PROBKA VA QOPQOQCHALAR
Bular dorixona idishlarining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Ular,
birinchidan, idish ichidagi moddalarni to'kilib ketishdan, ikkinchidan
esa, dori moddalarning tashqi ta'sirlardan saqlaydi. Biroq ayrim
hollarda probka bilan dori moddalar bir-biriga ta’sir ko'rsatishi mumkin,
masalan, kuchli oksidlovchilar (yod, kaliy permanganat), kuchli
kislota va ishqorlar yog‘och probkani buzadi. Shu munosabat bilan
probkalashdan oldin idishdagi dori modda xususiyatini hisobga olish
zarur. Yumshoq yog'och probkalar sifatli hisoblanadi, chunki bunda
yosmiq donachalari bo‘lmasdan, u toza va elastik bo'ladi. Idishlarni
probkalashdan oldin probkalarning elastikligini oshirish va idishlarning
og‘ziga jips yopishib turishini ta'minlash maqsadida maxsus presslar
yordamida siqiladi. Dorixonada ishlatiladigan rezina probkalarni maxsus
rezinadan tayyorlash lozim, ularning tarkibida eruvchan moddalar va
hid bo'lmasligi kerak. Rczina probkatar kislota, ishqorlar, suvli va spirtli
eritmalarga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, ko‘pgina organik erituvchilar
(benzin, xloroform va boshqalar)ga nisbatan esa chidamsizdir, Rezina
probkalarni ishlatishdan oldin iliq suvda yaxshilab yuvish lozim.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shisha probkalar - rezina va yog'och probkalarni ishlatish mumkin
bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi, bular jips yopiladigan bo'lishi kerak.
Shisha probkalar asosan donxonaning o‘zida saqlanadigan suyuqliklar
uchun ishlatiladi
Dorixonada ba'zan ilgari ishlatilgan yog'och va rezina probkalardan
foydalanishga to'g'ri kcladi. Bunda ularni kaliy permanganatning issiq
suvdagi 0,2% li eritmasi bilan tozalanadi, so'ngra suv bilan chayib
quritiladi.
Dorixona idishlari mctall va plastmassa qopqoqchalar bilan ham
berkitilishi mumkin. Uiar, odatda, og‘zi burab berkitiladigan idishlarga
mo‘ljaltangan hoiadi.
Idishlarni tozalash va yuvish dorilarni sifatli tayyorlashda juda
katta ahamiyatga ega. Dorixonaga yangi keltirilgan va ayniqsa, ilgari
ishlatilgan idishlarni juda diqqat bilan tozalash, yuvish va dczinfeksiya
qilish talab ctiladi. Yangi idishlarni 1-2 soat iliq suvga solib qo'yiladi,
so'ngra sovun, soda va iliq suv bilan yuvib, yaxshilab chayiladi. Ilgari
ishlatilgan idishlarni esa (aholidan yig'ilgan, kasalxonalardan keltirilgan)
bir necha soat davomida dezinfeksiyalovchi suyuqlik (xloroformning
2 %li eritmasi yoki xlorli ohak) quyilgan bakka solib qo‘yiladi. Keyin
suv bilan chayiladi, sodaning 2% li eritmasida 30 daqiqa qaynatiladi.
Shundan so‘ng sovun bilan iliq suvda yuvilib, avval oddiy suv, kcyin
distillangan suv bilan chayiladi.
Idishlarni yaxshi dezinfeksiya qiluvchi modda sifatida diosidni
tavsiya etsa boiadi. Idishlarni sterillash uchun diosidning 1:5000
eritmasida bir soat davomida qoldiriladi.
Tozalangan idishlarni quritib, sterilizator yoki avtoklavda 100" Cda
30-60 daqiqa yoki quritish shkafida 160-170° Cda I soat sterillanadi.
Sterillangan idishlarni steril pergament qog‘oz o'ralgan probka bilan
berkitib, yaxshi yopiladigan shkaflarda saqlanadi. Bankachalar shkafga
to'nkarib qo‘yiladi.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |