6. Xonalarning isitilishi, ventilyatsiyasi, mikroiqlimi va havo muhitiga talablar 6.1. Xonalar havosini isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlari xonalardagi mikroiqlimning va havo muhitining normal parametrlarini ta’minlashi lozim. (2-ilova).
6.2. Isitish uskunalari chang so‘rilmaydigan, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalari ta’siriga chidamli va silliq yuzaga ega bo‘lishi kerak.
6.3. Markaziy isitish tizimlarida issiqlik tashuvchi sifatida isitish asboblarida 70-85oS haroratdagi suvdan foydalaniladi. Isitish tizimlarida boshqa suyuqliklar va eritmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.4. Mahalliy isitish manbaidan ushbu manbaga sanitariya-epidemiologiya xulosasi bo‘lganda foydalanish mumkin.
6.5. Sterilizatsiya markazi binolari mexanik va/yoki tabiiy ishga tushiriladigan kiruvchi-tortuvchi ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
6.6. Mexanik kiruvchi-tortuvchi ventilyatsiya tizimlari pasportlashtirilgan bo‘lishi kerak. Mexanik kiruvchi-tortuvchi ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlaridan foydalanish (xizmat ko‘rsatish) tashkilotning mas’ul shaxsi yoki boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Mexanik ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlarining ishlash samaradorligini tekshirish yiliga 1 marta tekshirish, joriy ta’mirlash (zarurat bo‘lganda), shuningdek tozalash va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.
6.7. Ventilyatsiya tizimlaridan foydalanganda shovqin va tebranishga bo‘lgan talablar inobatga olinishi kerak.
6.8. Aseptik xonalarda havonining kirishi uning so‘rilishidan yuqori bo‘lishi kerak.
6.9. Xonalarning tozalik sinflari, havo muhitida bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi, harorat va havo almashinuvi ushbu sanitariya qoida va me’yorlarining 2-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
6.10. Ventilyatsiya tizimlarini loyihalashtirishda va ularni ekspluatatsiya qilishda havo massalarining “notoza” xonalardan “toza” xonalarga o‘tishini istisno etishi kerak.
6.11. Havo almashinuvining davriyligi havo harorati va namligini ta’minlash bo‘yicha hisob-kitobdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Tozalik darajasi bo‘yicha B sinfga oid mansub xonalarda nisbiy namlik 60 foizdan oshmasligi kerak.
Xonalardagi harorat va havo almashinuvini tashkil qilish 1-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
6.12. Barcha xonalarga havo yuqori zonaga uzatiladi. Havoni yuqori zonadan chiqarish nazarda tutiladi, bunda havo ikkita zonadan chiqariladi: 40 foizi – yuqori zonadan va 60 foizi – pastki zonadan (poldan 30-60sm yuqori).
6.13. Berkituvchi moslamalar (shu jumladan teskari klapanlar) havoni ruxsat etilmagan oqib kelishini istisno etish uchun kiruvchi va tortuvchi ventilyatsiya tizimlariga o‘rnatilishi kerak.
6.14. Steril zonalarda tortuvchi ventilyatsiya tizimlariga havoni zararsizlantirish moslamalari yoki nozik tozalash filtrlari o‘rnatiladi.
6.15. Ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlari uchun tashqi havo pol yuzasidan kamida 2 m balandlikdagi toza zonadan tortiladi. Olib keluvchi moslamalardan uzatiladigan tashqi havo qo‘pol va nozik tozalash filtrlari yordamida tozalanishi kerak.
6.16. B tozalik klassiga mansub xonalarga uzatiladigan havo chiqish joyida mikroorganizmlarning inaktivatsiyasi samaradorligi kamida 95 foizga ta’minlanishi kerak, shuningdek yuqori samarali filtratsiyani ta’minlaydigan qurilmalar (xepofiltrlar) o‘rnatiladi. Yuqori tozalash filtrlari yiliga kamida 2 marta almashtirilishi yoki ushbu qurilma yo‘riqnomasi asosida almashtiriladi.
6.17. B tozalik sinfiga mansub xonalarda harorat va namlikni ta’minlash uchun belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ruxsat berilgan tizimlar va uskunalardan foydalangan holda havoni konditsionerlash nazarda tutilishi kerak. Loyihalashtirishga muvofiq V sinfdagi xonalarni konditsionerlash tizimlari bilan jihozlash mumkin.
6.18. Sanuzellar uchun alohida havoni so‘rish moslamalari o‘rnatiladi.
6.19. Xodimlar kabinetlari, ma’muriy va yordamchi xonalarda komfort havo haroratini saqlab turish maqsadida filtrlarni hamda issiqlik almashtirish kameralarini ishlab chiqaruvchi tavsiyalariga muvofiq, har chorakda 1 marta tozalash va dezinfeksiya qilish sharti bilan, split-tizimlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
6.20. Yuvinish xonalari, sanuzellar, notoza zona xonalari, chiqindilarni saqlash xonalari, dezinfeksiya vositalari, reaktivlar va boshqa o‘tkir hidli moddalarni saqlash omborlarida uyushgan oqim qurilmasisiz, mexanik ishga tushiriladigan tortuvchi ventilyatsiya nazarda tutiladi.
6.21. Xonalardagi havo muhitida bakterial ifloslanish darajalari, ularning funksional vazifasi va tozalik sinfidan kelib chiqqan holda ushbu sanitariya qoida va me’yorlarining 2-ilova asosida amalga oshiriladi.
6.22. Ventilyatsiya tizimlari uskunalarini joylashtirish uchun kiruvchi va tortuvchi tizimlar uchun alohida ajratilgan maxsus xonalar berilishi kerak. Kanalli ventilyatsiya uskunasini yo‘laklarda ship tagida hamda odamlar doim bo‘lmaydigan xonalarda joylashtirish mumkin.
6.23. Kiruvchi ventilyatsiya va konditsionerlashning havo quvurlari ichki yuzasi so‘rilmaydigan bo‘lishi va xonaga havo tortuvchi quvurlarning yoki himoya qoplamalarining materiali zarrachalari ajralishini istisno etishi lozim.
6.24. Havo quvurlari, havo tarqatuvchi va qabul qiluvchi panjaralar, ventilyatsiya kameralari, ventilyatsion qurilmalari va boshqa qurilmalar toza tutilishi, mexanik zararlanmagan, yemirilmagan, germetikligi buzilmagan bo‘lishi kerak. Ventilyatsion kameralardan boshqa maqsadlarda foydalanish ta’qiqlanadi. Ventilyatsion kameralar xonalari har oyda kamida 1 marta, havo tortuvchi shaxtalar esa har yarim yilda kamida 1 marta tozalanishi kerak. Ventilyatsiya tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash bir yilda kamida 1 marta, filtrlarni almashtirish esa ishlab chiqaruvchining texnik reglamentlariga muvofiq amalga oshiriladi. Dezinfeksiya ishlari har chorakda kamida 1 marta o‘tkaziladi. Joriy nosozliklar, nuqsonlar darhol kechiktirmasdan bartaraf etilishi kerak.
6.25. Kiruvchi va so‘ruvchi panjaralar bir xona doirasida bir-biridan mumkin qadar uzoqda bo‘lishi kerak.
6.26. Xonalarning tom qismi va yerto‘lalar kemiruvchilar va boshqa sinantrop hasharotlar tushishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
6.27. Sterilizatsiya markazi ma’muriyati tomonidan mikroiqlim parametrlari va havo muhitidagi mikroblar tarqalganligi ko‘rsatkichlari har chorakda kamida 1 marta, havo muhitining kimyoviy moddalar bilan ifloslanganligi esa har 6 oyda kamida bir marta nazorat qilinishi kerak.
6.28. Mikroiqlim va havo tozaligining normativ parametrlarini ta’minlash uchun tashqi havoni qo‘shilishi hisob-kitob bo‘yicha va yuqori samarador filtrlarni o‘rnatish sharti bilan bir xona uchun havoni qayta aylanishiga ruxsat beriladi.