Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Qattiq adsorbentdagi adsorbsiya



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

18.2. Qattiq adsorbentdagi adsorbsiya

Qattiq jism ham suyuqlik kabi sirt energiyasiga, demak, sirt ta­

ranglikka ega, lekin shu vaqtgacha qattiq jismning sirt tarangligi­

ni aniq oʻlchash usuli ma’lum emas. Qattiq adsorbentlarda gazlar, 

bugʻ, eritmada erigan modda zarrachalari adsorbsiyalanishi mum­

kin. Qattiq adsorbentlar tabiiy yoki sun’iy boʻladi. Adsorbsiya ja­

rayoni qattiq adsorbentlarning katta oʻlcham qiymatiga ega boʻlgan 

tashqi yoki ichki sirt yuzalarida sodir boʻladi. Qattiq jismlardagi ad­

sorbsiyani, kristall panjaradagi bogʻlarning har xil uzunlikda boʻli­



Tibbiy kimyo / 1  

415


shi hisobiga vujudga keladigan tortishish kuchlari maydonlarining 

mavjudligi bilan tushuntiriladi.

Qattiq  adsorbentning  faol  markazlarida  boʻrtib  turgan  qism­

larida adsorbsiya ayniqsa kuchli boʻladi. Masalan, faollashtirilgan 

koʻmir zarrasining boʻrtib turgan uchlarida kislorodning adsorbsi­

yalanishi chuqur joylaridagiga qaraganda 4,5 marta tezroq boʻladi.

Gʻovak adsorbentlarda (faollangan koʻmir, silikagellar, alumo­

gellar  va  h.k.)  adsorbsiya  ularning  ichki  yuzalarida,  adsorbentlar 

(kukun holi)dagi esa adsorbsiya ularning yuzalarida sodir boʻladi.

Adsorbsiya  tezligi  adsorbentning  solishtirma  sirt  yuzasi  (Sc) 

(m  /kg, sm/g) qiymatiga  bogʻliq.  Solishtirma  sirt  yuzasi  qancha 

katta boʻlsa, adsorbsiya jarayoni shunchalik tez boradi. Adsorbent 

va adsorbatlarning oʻzaro ta’sirlashuv tabiati adsorbatning konsen­

tratsiyasiga (gazlar uchun bosim qiymati)ga bogʻliq boʻlib, konsen­

tratsiyaning kichik qiymatlarida kimyoviy (valent kuchlari), yuqori 

qiymatlarida esa fizik (Van der­Vaals kuchlari) omillar orqali amal­

ga oshadi. Haroratning ortishi fizik adsorbsiyani kamaytiradi, chun­

ki, bunda adsorbsion qavatda molekulalarning harakati kuchayadi, 

adsorbsiyalangan molekulalarning orientatsiyasi buziladi, ya’ni 

desorbsiya kuchayadi. Shu bilan bir qatorda haroratning koʻtarili­

shi, adsorbsiyalangan zarralarning energiyasini oshiradi, oqibatida, 

kimyoviy omillar kuchayishi va adsorbsiya jarayonining tezlashi­

shiga olib keladi.

Haroratning adsorbsiyaga ta’siri sistema komponentlari tabia­

ti  bilan  belgilanadi.  Masalan,  koʻpchillik  gazlarning  adsorbsiyasi 

harorat ortishi bilan kamayadi. Shu bilan birga platina va O



dan 


iborat  sistema  harorati  –  185°C  dan+20°Cgacha  oʻzgartirilganda 

adsorbsiya jarayoni 10 marta ortadi.

Bosimning ortishi bilan gaz va bugʻlar adsorbsiyasi kuchayadi. 

Yuqori kuchlanish maydoniga ega boʻlgan adsorbentlar sath yuzalari 

bilan, past kuchlanish maydonli adsorbentlar faqat faol markazlari 

bilangina adsorbsiya jarayonini ta’minlaydi. Koʻpincha adsorbilan­

ish tanlash xususiyatiga ega. Masalan, faollashtirgan koʻmir nafaqat 

ammiakni, hatto xlorni ham yutadi, ammo is gazini adsorbilamaydi. 




1-kurs talabalari uchun darslik

416


Shuning  uchun,  oddiy  protivogazdan  yongʻinni  oʻchirish  vaqtida 

foydalanib boʻlmaydi, chunki yongʻin zonasida koʻp miqdorda is 

gazi boʻladi.

Adsorbsiyaga  faqat  adsorbentning  tabiatigina  emas,  balki  ad­

sorbtivning tabiati ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, qattiq adsorbent­

larda osonroq suyuqlanadigan, ya’ni kritik harorati yuqoriroq gazlar 

kuchli adsorbsiyalanadi. Adsorbsiya qaytar jarayon boʻlib, adsorb­

siyalangan  zarralar  adsorbentda  hammasi  boʻlib  sekundning  yuz 

va ming ulushida ushlanadi va desorbsiyalanib, yangi zarralarga 

almashtiriladi. Lekin ular adsorbentda mahkam oʻrnashib qolmas­

dan, uning sathi boʻylab koʻchib yurishi mumkin. Natijada erkin va 

adsorbsiyalangan zarralar oʻrtasida dinamik adsorbsion muvozanat 

qaror topadi.

Zarralarning adsorbsion muvozanatga yetish tezligi modda ta­

biatiga bogʻliq. Masalan, H

2

faollangan koʻmirda adsorbsiyalangan­

da muvozanat 20 soat oʻtgandan keyin, O

adsorbsiyalanganda 2,5 

soatdan keyin, CO

adsorbsiyalanganda esa 20 sekunddan keyin qa­

ror topadi. 

 

 



 

Kimyo va salomatlik 




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish