ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
494
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ularning hulq atvorlarini o`rganish, tabiatda tanib olish, balki tabiat to'g'risidagi bilimlarini
kengaytirashga, o'quvchilarda jonajon vatanga muhabbatni tarbiyalashga katta yordam beradi.
O`quv-tajriba maydonchasida mavsumiy ishlarni tashkil etishning o`ziga hos bajariladigan
ishlariga qarab, asbob-uskuna va vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda o`quvchilar o`simliklarni
ekadilar, ularni parvarish qiladilar, ularnining rivojlanishini kuzatib tahlil qilib boradilar. Bundan
tashqari o`simliklarning rivojlanish bosqichlarini aks etgan gerbariyli albomlar tayyorlash imkonini
beradi.
Maktab tajriba maydonidan olinadigan matеriallardan o`quv jarayonida foydalanish katta
samara beradi. Chunki o`quvchilar o`zlari parvarish qilishgan narsalar haqida yanada ko`proq
ma`lumotga ega bo`ladilar. Maktab tajriba maydonchasida o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlarining
o`ziga xos xususiyatlarishundan iboratki oquvchilar o`simliklarning rivojlanish bosqichlari,
ularning poyasi, barg chiqarishi, gullashi va ururlashi haqida ular nafaqat tushuncha va tasavvurga
ega bo`ladilar balki amalda o`zlari bajarib ko`radilar.
Buning natijasida o`quvchilarda nafaqat bilim, o`quv, ko`nikma balki ularda
mehnatsevarlikni tarbiyalash, atrof muhitga nisbatan ongli munosobatda bo`lishlariga turtki bo`ladi.
Bundan tashqari o`quvchilarda mavsumiy ishlar haqida ham tasavvur va tushunchalar
shakllanadi, ya`ni bahor kelishi bilan yerga ishlov berish, ko`chatlarni va urug`larni ekish, ularni
parvarish qilish, yozga kelib ularning ba`zilarining pishib yetilishi, kuz mavsumida esa hosillarni
yigib terib olinishi, va kuzda osimliklarning asta sekin sarg`aya borishi natijasida hayotiy faoliyatini
tugallashi va o`simliklardagi mavsumlar davomidagi bo`ladigan o`zgarishlar haqida ham
tushunchalar shakllanadi.
O`quv-tajriba uchastkasida mavsumiy ishlarni tashkil etish orqali o`quvchilarda nafaqat
bilim, o`quv, ko`nikmalar shakllanadi balki ularda mehnatsevarlik, atrof muhitga nisbatan ongli
munosobat, estetik go`zallikni his etish, bundan tashqari ularga ekologik tarbiya berish, ya`ni
osimliklarning atmosferadagi kislorodning miqdoriga ko`rsatadigan ta`siri haqida tushunchalar
shakllantirib boriladi.
O`quv-tajriba uchastkasida mavsumiy ishlarni tashkil etish orqali o`quvchilarda
kuzatuvchanlikni rivojlantiriladi, o`simliklar ustida kuzatish va tajribalar o`tkazishadi, parvarish
qilishada, bunining natijasida ularda tabiatshunoslik bilimlar va ko`nikmalarni amaliyotga qo`llash
malakalari oshirilishiga imkon beradi.
Demak, Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarni hayvonot olami va o`simliklar dunyosi
haqida tushunchalarni shakllantirishda jonli tabiat burchagi va o`quv-tajriba maydonchasida
mavsumiy ishlarni tashkil etishning ahamiyati juda katta bo`lib, bunda nafaqat o`quvchilarda ilmiy
tushunchalarning to`g`ri va aniq shakllanishida, yana ularda kuzatuvchanlikning rivojlanishida,
tabiatga bo`lgan mehr-muhabbati ortishida, mehnatsevarlikni tarbiyalashda, javobgarlik tuyg`ularini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
D.Sharipova, D.P.Xodiyeva, M.K.Shirinov. Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi.
Toshkent, 2018.
2.
M. Nuriddinova. “Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi” Toshkent, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |