ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
498
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
- o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
- ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalari o‘quv dasturlarining
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash
va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-
son qaroriga asosan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha malaka talablar”i belgilab berilgan. Ushbu malaka talablarning “Texnologiya” o‘quv fani
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun to‘g‘ri va ongli kasb tanlash,
ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish bo‘yicha quyidagicha kompetensiyaviy talablar qo‘yilgan:
A2 daraja bo‘yicha:
-
kasblarda mehnat turlarini (odam-odam, odam-texnika, odam-tabiat, odam-belgili tizim,
odam-badiiy obrazni) ta’riflay olaishi;
- hududda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va ularning
yo‘nalishlari, joylashuvini bilishi, tahlil qila olishi;
- kelgusi ta’lim yo‘nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) ongli va mustaqil
ravishda tanlay olaishi;
- kasb-hunar turlarining inson salomatligiga qo‘yadigan talablarini va o‘z imkoniyatlarini
psixologik va fiziologik jihatdan baholay olishi.
A2+ daraja bo‘yicha:
- kasbiy axborotlarni, kasblarning murakkablilik omillarini tahlil qila olishi;
- uzluksiz ta’lim tizimini, unda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tutgan o‘rnini tavsiflay
olishi;
- kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo‘yicha mashqlarni mustaqil bajara olishi
zarurligi belgilab berilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga:
-aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lish;
- kasbiy mohirlik va tafakkur doirasining yetarli shakllanganligi kabiy talablar qo‘yilgan.
Ma’lumki,ta’lim tizimining modernizatsiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:
- har bir shaxsning tо‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va ta’lim
olishning ochiqligini ta’minlash;
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat kо‘rsatkichlariga erishish;
- yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida uzluksiz ta’lim
tizimida samarali me’ѐriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish;
- davlat va jamiyatning qо‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy
maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq
ta’lim jaraѐni ishtirokchilari – talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ta’lim muassasalarining rolini
oshirish.
O’quvchilarning tehnologik va kasbiy ta’limi va ularni kasb-hunarga yo’naltirishga
qoyilayotgan yuqoridagi kabi talablardan kelib chiqqan xolda xozirgi ta’lim tizimini
modernizatsiyalash sharoitida Tehnologiya fani o’qituvchisiga quyidagicha bir qator talablar
qoyiladi.
1.Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy о‘rta ta’lim
mazmuni va sifatiga hamda ta’lim jarayoniga qо‘yiladigan keskin talablarga kirishuvchan va
moslashuvchan bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |