tozalash
18.6-rasm. Suvni tozalash uchun filtr
Taqsimlanish xromatografiyasining quyidagi turlari mavjud:
1. Taqsimlanish xromatografiyasining ekstraktsiya usuli.
2. Qogʻozli taqsimlanish xromatografiya.
3. Taqsimlanish xromatografiyaning gelfiltratsiya usuli.
4. Yupqa qavatli xromatografiya.
5. Gazli xromatografiya.
Taqsimlanish xromatografiyasi ekstraksiya usuli oʻzaro aralash
maydigan suyuqliklarda moddalarning turlicha taqsimlanishiga
asoslangan. Taqsimlanish xromatografiyasi naylarda olib boriladi.
Buning uchun silikagel, krahmal yoki selluloza bilan toʻldirilgan
nayning tepasidan avval biror erituvchi, (masalan, suv) quyib adsor
bent qoʻllanadi, soʻngra nayning tepasidan ajratilishi lozim boʻlgan
aralashma va uning ustidan biror boshqa erituvchi quyiladi. Ara
lashma tarkibidagi moddalar ikkala erituvchi oʻrtasida oʻzining taq
simlanish koeffisiyentlariga muvofiq taqsimlanadi, ba’zi moddalar
esa adsorbentga yutilganicha qoladi.
Dissotsiatsiyalanadigan, yoki kam dissotsiatsiyalanadigan
mod dalar taqsimlanishidagi farqi Nernst qonuni asosida ifodalanadi
va oʻzgarmas haroratda oʻzaro aralashmaydigan 2 faza orasida taq
simlangan moddalarning konsentratsiyalari nisbati oʻzgarmas son
boʻladi:
C
1
/C
2
= K
bunda K – taqsimlanish koeffitsiyenti.
1-kurs talabalari uchun darslik
426
Qogʻozli taqsimlanish xromatografiyasi murakkab aralashma
lar (oqsillar, uglevodlar, gormonlar va boshqa tabiiy birikmalar)ni
analiz qilishda keng qoʻllaniladi. Bu usulda maxsus filtr qogʻozlar
qoʻllanadi. Qogʻoz ma’lum nuqtalari (start chizigʻi)ga xromatografi
ya qilinuvchi modda eritmalari kapilarlar yordamida shimdiriladi.
Shuningdek start chizigʻiga tarkibi ma’lum boʻlgan va “guvoh” deb
atalgan moddalar ham shimdiriladi. Soʻng bu qogʻoz maxsus tarkib
ga ega boʻlgan erituvchiga tushiriladi. Qogʻoz xromatografiyasi ning
erituvchining yoʻnalaishiga qarab:
• yuqoriga suriluvchi;
• pastga suriluvchi;
• ikki tomonlama;
• Gorizontalaylanma xromatografiya turlari mavjud.
Erituvchining qogʻoz boʻylab harakatlanishi va adsorbatlarning
oʻzaro farqli boʻlgan sorbsiya qiymatlari hisobiga ular turli tezlik
bilan harakatlanib oʻzaro ajraladi. Komponent harakat tezligining
erituvchi harakat tezligiga boʻlgan nisbati taqsimlanish koeffitsi
yenti R
f
– deb ataladi. Uning qiymati komponent bosib oʻtgan ma
sofaning (a) erituvchi oʻtgan (b) masofa (front chizigʻi)ga boʻlgan
nisbati orqali aniqlanadi.
Qo‘zg‘aluvchan faza
Namunani
kiritish
joyi
Qo‘zg‘almas
faza
Ajratish
yakunida
erituvchi
front chizig‘i
18.7-rasm. Qogʻozli taqsimlanish xromatografiya
Tibbiy kimyo / 1
427
Agar tarkibi aniqlanayotgan moddaning R
f
qiymati “guvoh”
vazifasini bajaruvchi komponentning R
f
qiymatiga teng boʻlsa, bu
ikki modda shartli ravishda bir xil tabiatga ega deb olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |