Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet516/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
452 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash 
ko‘nikmalarini hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh hususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida
uyushtirishga e’tibor berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har kanday mashg‘ulotga qaraganda, 
o‘yinga tez intiladi va qiziqadi. 
Rollarga asoslangan o‘yin ta’lim usuli sifatida o‘quvchilarni uyushtiradi va bilim 
imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, 
suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. 
Dialogdan farkli ravishda, rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi 
savollarga javob beradi. Shunday qilib, o‘yinda qatnashayotgan o‘quvchilarning asosiy diqqatini
suhbat mazmuniga qaratadi. O‘quvchilar o‘yin jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshiga 
savollar berish, savollarga javob berish kabi malakalarni egallaydilar.O‘quvchilar o‘yinni aniq 
maqsadga yo‘naltirgan holda amalga oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin[3,32]. 
Rolli o‘yin o‘quvchilar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan, ularga tanish bo‘lishi 
kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. O‘quvchi o‘yin jarayonida ikkilamchi darajali 
rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli -o‘yin ta’limning 
an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘yin 
jarayonida emas, balki undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini 
rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi 
usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda,
oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z boyligini oshirish va tafakkurini 
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘quvchilarga individual yondoshib,
mos topshiriq berish ularning qobiliyatini o‘stirishni ta’minlaydi[4,42]. O‘quvchilar diqqatini
topshiriqning eng muhim va murakkabroq jihatlariga qaratish, ularni belgilariga qiziqishlarini 
oshirish joiz. Bu ulardagi ijodkorlik hususiyatlarini rivojlantiradi. Ta’kidlash joizki, soddalik, bir 
xillik, hoxishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo‘yadi. O‘yin davomida «Kim tez 
bajaradi?» - deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, topshiriqlarni
bajarishda bolalar g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini 
ko‘rsatish hissi bilan harakat qiladilar. 
Quyida shu maqsadga yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz. 
Boshlang‘ich talim jarayonida o‘quvchilar og‘zaki nutqini shakllantirish, o‘zaro bog‘lik 
gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish, munosabatini bemalol bayon 
qilishga o‘rgatish uchun R.Djonson, D. Djonson usuli uch-to‘rt o‘quvchining bir vazifani bajarishga 
asoslangan usul-nihoyatda samaralidir.Masalan, sinfdagi bir o‘quvchi qura tanlash yo‘li bilan 
tanlanadi. Sinf o‘quvchilari muayyan qoidaga ko‘ra (soniga ko‘ra, ihtiyoriga ko‘ra) ikkiga bo‘linadi, 
har bir o‘quvchi bir bo‘lak qog‘ozga ta’rifga asoslangan bir jumla yozadi. Bir guruh o‘quvchilari 
ijobiy baho, ikkinchi guruh o‘quvchilari salbiy baho berishadi. Masalan: Nafisa a’lochi o‘quvchi. 
Nodira jaxldor o‘quvchi va shu kabi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi oqlovchi, qoralovchi vazifasida 
chiqadi. Har ikki guruh o‘quvchilari raqib guruhga xos fikrining aksini isbotlashga urinadilar.
Boshlang‘ich talim jarayonida so‘zlashuv nutqini rivojlantirishda quyidagi usul ijobiy natija 
beradi: «1» dan «10» gacha raqam yozilgan qog‘oz bo‘laklari o‘qituvchi stoliga qo‘yiladi yoki 
qo‘lida bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilariga «omadini sinab ko‘rishini taklif etadi. Qaysi o‘quvchiga 
necha raqami chiqsa, shunga sodda gap tuzish kerak. Muhimi, ikki va undan katta raqam chiqqan 
bo‘lsa, mazmunan o‘zaro bog‘lik matn tuzish kerak. Mavzu erkin. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan 
gaplar tashigan ma’no xususiyatlari ham aniqlanishi zarur. 
Boshlang‘ich talim jarayonida yozma bog‘langan nutqini rivojlantirish, o‘quvchilarni 
qiziqtirish va e’tiborini bir nuqtaga jalb etish uchun kuyidagi topshirik beriladi. O‘quvchi yonida 
o‘tirgan sherigiga o‘z tilaklarini bildirishi kerak. Bu topshiriq shaklini biroz o‘zgartirish mumkin. 
Ota-onasiga, boshka mamlakatda yashovchi do‘stiga maktub yozish topshiriladi. Bunda, albatta xat 
matnida ko‘llangan gaplarning mazmuniy xususiyatlari aniqlanishi lozim bo‘ladi. 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish