Retseptdagi qo‘shimcha yozuvlar
1. Dorini tezlik bilan tayyorlash yoki berish lozim bo‘lsa, retsept varaqasining yuqori qismiga shifokor tomonidan quyidagi so‘zlar yoziladi:
59
Cito - tez! zudlik bilan!
Sitissime - juda tez!
Statim - darhol!
2. Agar retsept varaqasining orqa tomonidan dori nomlarining
davomi bo‘lsa, u holda shifokor retsept varaqasi pastining
o‘ng tomoniga Verte - orqa tomoniga «qaralsin», deb yozadi
(qisqartirilgani - V!).
3. Agar yozilgan retseptni takrorlash lozim bo‘lsa, unda
shifokor retsept varaqasining yuqorisiga Repete - takrorla!
Repetatur - takrorlansin yoki Bis repetatur - ikki marta
takrorlansin, deb yozib qo‘yadi. Retseptlar bitta moddadan
tashkil topgan bo‘lsa oddiy, ikki yoki undan ortiq mod
dadan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab retsept deyiladi.
RETSEPT VARAQASINING NAMUNASI Retsept varaqasining shakli
Sog‘liqni saqlash
vazirligi
Muassasaning nomi
OKUD bo‘yicha kod shakli
OKPO bo‘yicha muassasa kodi
107/V sonli tibbiy hujjat shaklini O‘zR. SSV tasdiqlagan
RETSEPT
(kattalar, bolalar uchun - keraksizi o‘chirilsin)
20_ -yil « »
(retsept yozilgan kun, oy, yil)
Bemorning ismi, sharifi
Yoshi
Shifokorning ismi, sharifi
|
So‘m
|
tiyin
|
|
So‘m
|
tiyin
|
|
Shifokorning imzosi va
|
shaxsiy muhri
|
Retseptning muhlati — 10 kun, 2 oy (keraksizi o‘chirilsin)
60
Retsept varaqasining orqa tomoni
Shifokorga eslatma
davolash-profilaktika muassasasining shartli belgisi bosmaxona usulida bosiladi yoki to‘rtburchak muhr qo‘-yiladi;
retsept lotin tilida tushunarli qilib, aniq harflar bilan siyohda yoki sharikli ruchkada yoziladi, retseptni tuzatish man etiladi;
- bir retsept varaqasida tarkibida zaharli yoki nasha moddasi
bo‘lgan bitta dori yoki ikkita oddiy va kuchli ta’sir etuvchi
dori bo‘lishi mumkin;
faqat qabul qilingan qisqartma otlarning shartli belgisi yozilishi kerak;
qattiq va sochiluvchan moddalar - grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuqliklar - millilitrlarda, grammlarda va tom-chilarda yozilishi kerak;
- dorini qabul qilish usuli bemor tushunadigan tilda yozilishi
kerak, «ichki», «ma’lum» kabi umumiy ko‘rsatmalar bilan
cheklanish mumkin emas;
- retsept shifokorning imzosi, shaxsiy muhri bilan tasdiq-
lanishi lozim.
Dorini shaxsiy tayyorlash №
Dorixonaning to‘rtburchakmuhr
u
36-mashq. Quyidagi retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling. M—F.
Recipe: Aquae Menthae 100.0 ml
Da. Signa: 1 osh qoshiqdan kuniga 5—10 marta. Recipe: Tincturae Calendulae 40 ml
Da. Signa: 10—20 tomchidan kuniga 2 marta.
61
Recipe: Tincturae Convallariae 15 ml
Da. Signa: 15 tomchidan kuniga 2-3 marta. Recipe: Tincturae Schizandrae 50 ml
Da. Signa: 20-25 tomchidan kuniga 2 marta. Recipe: Tincturae Convallariae
Tincturae Valerianae aa 10 ml
Tincturae Belladonnae 5 ml
Misce. Da. Signa: 20-25 tomchidan kuniga 2-
3 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |