Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Eritma konsentratsiyasini SI sistemasida



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

7.6. Eritma konsentratsiyasini SI sistemasida 

ifodalash usullari

Eritmalar  kontsentratsiya  bilan  tavsiflanadi.  Eritmaning  kon­

sentratsiyasi  deb  eritma  yoki  erituvchining  muayyan  miqdorida 

erigan moddaning muayyan miqdoriga aytiladi. Shunga koʻra erit­

malar konsentrlangan va suyultirilgan boʻladi. Agar erituvchi bilan 

erigan modda miqdorini solishtirish mumkin boʻlsa eritma konsen-



trlangan,  solishtirib  boʻlmasa  –  suyultirilgan deyiladi. Masalan: 

100 g suvda 35 g osh tuzi erisa bu eritma konsentlangan, 0,35 g 

erisa suyultirilgan eritma deyiladi.

 Eritmalar konsentratsyasi SI sistemada ifodalanadi. Bu siste­

mada massaning asosiy birligi kilogramm (kg), gramm (g), hajm 

birligi – litr (l), millilitr (ml); moddaning miqdoriy birligi – mol deb 

qabul qilingan.

Sistemadagi  modda  miqdori  n(X)–oʻlchamli  fizik  kattalik 

boʻlib,  sistemadagi  zarrachalar­atom,  molekula,  ion,  elektron  va 

boshqalar soni bilan ifodalanadi. Bu modda miqdori – 0,12 kg

12



izotopida necha atom boʻlsa, shuncha aniq yoki shartli zarrachalar 



saqlaydi.

Masalan: n(HC1) = 2 mol; n(H

+

) = 10


­3

 mol; n(Mg

2+

) = 3 mol.



 Molyar massa – M(X)sistemadagi bir mol modda massasi. 

Modda massasining uning miqdoriga nisbatini koʻrsatadi 

Oʻlchov birliklari – g/mol; 

 

M (X) – sistemadagi X moddasining molyar massasi.



m (X) – sistemadagi X modda massasi.

n (X) – sistemadagi X modda miqdori.

Masalan: M(C1

2

) =70, 916 g/mol;




Tibbiy kimyo / 1  

181


M(Ca

2+

)=40, 08 g/mol



M (NaCl) =58, 50 g/mol.

Eritmada erigan moddaning (komponentning) massa ulushi 

ω(X), ω%(X)– 100geritmada erigan modda massasini ifodalaydi. 

Nisbiy  kattalik  boʻlib,  sistemadagi  (eritma)  modda  (komponent) 

massasining sistema (eritma) umumiy massasiga nisbatini koʻrsa­

tadi  (prosent  konsentratsiya  tushunchasi  oʻrniga).  Erigan  modda 

massasi va eritma massasi bir xil oʻlchov birligida boʻlishi kerak. 

Agar erigan modda massasi grammda berilgan boʻlsa, eritma mas­

sasi ham grammda ifodalanishi kerak. Eritma massasi erigan modda 

va erituvchi massasining yigʻindisiga teng.

Eritmada erigan moddaning massa ulushi kasr sonlarda va 

prosentlarda (%) ifodalanadi




1-kurs talabalari uchun darslik

182


Masalan,  42,00  g  suv  bilan  (erituvchi)  8,00g  KCl  ni  (erigan 

modda) aralashtirish yoʻli bilan eritma tayyorlash kerak.

Erigan moddaning va erituvchining massasining yigʻindisi erit­

maning massasini koʻrsatadi. (8,00g + 42,00 g = 50,00 g).



Eritmada erigan moddaning (komponentning) mollar ulushi – 

(N(X))nisbiy kattalik boʻlib, sistema (eritma) dagi modda (kompo­

nent) miqdorini sistema (eritma) umumiy modda miqdoriga nisba­

tini ifodalaydi:

Molar ulush koʻpincha N(X) harfi bilan ifodalanadi.



Molar konsentratsiya – (c(X))erigan modda (komponent) mol 

miqdorini sistema (eritma) hajmiga nisbatini koʻrsatadi:

Erigan moddaning molini va eritmaning litrda hajmini bilgan 

holda eritmaning molarligini hisoblash mumkin.

Masalan, 1 mol  NaCl ni yetarli miqdordagi suvda eritib, eritma 

hajmi 1 litrga yetkazilsa 1,0 M eritma hosil boʻladi. M belgisi 1 li­

trdagi erigan moddaning mol  sonini belgilaydi (mol/ l).

Ekvivalentlik omili – f

ekv

(X) =    oʻlchamsiz  kattalik,  u  X 

moddaning kislota­asos reaksiyalarida bir vodorod ioniga yoki 

oksidlanish­qaytarilish  reaksiyalarida  bir  elektronga  toʻgʻri  ke­

ladigan mavjud zarrachalar ulushini ifodalaydi. Ekvivalentlik omili 

berilgan reaksiya stexiometriyasi asosida hisoblanadi.

Masalan: 2NaOH + H

2

SO

4



 = Na

2

SO



4

 + 2H


2

O

bu reaksiyani 1 mol NaOH ga nisbatan yozsak



NaOH + 1/2H

2

SO



4

 = 1/2 Na

2

SO

4



 + H

2

O



f

ekv


 (H

2

SO



4

) =  1/2 F

ekv

 NaOH = 1



Ekvivalent ­ f

ekv


  (X)  X  =    X  –  oʻlchamsiz  kattalik,  kislota­

asos reaksiyalarida bir vodorod ioni yoki oksidlanish ­ qaytarilish 

1

2



Tibbiy kimyo / 1  

183


reaksiyalarida  bir  elektronga  ekvivalent  boʻlgan  X  moddaning 

mavjud yoki shartli zarrachalari.



Ekvivalent molar massa –( M(f

ekv

(X)X) = M( X)) – moddaning 

bir mol ekvivalent massasi boʻlib, ekvivalentlik omilini shu modda 

molar massasiga koʻpaytmasiga teng: M (½H

2

SO



4

) = ½M (H

2

SO

4



= ½ 98,0 = 49,0 g/mol



Ekvivalent modda miqdori - n(f

ekv

(X)X=n( X))  – ekvivalent 

zarrachalaridan tashkil topgan modda miqdori. 



Ekvivalent molar konsentratsiya – c(f

ekv

)(X)) = c( )(X))

sistemadagi (eritmadagi) ekvivalent modda miqdorini shu sistema 

(eritma) hajmiga nisbatiga teng:

Molyal konsentratsiya - b(X)  erigan modda miqdorini erituvchi 

massasiga nisbatini koʻrsatadi:



Eritma titri – T (X) – 1 ml eritmadagi x modda massasini 

koʻrsatadi:

Tibbiyot amaliyotida aksariyat holda konsentrlangan eritmalar­

dan suyultirilgan eritmalar tayyorlanadi. Bu jarayon suyultirish deb 

ataladi. Suyultirish jarayonida eritma hajmi ortadi,   konsentratsiya­

si esa kamayadi, erigan modda miqdori oʻzgarmaydi; konsentrlan­

gan eritma va suyultirilgan eritmadagi erigan modda miqdori bir xil 

boʻladi (7.8­rasm).




1-kurs talabalari uchun darslik

184


7.8-rasm. Konsentrlangan eritmaga suv qoʻshilsa ham  


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish