Tibbiy buyumlar va uskunalarni dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish. Usullari. Vositalari. Tartiblari. Sterillangan tibbiy buyumlar va uskunalarning saqlanish qoidalari. Atamalar va ta’riflar


Tibbiy asbob-anjomlarniqo‘lda hamda yuvuvchi mashinada



Download 123,79 Kb.
bet10/19
Sana19.02.2022
Hajmi123,79 Kb.
#459355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
тиббий ускуналар1

7.2. Tibbiy asbob-anjomlarniqo‘lda hamda yuvuvchi mashinada
yordamida tozalash va dezinfeksiya qilish
7.2.1. Tibbiy asbob-anjomlarni qo‘lda tozalash uchun faol va oqsillarni fiksatsiya qilmaydigan tarkibi fermentli yoki ferment saqlamaydigan faol texnologik ximikatlar qo‘llanilishi kerak.
7.2.2. Tozalash vositalarini qo‘llaganda ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalarini, ayniqsa konsentratsiya va haroratga oid ko‘rsatmalarini, inobatga olish kerak.
7.2.3. Tibbiy asbob-anjomlarni yuvishda har kuni yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarining ishchi eritmalaridan foydalaniladi. Yuvuvchi-dezinfeksiyalovchi vositalar ishchi eritmalari tez-tez almashtirish kerak.
7.2.4. Tibbiy asbob-anjomlarni tozalash uchun yumshoq, silliq salfetkalardan, plastik cho‘tkalardan yoki yuvish pistoletlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bo‘shliqli asbob-anjomlar uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan (tipi va o‘lchami bo‘yicha) cho‘tkalardan foydalaniladi.
7.2.5. Qo‘lda o‘tkazilgan yuvish va dezinfeksiya tozalov ishlaridan so‘ng tibbiy asbob-anjomlar yetarli miqdordagi oqar suvda yuviladi. Ushbu jarayonida tibbiy asbob-anjomlar yopishib qolgan zarrachalardan tozalanadi.
7.2.6. Asbob-anjomlarda suv dog‘larini hosil bo‘lishini oldini olish uchun yakuniy yuvish ishlari uchun deminerallashtirilgan (filtrdan o‘tkazilgan) suvdan foydalanish tavsiya etiladi.
7.2.7. Asbob-anjomlar yuvilgandan keyin darhol quritilishi kerak. Quritishda moyli aralashmalardan holi siqilgan havo bilan quritish ayniqsa samarali ta’sir qiladi.
7.2.8. Sharnirli asbob-anjomlar yuvuvchi-dezinfeksiyalovchi vosita ishchi eritmasiga, ularning yuzalari berkilib qolmasligi uchun to‘liq ochilgan holda joylashtirilishi kerak. Trubka va kanyulya kabi tor tirqishli asbob-anjomlarga, shuningdek bo‘shliqli asbob-anjomlarga ishlov berish katta e’tiborni talab qiladi. Ularning ichki yuzalarini yopilib qolishini oldini olish uchun ularning ichki yuzalar dezinfeksiyalovchi eritmaga to‘liq cho‘ktirilganligi nazorat qilinadi.
7.2.9. Stomatologik asboblar-anjomlarga jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan tibbiy asboblar-anjomlar kabi ishlov berish mumkin. Ushbu turdagi asboblar-anjomlar ichki qismini tozalash va saqlash uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan vosita va usullardan foydalanish kerak.
7.2.10. Maxsus po‘latdan bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan stomatologik asboblarni, materialning xususiyatlaridan kelib chiqib, faqat maxsus dezinfeksiyalovchi va yuvuvchi eritmalar bilan tozalash mumkin. Tibbiy asboblar-anjomlar zanglashini bartaraf etish uchun ular yuvilgandan keyin darhol quritilishi, keyin sterilizatsiya uchun mos zanglashga qarshi vosita bilan ishlov berilishi kerak. Keramika yoki plastik materialdan ishlangan silliqlovchi disklarga ishlatiladigan dezinfeksiyalovchi va yuvuvchi vositalar ushbu asboblarga mos kelishi tekshirilishi kerak.
7.2.11. Kam invaziv xirurgik muolajalar uchun ishlatiladigan asbob-anjomlar va qattiq endoskoplar oson mexanik shikastlanishi mumkin. Bo‘shliq va kanallari mavjud tizimlar va komponentlarni yetarlicha samarali tozalash uchun ularga ayniqsa yaxshilab ishlov berish kerak.
7.2.12. Egiluvchan endoskoplarga ishlov berishni boshlashdan oldin klapanlar va qalpoqchalar yechib olinadi. Tegishli himoya qalpoqchalari ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga qarab kiydiriladi. Egiluvchan endoskop tozalash uchun yuvuvchi yoki yuvuvchi-dezinfeksiyalovchi eritmali vannaga bo‘ktiriladi va tashqaridan yaxshilab artiladi.
7.2.13. Egiluvchan endoskop kanallari ushbu asbob uchun mo‘ljallangan cho‘tka bilan tozalanadi, keyin yuvuvchi yoki yuvuvchi-dezinfeksiyalovchi eritma bilan yuviladi. Endoskopning distal qismi ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmasiga muvofiq tozalanishi kerak.

Download 123,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish