1-kurs talabalari uchun darslik
258
Kompleks
hosil boʻlishi
Komplek
sometriya
EDTA
Komplek sono
metriya
Metallar va
ularning birikmalari
NaF
KCN
Ftorido metriya
Sianido metriya
Ba’zi bir metallar,
organik moddalar
Oksidla
nish qay tari
lish
Oksidi
metriya
KMnO
4
К
2
Сr
2
O
7
Permanga
nometriya
Xromato metriya
Qaytaruv chilar
KJ va
Na
2
S
2
O
3
Yodomet riya
Qaytaruv chilar,
oksidlov chilar,
kislotalar
Askorbin
kislota
Askarbi nometriya
oksidlovchilar
Choʻkti
rish
Sedimet
riya
AgNO
3
Argento metriya
Galogenidlar
Titrlash jarayonini bajarilish usuliga koʻra quyidagi usullarga
boʻlish mumkin:
• Toʻgʻri titrlash. Bu usulda tekshirilayotgan modda bilan aniq
lovchi modda (reaktiv) oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri kimyoviy reak
siya boradi;
• Qayta titrlash. Bunda aniqlanayotgan modda eritmasiga
muay yan ortiqcha (ammo aniq oʻlchangan) miqdordagi standart
eritma qoʻshiladi va bu standart eritmaning ortiqcha miqdori boshqa
standart eritma bilan titrlanadi;
• Almashinish usuli (yoki “oʻrinbosar“) bilan titrlash. Bu usulda
aniqlanayotgan modda va biror aniqlovchi modda (reaktiv) ta’sirida
hosil boʻlgan reaksiya mahsuloti standart eritma bilan titrlanadi.
Titrimetrik analiz asoslari
Hajmiy analiz tekshirilayotgan eritma hajmini va u bilan ta’sir
lashishga sarf boʻlgan reaktiv eritmasi hajmini aniq oʻlchashga
asos lanadi. Titrimetrik (hajmiy) analiz usulida biror moddaning
konsentratsiyasini aniqlash uchun albatta ikkinchi eritmaning kon
sentratsiyasi ma’lum (titrlangan eritma) boʻlishi kerak.
Tibbiy kimyo / 1
259
Titrimetrik analizda hisoblash ekvivalentlar qonuniga asosla-
nadi: ekvivalent molyar konsentratsiyasi bir xil boʻlgan eritmalar
oʻzaro teng hajmda ta’sirlashadi. Turli konsentratsiyali eritmalar
ta’sirlashganda moddalarning hajmi konsentratsiyaga teskari pro
porsional boʻladi. Ekvivalentlar qonunining matematik ifodasi quy
idagicha:
V
1
∙с(1/z X
1
) = V
2
∙с(1/z X
2
)
bunda 1/z –ekvivalentlik omili;
с(1/z X
2
) –X
2
modda eritmasining ekvivalent molar konsentrat
siyasi;
с(1/z X
1
) – X
1
modda eritmasining ekvivalent molar konsentrat
siyasi;
V
1
va V
2
– 1 va 2 eritmalarning hajmi;
Har ikki ta’sirlashuvchi moddalarning ekvivalent molyar kon-
sentratsiyasining hajmiga koʻpaytmasi oʻzgarmas kattalikdir. Shu
qonuniyat asosida turli hisoblashlar olib boriladi, buning uchun V
2,
с(1/Z X
2
) va V
1
ma’lum boʻlsa, 1eritma konsentratsiyasi с(1/z X
1
)
ni aniqlash (uning yordamida titr, massa va boshqa kattaliklarni
aniqlanadi) mumkin.
Titri (konsentratsiyasi) ma’lum boʻlgan eritmani konsentrat
siyasi noma’lum boʻlgan eritmaga byuretka yordamida tomchilab
quyish jarayoniga titrlash deyiladi.
Konsentratsiyasi ma’lum eritma titrlangan, ishchi eritma yoki
standart eritma, deb nomladi. Bunday eritmani erituvchi va eri
gan modda miqdorini aniq oʻlchab tayyorlash mumkin yoki boshqa
konsentratsiyasi ma’lum eritma yordamida titrini aniqlash mumkin.
Birinchi holda eritma aniq titrli deyiladi, ikkinchi holda aniqlangan
titrli eritma deyiladi.
Titrlangan eritma tayyorlash uchun eritilayotgan moddaning
tarkibi oʻta sof va doimiy (tarkibi saqlash natijasida oʻzgarmasli
gi) boʻlishi, saqlanganda havo ta’sirida oʻzgarmaydigan boʻlishi
kerak. Bunday moddalarga koʻpgina tuzlar (natriy tetraborat (bura)
Na
2
B
4
O
7˙
10H
2
O, natriy oksalat Na
2
C
2
O
4
, kaliy bixromat K
2
Cr
2
O
7
,
1-kurs talabalari uchun darslik
260
natriy xlorid
NaCl, oksalat kislota
H
2
C
2
O
4
∙2H
2
O), kislotalarva boshqa
lar misol boʻladi.
Hajmiy analizda (titrimetrik
analiz) natijani aniq olish asoslaridan
biri bu ishchi eritma konsentratsiya
sining aniqlik darajasining yuqorili
gidir. Shunday aniqlikda tayyorlan
gan eritmalarni saqlashda quyidagilar
ga e’tibor beriladi:
1) saqlaganida eritma bugʻlanmasligi kerak;
2) atrofmuhitdan ifloslanmasligi kerak;
3) parchalanmasligi kerak.
Titrlangan eritmalarning konsentratsiyasi doimo boshqa standart
eritmalar yordamida tekshirib turiladi. Titrlangan eritmalarni tayyor
lash uchun fiksanallardan ham foydalanish mumkin. Fiksanallar shisha
ampulalarda 1,00l aniq molyar konsentratsiyali eritmasini tayyorlash
mumkin boʻlgan aniq miqdor oʻlchamidagi qattiq moddalar yoki aniq
oʻlchamdagi suyuqliklardir. Eritma tayyorlash uchun fiksanal ichida
gi eritma 1 lli oʻlchov kolbasiga solinadi va ustiga kolbaning oʻlchov
chizigʻigacha erituvchi qoʻshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: