Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Podagra va buyrakda tosh hosil bo‘lishi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

 

Podagra va buyrakda tosh hosil bo‘lishi

Podagra va buyrakda tosh hosil boʻlishiga sabab suvda erimay­

digan tuzlar miqdorining ortib ketishi va ularning eruvchanligini ka­

mayishidir. Podagra kattalarda, asosan, 40 yoshdan oshgan erkaklarda 

koʻp uchraydi.  Qon plazmasidagi siydik kislotaning konsentratsiyasi 



Tibbiy kimyo / 1  

179


oshib  ketganda,  37°C  haroratda 

eruvchanligi  7mg/100ml  boʻladi 

va oqibatda, podagra yuzaga keli­

shi mumkin.  Erimaydigan siydik 

kislotaning ignasimon kristallari 

toʻplanib, togʻay, paylar va yum­

shoq toʻqimalarda ogʻriqqa sabab­

chi boʻladi.

Siydik kislotaning kristallari buyrak toʻqimalarini ham shikast­

lanishiga  sabab  boʻladi.  Organizmda  siydik  kislota  miqdorining 

ortib ketishiga siydik kislota ishlab chiqarishning koʻpayib ketishi, 

buyrakning siydik kislotani organizmdan chiqarib yuborish faoliyati 

buzilganligi yoki purin saqlovchi oziqa moddalarning koʻp iste’mol 

qilinishi sabab boʻladi. Ratsiondagi oziq ovqatlardan goʻsht, sardi­

na, qoʻziqorinlar,  dukkakli mahsulotlar siydik kislotaning koʻpa­

yishiga olib keladi.

Alkogol  ichimliklarni  iste’mol  qilish  ham  siydik  kislotaning 

oʻpayishiga olib keladi va podagra xurujiga sabab boʻladi.

Podagrani davolash uchun  ovqatlanish ratsionini oʻzgartirish 

va kerakli dorivor preparatlar qabul qilish kerak. Dorivor preparat­

lardan  probenetsid  –  buyrakdan  siydik  kislotasini  chiqarib  yubo­

rishga yordam beradi yoki allopurinol – organizmda siydik kislota­

sini hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. 

Buyrakdagi toshlar, qattiq moddalar boʻlib, ular peshob chiqish 

yoʻllarida hosil boʻladi. Koʻpincha buyrakdagi toshlar kalsiy fosfat 

va kalsiy oksalatdan iborat boʻladi, yoki  qattiq siydik kislotasidan 

tashkil topadi. Suvni yetarli darajada ichmaslik va kalsiy, oksalat 

va fosfatlarni peshobda yuqori darajada boʻlishi buyrakda tosh ho­

sil boʻlishiga olib keladi. Tosh peshob yoʻlidan oʻtayotgan vaqtda 

qattiq ogʻriq va boshqa noqulayliklarga olib keladi, bunda ogʻriq 

qoldiruvchi dorivor moddalarni iste’mol qilish va jarrohlarga mu­

rojaat qilish zarur boʻladi. Ba’zi hollarda ultra tovushli muolajalar 

buyrakdagi toshlarni maydalashda qoʻllaniladi. Buyragida tosh ho­

 



1-kurs talabalari uchun darslik

180


sil boʻlishiga moyil insonlarga, peshobda toʻyingan minerallarning 

hosil boʻlishini oldini olish uchun  koʻp suv iste’mol qilish tavsiya 

etiladi.


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish