Texnologiyasi


Muhammadjonova,  K.  va  boshq



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Muhammadjonova,  K.  va  boshq.
Dori  turlari  texnologiyasi.  Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv 
qo'llanma  /  K. S  Muhammadjonova,  Sh.Sh.  Talipova,  Sh.N.  Shodmonova, 
Sh.S.  Yo‘ldosheva.-T.:  «Niso  Poligraf»;  «Voris nashriyot».-336  b.
Tibbiyot  kollejlarining  farmatsiya  yo'nalishi  uchun  mo'ljallangan  ushbu  darslik 
O'zbekiston Respublikasi  Oliy va o'rta maxsus  ta'lim vazirligi  O 'rta  maxsus, kasb-hunar 
ta'limi  Markazi tomonidan nashrga tavsiya qilingan.
y ^ K :  «15(075) 
KBK  52.81
© «Niso  Poligraf»,  2012. 
©  «Voris  nashriyot»  2012.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Mamlakatimizda  0 ‘zbckiston  Rcspublikasining  «Ta'lim  to‘g‘risida»gi 
qonuni  va  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  asosida  yuqori  malakali, 
zamon  talabi  darajasidagi  mutaxassisiarni  tayyorlash  ta'lim  sohasida 
amalga oshirilayotgan  islohotlarning ustuvor yo'nalishi  hisoblanadi,
Sog'liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  davlat  dasturlarida  aholini 
bczarar,  samarali  dori  vositalari  bilan  ta'minlash,  mavjud  dori  vosita- 
laridan  unumli  foydalanishni  yo'lga  qo'yish  ustuvor  vazifalardan  biri  etib 
bclgilangan.
Farmatscvt  assistcnti  dori  vositalaridan  foydalanish,  boshqa  dori 
vositalari  bilan  o'zaro  ta'siri,  bcmor  organizmidagi  turdosh  kasalliklar 
mavjudligiga  qarab,  mavjud  ko‘p  ming  sonli  dorilar  ummonidan  kerak- 
ligini  tanlashda  tibbiyot  xodimlari  uchun  maslahatchi  sifatida  faoliyat 
ko'rsatadilar.
0 ‘z  davrining  mashhur tabiblari  Abu  Ali  ibn  Sino,  eronlik  Abu  Bakr 
Muhammad  bin Zakariya  ar-Roziy,  xorazmlik  Abu  Abdulloh  Muhammad 
ibn  Ahmad  al-Beruniy  va  boshqalarni  butun  dunyo  taniydi.  Buyuk 
alloma  Abu  Rayhon  Beruniy  umrining  oxirgi  yillarida  «As-saydana», 
ya'ni  «Tabobatda  dorishunoslik»  asarini  yozdi.  Bu  asarda  o‘sha  davrning 
sharq  tabobatida  ishlatiladigan  shifobaxsh  o'simliklardan  750  tasi  haqida 
fikr yuritiladi.
Mashhur  olim  Abu  Ali  ibn  Sino  1020-yilda  5  jildlik  «AI-qonun» 
(«Tib  qonunlari»)  kitobini  yozdi.  Bu  kitobning  ikki jildi  oddiy,  besh jildi 
esa  murakkab  dorilarga  bag‘ishlangan.  Kitobning  ikki  jildida  o'simlik 
va  hayvonlardan  olingan  hamda  tibbiyotda  ishlatiladigan  mahsulotlar  va 
mineral  moddalardan  811  tasi  bayon  qilingan.
XII-XVI  asrlarda  arab  tibbiyoti  asta-sekin  Ovrupoga  o‘tib,  o‘z 
ta'sirini  saqlab  keldi.  Shu  davrda  Ovrupoda  sharqona  dorixonalarda 
asosan  sharq  dorilari  tayyorlanardi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


XVII—
XVIII  asrlarda  Rossiya  dorixonalarida  turli  dori  turlari 
tayyorlana  boshlangan.  Tibbiyotning  taraqqiy  etishi,  dorivor  moddalarni 
tayyorlashning  rivojlanishi  va  har  xil  asbob-uskunalarning  kashf etilishi 
XIX  asrga  kelib  Rossiyada  farmatsiya  ishining  gurkirab  rivojlanishiga 
sharoit  yaratib  berdi.  Maqsadga  muvofiq  boMmagan  ko'pgina  dori 
turlari  -   bo‘tqa,  sirkalar,  essensiyalar,  clcksirlar  va  shunga  o'xshash 
kam  qo'llaniladigan  dori  shakllari  birmuncha  mukammallashtirilgan 
dori  turlari  bilan  almashtirildi,  shuningdck  suvli  va  boshqa  erituvchilar 
yordamida olinadigan  har xil  ajratmalarga  ilmiy asos  solindi.
Biz  tibbiyot  kollcjlarining  farmatsiya  yo‘nalishi  bo‘yicha  ta'lim 
olayotgan  o'quvchilarga  mo‘!jal!angan  ushbu  darslikni  tayyorlash  jara- 
yonida  nomlari  zikr  qilingan  allomalar  va  olimlar  qatori  dorishunoslik, 
dori  texnologiyasi  va  boshqa  muammolar  ustida  izlanish  va  tadqiqotlar 
olib  borgan,  o‘z  yo‘nalishlari  va  tavsiyalarini  yaratgan  I.A. Muravycv, 
I S  Ajgixin,  T.S. Kondratyevalar  kitoblaridan  ham  foydalandik.  Buning 
uchun  hamma  ustozlarimizga  minnatdorchilik  bildiramiz.  Ayniqsa, 
Toshkent  farmatsevtika  institutida  shu  sohaga  mehr-muhabbat  uyg‘otib, 
ilmiy  faoliyat  bilan  shug'ullanishimizga  rahnamolik  qilgan,  o‘z!arjning 
boy  hayotiy  tajribalari,  qoMlanma  va  darsliklari  bilan  ma'naviy  kuch 
bag‘ishlagan  o‘zbek  olimlari:  T.Q.  Qosimova,  Z.N. Nazirov,  S.M. Mah- 
kamov,  M.U.  Usubboyev,  Z.A. Nazarova  va  boshqa  ustozlarimizga 
hayotda  o‘z  o'rnimizni  topib,  shu  sohaning  mutaxassisi  bo‘lishimizga 
qo'shgan  hissalari  uchun  chuqur minnatdorchilik  bildiramiz.
Ushbu  kitob  «Dori  turlari  texno!ogiyasi»  bo‘yicha  bizning  ko‘p  yillik 
izlanish  va  tajribalarimizning  dastlabki  hosilasi  bo'lib,  u  kamchiliklardan 
xoli  emasligi  tabiiy.  Binobarin,  hurmatli  kasbdoshlarimiz,  darslikdan 
foydalanadigan  o'qituvchilar  va  o‘quvchilarning  darslik  haqidagi  fikr- 
mulohazalari  va  takliflarini  bajonidil  qabul  qilamiz.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish