Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


­rasm. Adsorbsiya vaabsorbsiya jarayonlari



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

 18.1­rasm. Adsorbsiya vaabsorbsiya jarayonlari.

Adsorbsiya va absorbsiya fizikaviy sorbsiyaga tegishli boʻlib, 

ularning borishida kuzatiladigan issiqlik koʻp hollarda 8–20 kJ/mol 

ga  teng  boʻladi.  Bu  qiymat  fizikaviy  sorbsiyaning  Van­der­Vaals 

kuchlari hisobiga amalga oshishi orqali kelib chiqadi. 

Modda geterogen sistemada (masalan, gaz bilan adsorbent 

orasida) boʻladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa xe­

mosorbsiya deyiladi. Masalan:

CaO + CO

2

 = CaCO



3

Bunda CaO adsorbent, СО

esa adsorbat vazifasini bajaradi.



Xemosorbsiya,  odatda,  qaytmas  jarayonlar  jumlasiga  kiradi. 

Xemosorbsiya  fizik  adsorbsiyadan  farq  qiladi.  Bu  jarayonda  ad­

sorbent ­ adsorbat oʻrtasidagi bogʻlanish energiyasi katta qiymatga 

(80–850 kJ/mol) ega boʻladi. Bunda adsorbsiyaning issiqlik samara­




Tibbiy kimyo / 1  

409


si kimyoviy birikmalarning hosil boʻlish issiqlik samaralariga yaqin 

boʻladi.


Adsorbsiya kuchlari hisobiga adsorbsiyalangan moddani erituv­

chi yordamida ajratib olish (erituvchiga oʻtkazish) elyutsiya, adsorb­

siyalangan moddani saqlovchi eritma esa elyuat deyiladi. Agar ad­

sorbsiyaga uchrayotgan modda molekular tabiatli boʻlsa – molekular 



adsorbsiya, ion tabiatli boʻlsa ­ ion adsorbsiya deyiladi.

Ba’zan  oʻz  kritik  haroratidan 

past haroratdagi gaz sorbsiya va­

qtida qattiq jism kapillarlarda kon­

densantlanib  (gaz  holatdan  suyuq 

holatga oʻtishiga) suyuqlikka ayla­

nadi. Bu hodisa kapillar kondensat-

siya deyiladi.

 Tabiiy adsorbentlarga koʻmir, qatiq, qotgan non, tvorog, sut, 

piyoz, tabiiy tolalar misol boʻladi. Tibbiyotda organizmdan toksik 

moddalar,  toshqollar,  gazlarni  chiqarib  yuborish  uchun  adsorbent 

sifatida faollangan koʻmir (karbolen) keng qoʻllaniladi.

  Insoniyat  qadim  zamondan  kimyoviy  jarayonlardan  to‘gʻri 

foydalanishni bilgan va ulardan unumli foydalangan. Bunga misol 

qilib qadimda Oʻrta Osiyo hududidagi quduqlarni olishimiz mum­

kin. Ushbu quduqlarning ichki yuzasi koʻmir bilan qoplangan. Bun­

ing sababi shundan iboratki, koʻmir gʻovak adsorbent qatoriga kirib, 

oʻzida turli xil zarrachalarni yutadi. Bu esa quduqlarni toksik(za­

harli) moddalar, changlar bilan ifloslanishining oldini oladi va su­

vning tozaligini ta’minlaydi. 

Suyuqlik ­ suyuqlik, suyuqlik ­ gaz, qattiq modda ­ gaz, qattiq 

modda ­ suyuqlik chegaralarida boradigan adsorbsiya jarayoni kat­

ta ahamiyat kasb etadi. Suyuqlik sirt yuzasida joylashgan moleku­

lalarining qoʻshni molekulalar bilan ta’sirlashuvi sistemaning ichki 

hajmida  boʻlgan  aynan  shu  molekulaning  ta’sirlashuvidan  keskin 

farq qiladi. Fazaning ichki muhitida joylashgan molekula va qoʻsh­

ni zarrachalarning oʻzaro ta’sirlashuvlari bir xil boʻladi. Natijada bu 




1-kurs talabalari uchun darslik

410


ta’sirlashuvlar oʻzaro mutanosiblashadi,lekin fazaning ichki muhit 

(suyuq faza) molekulalarining ta’sir kuchi tashqi muhit (gaz faza) 

molekulalarining  ta’siridan  ancha  yuqori  boʻladi  va  oqibatda  bu 

molekulaga  suyuq  fazaning  bosimiga  teng  boʻlgan  kuchlar  ta’sir 

etadi. Bu kuchlar molekulaning fazaning ichki muhitiga qarab intil­

ishiga sabab boʻladi.




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish