Texnologiyasi


DORIXONA  IDISHT  ARI  VA YORDAMCHI  MATERIALLAR



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

DORIXONA  IDISHT  ARI  VA YORDAMCHI  MATERIALLAR
Dori  turlarining  sifati  va  turg'unligi  qanday  idishlarda  saqlanishi, 
joylanishi  va  berilishiga  hogMiq.  Odatda  dori  turlarini  har  xil  idishlarda 
olib  kclish,  saqlash  va berishga  to‘g‘ri  keladi  Dorilarning barqarorligi  va 
sifatiga  ko'pincha yorugMik,  havo,  namlik  va  harorat  tasir  qiladi.  Bundan 
tashqari,  dorilar  idishlarning  tarkibidagi  moddalar  bilan  reaksiyaga 
kirishishi  natijasida  ham  o'zgarishi  mumkin.  Shu  munosabat  bilan 
dorixona  idishlari quyidagi  talablarga javob  berishi:
1.  Dori  moddalarning fizik,  kimyoviy  xossalarini  o'zgartirmasligi;
2.  Kichik hajmli  va yengil  boMishi;
3.  Mcxanik ta'sirlarga bardosh berishi;
4.  Dorilarni  yorugMik, namlik va havo  ta'siridan  saqlashi;
5.  Arzon va oson tayyorlanadigan bo'lishi  kerak.
Dorixona  idishlari quyidagi  matcriallardan  tayyorlanadi:
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


A)  Anorganik  materiallar  -   temir,  tunuka,  aluminiy,  qo‘rg‘oshin, 
po'lat,  shisha, chinni,  fayans va hokazo.
B)  Organik  materiallar  -   qog'oz  (yozuv  qog‘ozi,  parafinlangan  va 
mumlangan qog‘oz),  karton, pergament,  yog‘och va boshqalar.
C) Plastmassa materiallari -  polietilen,  karbolit,  sellofan.
SHISHA  IDISHLAR
Shishadan  suyuq  dorilar  uchun  flakonlar,  mazlar  uchun  bankachalar, 
tabletka  va  granulalar  uchun  silindrsimon  naychalar  tayyorlanadi.  Shisha 
idishlar turli  shaklda (konussimon,  silindrsimon,  qirrali  va  hokazo) va har 
xil rangda (qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qora va hokazo) boMishi  mumkin.
Shisha  idishlarning  og'zi  silindrsimon  bo‘lishi  lozim.  Ular  turli 
bajmda  chiqarilib,  ayrimlari  jips  yopiladigan  shisha  probka  (tiqin)  bilan 
ta'minlanadi.  Dori  solib  beriladigan  shisha  idishlarning  hajmi  5  ml 
dan  500  ml  gacha,  dorixonada  har  xil  maqsadlarda  qoMlaniladigan 
idishlarning hajmi esa 25  ml dan  19-20 / gacha bo‘ladi.
Shisha  idishlar  chidamli  bo‘lishi,  hech  qanday  boshqa  moddalar 
saqlamasligi,  bir  xil  qalinlikda  bo'lishi  zarur.  Inyeksiya  qilinadigan 
dorilarni  tayyorlash  va  saqlash  uchun  maxsus  neytrai  shishadan 
tayyorlangan  idishlardan  foydalanish  lozim.  (Bunday  idishlarga  boMgan 
talablar ampulaga  doir bobda  batafsil  kcltiriladi.)
Shisha  idishlarning  chidamliligi  quyidagicha  tekshirib  ko'riladi. 
Idishning  3/4  qismiga  xlorid  kislota  bilan  metil  qizili  eritmasidan  iborat 
suyuqlik  solinib,  30  daqiqa  suv  hammomiga  qo‘yiJadi  (suyuqlik  tarkibi: 
I  litr  suv,  1  ml  0,1  n.  xlorid  kislota  va  5  tomchi  metil  qizili).  Shundan 
keyin  idish  ichidagi  qizil  bo‘yoq  o‘z  rangini  o'zgartirmasa,  shisha  talabga 
muvofiq deb  topiladi
Dorixonalarda  mazlar  berish  va  saqlash  uchun  ham  har  xil  shisha 
bankachalar ishlatiladi  Ularning katta-kichikligi  turlicha.
Bankachalar qanday  maqsadlarda  ishlatilishiga  ko‘ra  qopqoqli,  ayrim 
hollarda  qopqoqsiz  chiqariladi.  Bunday  bankachalarga  qo‘yiladigan 
talablar shisha  idishlarga qo'yiladigan talablarga o‘xshashdir.
Yuqoridagi  idishlardan  tashqari,  tabletkalar,  piiulalar  va  granulalar 
uchun  silindrsimon shisha naychalar  ham ishlatiladi.
Bayon  qilingan  shisha  idishlardan  tashqari,  dorixonada  dori  modda- 
larni  saqlash  uchun  turli  hajmdagi  idishlar  mavjud  boMib,  ular  odatda,
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


shtanglas  deb  yuritiladi.  Bu  idishlarga  quruq  moddalar  solib  qo‘yiladi. 
Kuchli  kislotalar  va  ishqorlar  saqlash  uchun  mo'ljallangan  shtang- 
laslarning  og'zi  kislota,  ishqorlar  va  issiqqa  chidamli  bo'lgan  qalpoqcha 
va  shisha  probka  bilan  berkitilib  qo‘yiladi.  Salga  sinishi  va  yorug'Iikni 
qisman  o'tkazishi  ularning  kamchiligidir.  Keyingi  vaqtda  shisha 
idishlarning  ichki  devorlari  yupqa  qilib  silikonda  qoplanib,  kimyoviy 
moddalar bilan  ishlov  berib  va  issiqqa chidamli  qilib  chiqarilmoqda.
METALL  IDISHI  AR
Bu  xildagi  idishlar  surtmalar,  malhamlar  uchun  ishlatiladi.  Zavod- 
larda  surtmalarni  «siqma 
moy» 
holida 
tubiklarga,  tabletkalarni 
naychalarga  joylashda  qo'llaniladi.  Metall  sifatida  oq  tunuka,  qalay, 
aluminiy  va  boshqalar  ishlatiladi.  Dorixona  sharoitida  saqlanadigan 
quyuq  dorilar  va  yordamchi  moddalar  (surtmalar,  malham,  lanolin, 
vazclin  va  hokazo)  har  xil  hajmdagi  oq  tunuka  qutichalarga  solib 
qo'yiladi.
Shamchalar va  malhamlarning o'rash uchun yupqa zar ishlatiladi 
YOG‘OCH  IDISHLAR
Bular  asosan  zavod,  fabrika  va  omborlardan  dorixonalarga  tovarlar 
yuborishda,  ko‘p  miqdordagi  ayrim  dorivor  moddalar  va  yordamchi 
materiallarni joylash  hamda saqlashda  ishlatiladi.  Bu  maqsadda yashiklar, 
bochkalar  va qutichalardan  foydalaniladi.  Jo‘natiladigan mollami  to'kilish 
va sochilishdan saqlashda yog‘och idishlar katta ahamiyatga ega.
Filtr  qog‘oz  asosan  scllulozadan  iborat.  Bu  qog'oz  g'ovak  bo'lib, 
mexanik  ta'sirlarga  chidamsizdir.  Filtrlash  materiali  sifatida  ishlatilib, 
joylash  materiallan  sifatida  undan  kam  foydalaniladi.
Yozuv  qog‘ozi  ko'pincha  joylash  materiallari  sifatida  qoMlanilib, 
qog‘oz  qop  va  xaltachalar,  konvertlar,  poroshoklar  uchun  kapsulalar 
tayyorlashda  hamda  yashiklarning  ichki  tomonini  qoplash  uchun 
ishlatiladi.
Paraiinlangan  va  mumlangan  qog‘ozlar  (charta  parafinnata,  charta 
cerata)  -   oddiy  yozuv  qog‘ozga  parafin  va  mum  eritmalarini  shimdirish 
yo‘li  bilan  tayyorlanadi.  Bunday  qog‘ozlarga  gigroskopik,  hidli  va 
moysimon  poroshoklar  o‘rab  beriladi.  Parafin  va  mumlarni  erituvchi
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamda  ular  bilan  reaksiyaga  kirishuvchi  moddalarni  bunday  qog‘ozlarga 
o'rab  berish  mumkin  emasligini  hisobga  olish  kerak  (masalan,  efir 
moylari  saqlovchi  poroshoklar).
Pergament  qog‘oz  (charta  pergamenata)  oddiy  yelimlanmagan 
qog'ozni  sulfat  kislota  bilan  ishlash,  yuvish  va  quritish  yo'li  bilan  olinadi. 
Bu  qog'oz  moyni  va  ma'lum  darajada  suvni  o'tkazmaydi.  Pergamentdan 
tayyorlangan  kapsulalar  efir  moylari  saqlovchi  poroshoklarni  o'rash, 
suyuq  dorilarni  berishda  probka  ostiga  qo'yish,  suyuqlik  quyilgan 
shishalarning og'zini bog'lashda  keng qoMlaniladi.
K arton  fizik  xususiyati  va  ishlatilishi jihatidan  qog‘ozdan  deyarli  farq 
qilmay,  faqat  qalinligi  bilan  ajralib  turadi.  Karton  asosan,  poroshok  va 
surtmalarni  hovonchada  aralashtirganda,  poroshoklarni  dozaga  boMishda 
kapsulalar sifatida,  shuningdek,  karton qutichalar yasashda ishlatiladi.
Plastmassa  idishlar  hozirgi  vaqtda  mayda  narsalarni,  havoni  o‘tkaz- 
maydi.  Plastmassa  idishlarning  kislota  va  ishqorlarga  nisbatan  turg‘un 
xillari  ham bor.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish