X B O B .
SU V L l A JR A T M A L A R .
D AM LAM A VA QAYNATM ALAR
(IN FU SI ET DECOCTI)
Damlama va qaynatmalar rasmiy dori sbakli bo'lib X DF ularning
tayyorlash reglamenti umumiy shaklda maqola ko'rinishida beriladi.
Ishlatiladigan damlama va qaynatmalar - suyuq dori shakllariga
kirib, dorivor o'simliklarning turli qismlaridan olinadigan suvli
ajratmalar va quruq, suyuq ekstraktlar, suvli eritmalardir. Damlama
(infusum) va qaynatma (decoctum)lar oddiy ajratmalar bo'lib,
murakkab apparatlar va qimmatbaho yoki topilishi qiyin ajratuvchilar
talab qilmaydi. Shu sababli juda qadim zamonda (Galendan avval)
ishlatilgan dori shakli bo'lishiga qaramay, hozirgi davrda ham kcng
qo‘llaniladi. Hozir damlama va qaynatmalar to‘g‘risidagi xulosalar
kengaygan bo‘lib, ckstrakt konsentratlarining eritmalari ham shu nom
bilan ataladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda
murakkab. Ta'sir etuvchi moddalar o'simlik xomashyosidan, o'simlikning
har xil qismlaridan ajratilib, ular to‘qima tuzilmalaridan iborat. To‘qi-
malar bir-biri bilan birlashadi, ularning oMchami bir necha mkm bo'ladi,
hujayralar oralig'ida hujayralararo bo'shliq ham bor. Kletchatkaga gidrofil
moddalar yopishganidan suv o'simlik xomashyosini namlaydi. Kletchatka
bilan o'ralgan o'simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy
xususiyatlarga ega. 0 ‘simliklarning gistologik tuzilishi har xil bo‘lganligi
ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak
SUVLI AJRATMALARNING AFZALLIKLARl
1) juda kcng tarqalgan dori shakli;
2) tayyorlanishi oddiy;
3) erituvchi arzon;
4) kompleks moddatarni eritadi,
201
www.ziyouz.com kutubxonasi
5) oson dozalarga bo'linadi;
6) saqlash uchun qulay;
7) murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi;
K am chiliklari:
1) bu dori shaklini saqlash muddati kam boMib, 2 sutkadir;
2) tez buzilib qoladi;
3) dorixonadan standart boMmagan dori chiqariladi;
4) tayyorlash jarayoni ko‘p vaqtni oladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart xomashyolar, maydalik
darajalari NTH va DF talablariga javob beradigan bo'lishi kcrak.
Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.
Damlama va qaynatm alarning yozilishi. Odatda damlama va qay-
natmalar uchun shifokor retseptda faqat xomashyo miqdori va ajratma
miqdorini ko'rsatadi.
Rp:
infusi h erbae A donidis V ernalis 5,0-150,0
D.S.
Lekin shifokor faqat ajratmaning umumiy miqdorinigina ko‘rsatishi
mumkin.
Rp:
Infusi herbae A donidis v ern a lis 180.0
D.S.
Bunday holda dorixona xodimlari Farmakopeya ko'rsatmasiga amal
qiladilar, ya'ni bahorgi adonis yer ustki qismi 1:30 nisbatda ajratma
tayyorlanadigan o'simliklar guruhiga kirganligi uchun:
1 - 3 0
x - 2 0 0
Demak, ajratma tayyorlash uchun 6,0 xomashyo olish kerak.
SUVLI AJRA TM A OLISHNING
NAZARIY ASOSLARI
Suvli ajratma olish 3 bosqichdan iborat:
l-bosqich. O'simlik xomashyosi suv bilan namlanadi va erituvchi uni
ichiga kiradi. Kapillar kuchlar ta'sirida o'simlik suvni o'ziga shimadi. Suv
hujayralararo bo'shliqni to'ldiradi, hujayra devorlari va devor yonlaridan
hujayra ichiga kiradi. Buni biz endoosmos deymiz.
202
www.ziyouz.com kutubxonasi
2-
bosqich. «Birlamchi sharbatning» hosil bolishi. Hujayra ichidagi
moddalar bilan crituvchi to'qnashib chin eritma, YuMB, kolloid eritmalar,
ya'ni moddalarni konsentrlangan eritmasi hosil bo‘ladi.
3-
bosqich. Moddalarni o‘simlik xomashyosidan suyuq muhitga o‘tishi
massa almashinuvi deyiladi. Natijada birlamchi sharbatni yuqori kon-
sentratsiyalari hujayra ichida osmotik bosim hosil qiladi, bu esa hujay-
radagi bor narsalar bilan osmotik bosimi kam bo'lgan moddalarni o‘rab
olgan suyuqlik o‘rtasida diffuzion almashinuvi bo‘ladi. Birinchi galda
harakatchan molekulalar ajraladi, sekinroq YuMB diffundirlanadi.
Kolloid komponentlar eng kam tezlik bilan diffuziyalanadi.
Ekzo va cndoosmoslar eritmalarni hujayrani ichki va tashqi qismida
bir xil bo‘lmaguncha o‘z-o‘zicha ketadi. Natijada molekular va konventiv
diffuziyalanadi.
Molekular diffuziya - molekulalarning harorati harakatiga va mole-
kulalar kinetik energiyasining zonasiga bog'liq bo‘ladi
Molckular diffuziyani tczligi - ajratma haroratiga, diffuzion yuzaga,
yuzani katta-kichikligiga, qatlam qalinligiga bog'liq.
Moddalar joyining o'zgarishi ma'lum vaqtga ham bog‘liqdir.
Konvcnt diffuziya - retseptni o‘zgarishi, aralashtirish qimirlatish
natijasida, ya'ni suyuqliklarni aralashishiga bog'liq sabablardir.
Konvent diffuziya shunday qonunga bo'ysunadiki, bunda konvent
diffuziya tezligi, fazalarning yuza kontaktlari oshishi, konsentratsiya
farqi, jarayoni davomiyligi va konvent diffuziya koeffitsiyenti oshishi
biian tezlashadi.
S - F(C-c)t
F - konvent diffuziya kocffitsiyenti.
S - diffundirlangan moddalarning miqdori.
C-c - konsentratsiyalar farqi.
t — diffuziya vaqti.
Shunday qilib, ta’sir qiluvchi moddalarni o'simlik xomashyolaridan
ajralishi diffuziya, dcsorbsiya, eritish, dializ va yuvilish jarayonlari
boiib, ular o‘z-o‘zidan va bir vaqtda boiadi.
Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda uzoq vaqt qoilanib
kelingan usul ilmiy asosga ega boimagan edi. Damlama va qaynatmalar
203
www.ziyouz.com kutubxonasi
tayyorlashga xususiy yondashish, tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash
USh DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid saqlaydigan
xomashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini
qo'shish taklif qilindi. Undan tashqari xomashyo 3 darajadagi maydalikda
qo'llaniladi. Qaynatmalar uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.
Shunday boMsa ham, ularni tayyorlashning asosini dastlabki univcrsal
usul, xomashyoga sovuq suv solib suv hammomida IS daqiqa (damlama)
va 30 daqiqa (qaynatma) qizdirish tashkil etadi. Hajmi 1—3 / boMgan
ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 daqiqagacha qaynatmalar
uchun 40 daqiqagacha uzaytiriladi.
Dorivor o'simliklar xomashyosidan ta'sir etuvchi moddani ajratib
olish dinamikasiga ta'sir etuvchi omillar. Damlama va qaynatmalarda
ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash
texnologiyasining nazariy asoslariga bo'ysuniladi. Lekin ular ko'proq
zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o‘ziga xos jihatlarini
e'tiborga olish lozim:
1. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o‘simliklar
qismining maydalanganlik darajasi, shu doriga xos boMgan maqolalarda
keltirilgan me'yorlashtirilgan bo'lishi kerak. Xususiy maqola boMmasa XI
DF bo‘yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o‘simlik qismlari
quyidagi maydalikda boMishi kerak: bargi, guli va oMlari 5 mm gacha
boMgan maydalikda, poya, po'sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urugM
va mevasi - 0,5 mm dan katta boMmagan zarrachalarda va hokazo.
2. Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish
maqsadida doimo o‘simlik xomashyosi zarrachalariga ekstragent yangi
qismlarini mumkin qadar davriy ravishda yuborib turish kerak. Bu
aralashmani aralashtirish yoMi bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun
ham ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.
Shuni hisobga olib, XI DFda damlama va qaynatmalarni tayyorlashda
xomashyoni damlab, doimo aralashtirib turish ko‘zda tutilgan Xomashyo
va ekstragentning o'zaro nisbati ham belgilangan.
3. DFda damlama va qaynatmalar tayyorlanishida xomashyo va
ajratuvchining nisbati.
0 ‘simlik miqdori haqida biron-bir ko'rsatma bo'lmasa damlama va
qaynatmalari 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Adonis oMidan, valeriana ildizi
va ildiz poyasidan 1:30 nisbatda. Kuchli ta'sir etuvchi modda saqlagan
o'simlik qismidan suvli ajratmalar odatda ekstrakt (konsentrat)laridan
204
www.ziyouz.com kutubxonasi
1:400 nisbatda tayyorlanadi. Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentratjdan
tayyorlanganda uni miqdorini o'simlik miqdoridek qilib olish kerak.
4. Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori
ta'sir etuvchi moddalarni toliq ravishda olishga imkon berishi zarur.
5. Muhitning ta'siri.
6. Vaqt rejimi.
7. Xomashyo standartligi.
SUV SHIMISH KOEFFITSIYENTI
Xomashyodan damlama yoki qaynatma tayyorlash uchun kcrak
bo'lgan suvning miqdori turlicha olinishi mumkin. Masalan:
Rp:
Infusi rhizo m atis cum radicibus V alerianae 6,0 -1 2 0 ,0
D.S. 1 osh qoshiqdan 3 m a rta ichilsin.
Xomashyodan retseptda ko'rsatilgan miqdordagicha suv solib,
ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan yetkaziladi. Bunda yana suv
qo'shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xomashyoda ushlanib
qoladi. Lekin suv qo'shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan
boiamiz. Shuning uchun ana shu xomashyoda ushlanib qoladigan suvni
ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning qo'shimcha miqdori
damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta'sir etuvchi modda miqdorini
ancha ko'paytiradi. Tutib qolinadigan suv miqdori o‘sha xomashyoning
morfologik va anatomik xususiyatlariga va xomashyoning maydalik
darajasiga bogMiq XI DFda turli o'simlikiar xomashyosi uchun suv
shimish koeffitsiyenti keltirilgan Agar o‘simliklar xomashyosi uchun suv
shimish koeffitsiyenti bcvilmagan boMsa, u holda barg, gul, o‘tlar uchun -
2,0, po‘stloq, ildiz, poya uchun - 1,5 va meva urugMar uchun - 0,5 deb
olinadi (10-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |