiv markaz
vazifasini bajaradi (fermentlar ta’siriga uchraydigan moddalar sub
stratlar deyiladi.) Fermenlarning substratlarga ta’siri “aktiv markaz”
orgali amalga oshiriladi.
Oddiy fermentlarda bu vazifani ayrim aminokislotalarning
funksional guruhlari amalga oshiradi, masalan, metioninda CH
3,
tre
oninda – OH, argininda NH
2
, glutaminda – COOH guruh. Murakk
ab fermentlarda esa aktiv markaz vazifasini Na, K, Mg, Ca, Fe, Cu
va Zn ionlari (kofaktorlar) bajaradi. Koferment vazifasini koʻpincha
vitaminlar (B
2
, B
6
, B
12
) hamda vitamin tutuvchi nukleotidlar (FAD,
FMN, NAD NADF) bajaradi.
Fermentlar barcha oqsillarga xos
bo‘lgan fizikkimyoviy xususiyatlarini namoyon qilish bilan birga,
fagat oʻziga xos bo‘lgan xususiyatlarini ham namoyon qiladi. Ular
yuqori faollikka ega bo‘lishi uchun reaksion sistemada optimal sha
roit saqlanishi shart. Bu sharoit tashkil qiladigan omillarga optimal
muhit (pH, harorat va shu reaksion sistema tarkibida boshqa mod
dalarning bo‘lishi) ham kiradi.
Tibbiy kimyo / 1
361
Ferment aktivligini oshiradigan moddalar
aktivatorlar deyiladi,
susaytiradigan moddalar esa ingibitorlar deyiladi
Metallofermentlarning faolligi ularda metall ionlarining bor
ligiga bog‘liq, Metall ionlari chiqarib yuborilsa ferment faolligi
yo‘qoladi. Masalan, rux ioni olib tashlansa, karboangidraza fermen
ti oʻz faolligini yoʻqotadi.
Agar sistemaga yetarli miqdorda tuz koʻrinishidagi rux ionlari
kiritilsa, ferment aktivligi yana tiklanadi.
Hozirgi paytda organizimda roʻy berayotgan reaksiyalarda
katalizator vazifasini bajaruvchi 1000ga yaqin ferment aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: