mikrobyuretkalar deyiladi.
Koʻpincha hajmi 10,00, 25,00
va 50,00 ml boʻlgan byuretkalar
ishlatiladi.
Byuretkaning shkala chiziq
lari yuqoridan 0 dan boshlanib
pastga tomon 1 ml dan farqlanib boradi. Har bir millilitrli oraliq
10 boʻlakka boʻlingan. Bu hajmni yuzdan bir aniqlikda oʻlchash
imkonini beradi. Sarf boʻlgan hajm boshlangʻichva titrlash oxirida
gi holatlar orasidagi farqdan aniqlanadi. Bunda suyuqlik sathidagi
botiq menisk chizigʻi “0” soniga mos kelishi kerak. Jarayonni ku
zatilganda koʻz bilan teng bir chiziqda qaraladi. Byuretkani voronka
yordamida toʻldiriladi va chang tushmasligi uchun qalpoqcha bilan
yopiladi. Toʻldirishdan oldin eritma konsentratsiyasi oʻzgarmasligi
uchun byuretka 3 marta standart eritma bilan chayiladi.
Pipetkalar eritmani aniq hajmda bir idishdan boshqa idishga
solish uchun ishlatiladi. Pipetka shisha naychadan iborat boʻlib,
pastga tomon diametri torayib boradi. Yuqori qismida pipetka hajmi
yozilgan boʻladi: 1,00 ml dan 100,00 ml gacha boʻlishi mumkin.
Mingdan bir boʻlak aniqlikgacha oʻlchash uchun 1.00 ml hajmli
pipetkalar ishlatiladi.
Oʻlchov silindrlari eritmalarni ma’lum hajmda oʻlchab olish
uchun ishlatiladi. Ular ma’lum hajmdagi eritmalarni aralashti
rish yoki tayyorlashda qoʻl keladi. Ular 5,00; 10,00; 25,00; 50,00;
100,00; 500,00; 1000,00 ml hajmlarga mo‘ljallangan boʻladi.
Oʻlchov kolbalari asosan aniq konsentratsiyali eritmalar tayyor
lashda ishlatiladi. Bular tagi yassi, uzun va ingichka boʻyinli kol
balardir. Ular standart eritma tayyorlashda foydalaniladi. Zarur
miqdorda erigan moddadan solib soʻng boʻyinchasidagi belgi
1-kurs talabalari uchun darslik
264
chizigʻigacha erituvchi (distillangan suv) bilan toʻldiriladi (menisk
chizigʻini e’tiborga olgan holda).
Titrlash jarayoni jixozlar yordamida quyidagicha amalga os
hiriladi:
1. Toza byuretkani 2–3 marta ishchi eritma bilan chayiladi;
2. Byuretkani vertikal holatda oʻrnatib, titrlangan eritma bilan
“0” dan yuqoriroqgacha toʻldiriladi;
3. Byuretkadagi eritmaning ortiqcha qismi byuretka uchidagi
havoni siqib chiqarish uchun ishlatiladi;
4. Eritma hajmi “0” chizigʻiga keltiriladi. Byuretka uchida tom
chi qolmasligi kerak;
5. Titrlash kolbasiga pipetka yordamida kerakli miqdorda tek
shirilayotgan eritma solinadi;
6. Byuretkadan kolbaga eritmani astasekinlik bilan ekvivalent
nuqtasiga erishguncha tomiziladi;
7. Sarf boʻlgan eritma hajmini oʻlchashda rangli eritmalarda
meniskning yuqori qismidan, rangsizlarda esa pastki qismidan oʻl
chanadi;
8. Ish tugatilganda byuretkani suv bilan toʻldirilib yopib qoʻ
yiladi;
9. Kimyoviy analizda xatolikka yoʻl qoʻyilishi mumkin. Shu
ning uchun, analiz bir necha marta (tajriba) oʻtkaziladi va oʻrtacha
arifmetik kattalik bilan hisoblashlar olib boriladi. Xatoliklar byu
retkani “0” chizigʻigacha toʻgʻri toʻldirilmaganlik, hajmni byuretka
shkalasidan toʻgʻri hisoblay bilmaslik, va hokazolar natijasida kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |