Texnologiyasi


II  BOB. DORIX O N A NIN G   TUZILISHI



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

II  BOB.
DORIX O N A NIN G   TUZILISHI 
VA  U NIN G   VAZIFALARI
Dorixona  Sog'liqni  saqlash  tizimining  ajralmas  tarkibiy  qismidagi 
tibbiyot  muassasasi  bo lib  u  aholini  davolash  -   profilaktika  muassasalari- 
ni  (DPM)  va  boshqa  tashkilotlarni  uzluksiz  ravishda  dori  vositalari 
sanitariya-gigiyena  buyumlari,  bog‘lov  materiallari  va  bemorlarni  parva- 
rish qilishda  ishlatiladigan ashyolar bilan  ta'minlash  bilan shug‘u1lanadi.
Dorixonalar  asosan  dori  tayyorlash,  ta'minot,  savdo,  moliya  va  xo‘- 
jalik  ishlari  bilan  shug'ullanib,  ularni  ishlab  chiqarish  faoliyati  shifo- 
korlar  tomonidan  yozib  berilgan  retseptlari  DPMIarning  talabnomalari 
asosida  dori  vositalarini  tayyorlab  beradi.  Katta  miqdordagi  ayrim  dori 
vositalari  laboratoriyada  -   qadoqlash  usuli  bilan  tayyorlanadi,  ularning 
sifati  nazorat qilinadi  va  tayyor dori vositalari  aholi  va DPMIarga sotiladi.
O'zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng,  Res- 
publika  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  U-martdagi  132-sonli  Qarori 
asosida  rcspublika  «Dori-darmon»  davlat  aksionerlik  uyushmasi  tashkil 
etildi,  shu qarorlar asosida  mulkchilikning  xususiy jamoa  hamda  aksioner 
dorixonalar uyushmasi  tashkil etildi.
Dorixonalar  maxsuslashtirilgan  bo'ladi  chunki,  maxsuslashtirilgan 
dorixonalar  aholini  va  DPMlarning  yuqori  sifatli  faoliyatini  ta'minlash 
xizmatiga  ega  boMadi,  maxsuslashtirilgan  dorixonalar  quyidagi  sifat  ko‘r- 
satkichlari  bilan  farq  qiladi:
1.  Tayyor  dori  vositalarning  oldi-sotdi  savdosi  bilan  shug'ullanadigan 
maxsus  tayyor dorilar bilan  savdo qiluvchi  dorixonalar;
2.  Ta'minoti,  faoliyati,  xususiyati  bilan  farq  qiladigan  mayda  ulgurji 
savdo  shifoxonalararo dorixonalar;
3.  Aholida  kontingentli  bemorlarga  xizmat  qiladigan,  bolalar va  yoshi 
ulug‘  qariyalarga xizmat qiladigan  geriatrik dorixonalar;
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. 
Sotilayotgan  dorilarning  maxsus  guruhlarga  xos  dori  vositalari, 
dorivor  o'simliklar  bilan  savdo  qiladigan  dorixonalar  gomeopatik  dori- 
xonalar  va  maxsus  kasallarni  davolashga  ixtisoslashtirilgan.  (Teri-tanosil, 
ruhiy va diabet kasalliklari uchun dorixonalar).
Shuningdek,  o'quv  ishlab  chiqarish  dorixonalari  boMishi  mumkin. 
Aksionerlik  dorixonalar  esa,  o‘z  faoliyatlarini  ko'rsatishda  tuman,  shahar 
va  qishloq  hududida  joylashib,  aholiga  dori  vositalari  hamda  boshqa 
tibbiyot buyumlari  savdosi bilan xizmat qiladi.
Tayyor  dori  vositalari  savdosi  bilan  xizmat  qiladigan  dorixonalar 
asosan  shahar,  qishloq,  poliklinikalar  qoshida  va  boshqa joylarda  tashkil 
qilinib,  ular aholini  retsept asosida yoki,  retseptsiz  berishga ruxsat  etilgan 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar,  sanitariya-gigiyena  buyumlari,  bog‘lov 
matcriallari  va  bemorlarni  parvarish  qilishda  ishlatiladigan  ashyolar  bilan 
uzluksiz ta'minlab turadi.
Maxsus  bolalarga  xizmat  qiladigan  dorixonalar  asosan,  katta  shahar- 
larda  yoki  viloyat  markazlarida  tashkil  etilib,  bolalar  uchun  ishlab 
chiqarilgan  kichik  dozada  tayyorlangan  dori  vositalari  yoki  ekstemporal 
ravishda  retsept  asosida  tayyorlanadigan  dori  vositalari  bilan  savdoni 
amalga  oshiradi.  Dorixonada  dori  tayyorlash  uchun  zarur  dori  xom- 
ashyolari  (substansiyalar)  va  yordamchi  materiallar  boMishi  zarur,  shu- 
ningdek,  tayyorlanadigan  dori  vositalari  boshqa  tayyorlanadigan  dori 
vositalardan  ta'mi,  rangi  va  tashqi  ko‘rinishi  bilan  farq  qilishi  ko‘zda 
tutiladi.
Geriatrik  dorixonalar  asosan  yoshi  ulug'  insonlarga  xizmat  qilish 
uchun  maxsuslashtirilgan  bo‘lib,  ushbu  dorixonalar  qariyalarni  yoshi, 
ruhiy,  fiziologik  holatlarini  e'tiborga  olib  tegishli  tartibda  shifokorlar 
tomonidan  yozib  berilgan  retseptlar  asosida  dori  vositalarini  berishlari 
ko'zda  tutilgan.  Shuningdek,  ushbu  dorixonalar  dorilarni  saqlash,  ichish 
tartib-qoidalarini  ularga  aniq  tushuntirib  berishlari  va  qariyalarga  dori 
vositalarini  qabul  qilish bo‘yicha maslahat beruvchi  markaz hisoblanadi.
Geriatrik  dorixonalar  shu  toifadagi  dori  vositasi  bilan  ta’minlanayot- 
ganligini  har  taraflama  tahlil  qilib,  ular  uchun  zarur  dori  vositalari  va 
tibbiy  buyumlar  ehtiyojini  doimo  o'rganib  boradi  va  shularni  dorixonada 
uzluksiz ravishda  boMishini  ta'minlaydi.
Dorivor  o‘simliklar  dorixonasi,  odatda,  yirik  shaharlar  va  viloyat 
markazlarida  aholini  dorivor  o‘simliklardan  tayyorlangan  dori  vositalar: 
damlama,  qaynatma  holida  shifokorlar  retsepti  bilan  va  retseptsiz  har
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


xil  choylar  holida,  sharbatlar  shaklida  fitobarlarda  tayyorlab  aholi  uchun 
foydali  va  nisbatan  bczarar  bo'lgan  dori  vositalari  bilan  ta'minlash  uchun 
tashkil  qilinadi.
Bu  dorixonalar  retsepturasining  o'ziga  xos  murakkablik  tomonlari 
ham  mavjud  chunki,  ayrim  yig‘malarning  tarkibiga  o'nlab  dorivor 
o‘simliklar  xomashyosi  kiritiladi,  shuning  uchun  bu  yig‘malarni  belgi- 
langan  tartib  asosida  amalga  oshirilishi,  farmatsevtdan  o'ziga  xos  bilim 
va mahoratni  talab etadi.
Dorivor  o'simliklardan 
tayyorlangan 
dori 
vositalarga 
bo'lgan 
aholining  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  ayrim  hollarda  farmatsevtlar  va 
shifokorlar  hamkorligida  dori  vositasi  -   choy,  qaynatma,  damlama  yoki 
kokteyl  shaklida  dorixonaning  alohida  bo'limlari  va  fitobarlarda  tashkil 
qilinishi  ham mumkin.
Hozirgi  kunda  csa,  respublika  SSV  qoshidagi  litsenziya  hay'ati 
tomonidan  bunday  dorixona  yoki  boMimlar  ochishga  ruxsatnoma  berilib 
bormoqda,  chunki  bunday  dorixonalarni  bo‘lishi  aholi  uchun  foydali 
va  iqtisodiy  tomondan  csa  arzon  dori  shakli  bo‘lib,  ahoiining  ehtiyojini 
bunday  dori  vositalarga qondirishda  muhim ro‘l  o'ynaydi.
Gomcopatik  vositalar  muomalasini  amalga  oshiruvchi  dorixonalar 
ham  maxsuslashtirilgan  dorixonalar  turkumiga  kirib,  ham  ma'lum  dara- 
jada  aholini  o‘ziga  xos  gomcopatik  retseptlar  asosida  tayyorlangan  dori 
vositalari  bilan  ta'minlashga  yordam  beradi.  Ushbu  dorixonalarni  iloji 
boricha,  geriatrik  bemorlarni  davolash  uchun  tashkil  qilingan  maxsus 
davolash  va  davolash  — profilaktika  muassasalari  yaqinida  bo‘lishi  maq 
sadga muvofiqdir.
Gomeopatik  dorixonalarda  dori  vositalari,  asosan  tayyor  dori 
vositalari  shaklida  bcriladi.  Lekin  bu  xildagi  dorixonalarda  ham  ekstem- 
poral  holda  ayrim  dori  vositalarni  tayyorlash  ishlarini  yo‘lga  qo‘yish 
mumkin,  alohida  maqomga  ega  bo'lgan  gomeopatik  dorixonalar  respub- 
likamizda  tashkil  ctilgan  emas,  lekin  ma'lum  dorixonalarda  alohida 
gomcopatiya  boMimi  sifatida  tashkil  qilingan.  Ta'kidlash  lozimki, 
Toshkcnt  Farmatscvtika  institutining  dori  turlari  texnologiyasi  kafedra- 
sida  ko'plab  gomeopatik  dori  shakllari  texnologiyasi,  ayniqsa  respublika- 
mizda  mavjud  bo‘lgan  xomashyolardan  asos  sifatida  bo‘lib,  amaliyctda 
qo'llash  uchun  tayyorlab,  texnologik jarayonlar yaratilgan.
O'quv  ishlab  chiqarish  dorixonalari  asosan  yosh  mutaxassislarni  yoki 
yuqori  kurs  talahalarini  ishlab  chiqarish  yoki  magistratura  amaliyoti
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashg'ulotlarni  o'tkazish  yoki  farmatsevtlarni  malakasini  oshirish  uchun 
baza  sifatida  tashkil  qilinib,  shu  bilan  birga  aholini  va  DPMlarni  dori 
vositalari  va  boshqa  tibbiy  ashyolar  bilan  ta'minlab  turish  ishlarini  ham 
amalga  oshiradi.
Ushbu  dorixonalarda  o'quv  va  amaliy  mashg'ulotlarni  o'tkazish  uchun 
qo'shimcha  xonalar  bo'lib,  bu  xonalar  esa  o‘quv  va  amaliy  mashg‘ulotlar 
uchun  zarur  bo‘lgan  asbob-uskuna  va  boshqa  anjomlar  bilan  jihozlanadi. 
0 ‘quv  -   komputer  xonalari,  zamonaviy  pcdagogik  texnologiyalarga  oid 
masofali  o‘qitishga  moMjallangan  tcxnika  vositalari,  o‘quv  adabiyotlari  va 
tegishli  me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlanishi  maqsadga muvofiq.
O'quv  ishlab  chiqarish  dorixonalari  ilmiy  izlanishlar  yoki  ilmiy  izia- 
nishlar  samarasini  dorixona  amaliyotiga  tatbiq  etishga  ham  mo'ljallangan 
holda qurilib,  tashkil etiladi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish