Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kislota -asosli indikatorlar



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

12.1. Kislota -asosli indikatorlar

Titrlash jarayonida tekshirilayotgan A  modda eritmasiga oz­

ozdan konsentratsiyasi aniq boʻlgan В modda eritmasi qoʻshiladi. 



1-kurs talabalari uchun darslik

268


Bunda В va modda miqdorlari ekvivalent boʻlgan holat ekvivalent 

nuqta deb ataladi. Ekvivalent nuqta maxsus asboblar yoki indika­

torlar yordamida aniqlanadi. Indikator rangining oʻzgarish holatiga 



titrlashning oxirgi nuqtasi - ekvivalent nuqta deyiladi.

Indikatorlar ishlatilish usuliga koʻra, ichki va tashqi indikator­

larga boʻlinadi. Agar indikator tekshirilayotgan eritmaga qoʻshilsa, 

ichki indikator deyiladi. Agar titrlanayotgan eritmadan bir tom­

chi  olib  indikator  qogʻozga  tomizilib  tekshirilsa,  tashqi indikator 

deyiladi. Ishlatiladigan reaksiyaning turiga koʻra, indikatorlar qu­

yidagilarga boʻlinadi:

– kislota­asosli indikatorlar;

– 

oksidlanish­qaytarilish (redoks) indikatorlari;



– kompleksonometrik (metall) indikatorlari;

– adsorbsiyalanish indikatorlari.



 Eritmaning muhitiga koʻra oʻz rangini oʻzgartiradigan modda-

lar kislota-asosli indikatorlar deyiladi.Ular qatoriga metil zargʻal­

dogʻi, metil qizili, neytral qizili, lakmus, fenolftalein, timolftalein 

kabilar  kiradi.Kislota­asosli  indikatorlar  kuchsiz  organik  kislota 

yoki asoslardir. Kislota­asosli indikatorlar quyidagicha sinflanadi:

1. Kislotalarga nisbatan sezgir (pH >7): fenolftalein, timolfta­

lein, alizarin.

2. Asoslarga nisbatan sezgir (pH<7): metiloranj, metil qizili.

3.  Ham  kislota,  ham  asosga  nisbatan  sezgir  (pH=7):  lakmus, 

fenil qizili.

 Ushbu indikatorlar titrlashda boradigan muhitlar oʻzgarishiga 

moslab  tanlanadi.  Indikatorlarning  ion  nazariyasiga  koʻra,  kislo­

ta ­ asosli indikatorlar kuchsiz organik kislota yoki asoslar boʻlib, 

molekulasining rangi ion shaklining rangidan keskin farq qiladi. In­

dikatorlar bir va ikki rangli boʻladi. Bir rangli indikatorlarning ion­

lashmagan molekulalari rangsiz, ion shakli esa rangli boʻladi. Ikki 

rangli indikatorlarning ionlashmagan shakli bir rangda, ion shakli 

esa boshqa rangda (masalan, sariq) boʻladi. Bir rangli indikatorlarga 

fenolftalein, timolftalein, ikki xil rangliga ­ metilzargʻaldogʻi, metil 



Tibbiy kimyo / 1  

269


qizili, neytral qizili, lakmus va boshqalar misol boʻladi. Titrimet­

rik analizda koʻpincha indikator sifatida kuchsiz organik kislotalar 

qoʻllanadi. Indikator kuchsiz elektrolit sifatida dissotsiatsiyalanadi. 

Asos tabiatli indikatorlar IndOH bilan belgilanadi. Bunda Ind

+

 indi­


kator kationidir:

 IndOH = Ind

+

 + OH


­

Kislota tabiatli indikatorlar Hind bilan belgilanadi:

 HInd = H

+

+ Ind



­

Masalan, lakmus molekulalari qizil rangda boʻlib, uning anio­

ni  esa  koʻk  rangda.  Neytral  eritmada  lakmus  ikki  rang  oraligʻida 

ya’ni binafsha rangda boʻladi. Demak, suvda eritilganda uning ikki 

shakli orasida muvozanat qaror topadi. Jarayon qaytar boʻlib, kis­

lota qoʻshilishi vodorod ionlarining konsentratsiyasi koʻpayishiga 

va muvozanatning chapga siljishiga olib keladi, ya’ni eritma indi­

katorning dissotsiatsiyalanmagan molekulasi rangiga kiradi. Ak­

sincha,  eritmaga  ishqor  qoʻshilsa,  gidroksid  ionlari  indikatorning 

vodorod ionlarini bogʻlab, kuchsiz elektrolit suv hosil qiladi; mu­

vozanat oʻngga siljiydi va eritma indikatorning ion shakldagi rangi­

ga kiradi. Shunday qilib, kislota­asosli indikatorning rang oʻzgari­

shi eritma ning pH qiymati oʻzgarishiga bogʻliq. 

Odam  koʻzining  rang  sezishi  chegaralangan.  Agar  indikator 

shakllarining konsentratsiyasi bir­biridan 10 martaga farq qilsa, bu 

oʻzgarishni koʻzimiz bilan seza olmaymiz. Shuning uchun, indika­

tor rangi pHning har qanday oʻzgarishida emas, balki uning ma’lum 

qiymati orasida oʻzgaradi. Bu oraliq indikatorning rang oʻzgarish 

oraligʻi deyiladi. U odatda pH ga nisbatan u, yoki bu tomonga bir 

birlik siljiydi, ya’ni pH = pK + 1. Masalan, metil zargʻaldogʻi indika­

torining rang oʻzgarish oraligʻi pH = 3,1–4,4. Shu oraliqda indikator 

rangi pushtidan sariq ranga oʻzgaradi. pH > 4,4 boʻlganda metil­

zargʻaldogʻi sariq rangga, pH < 3,1 dan kichik boʻlganda esa pushti 

rangga ega boʻladi. Titrlash koʻrsatkichi indikatorning bir shakldan 

ikkinchisiga oʻtishida rang oʻzgarishi pH qiymatlar yigʻindisining 

yarmi tariqasida hisoblanadi. Masalan: 




1-kurs talabalari uchun darslik

270


pT

m.z 


= (3,1+4,4) / 2=3,75

pT

f.f 



=(8+10) / 2= 9

Ideal holatda titrlash pH=pT boʻlganda tugaydi. 

Kislota ­ asosli titrlash usulida ishlatiladigan ba’zi indikatorlari­

ning rang oʻzgarish oraligʻi va titrlash koʻrsatkichiga 12.1­jadvalda 

berilgan.

12.1-jadval


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish