Texnologiyasi


Yordamchi  moddalarning  ahamiyati



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Yordamchi  moddalarning  ahamiyati.  Dori  turlarini  tayyorlashda 
ishlatiladigan  barcha  yordamchi  moddalar  ularning  kimyoviy,  fizik  va 
boshqa  tomonlardan  bctaraf  boMishiga  qaramasdan  biofarmatsevtik 
nuqtayi  nazardan  befarq  dcb  boMmaydi.  Ular  maMum  darajada  dori 
moddalarning  ajralib  chiqish  va  so'rilish  tezligiga  ta’sir  ko'rsatib, 
dorilarning  ta'sir  kuchini  oshiradi  yoki  susaytiradi  Shuning  uchun  dori 
turini  tayyorlashda  tanlab  olinadigan  yordamchi  moddalar  har  bir  dori 
modda  uchun  o‘ziga  xos  boMishi  maqsadga  muvofiq.  Asossiz  ravishda 
tanlab  olingan  yordamchi  moddalar  dori  ta'sirini  kamaytiribgina  qolmay, 
umuman  yo'qqa  chiqarishi  ham  mumkin.  Ta'sir  qiluvchi  modda  bilan 
yordamchi  moddalar  o'zaro  birikib,  kompleks  birikma  hosil  qilishi, 
adsorbsiyalanishi  natijasida  so‘rilish  tezligi  keskin  o‘zgarishi  mumkin. 
Adabiyotlarda  yordamchi  moddalarning  biofarmatsiyaga  ta'sirini  ko'rsa- 
tadigan  ilmiy  ishlar ko'plab  keltirilgan.
Fenobarbitaldan  PEO-400  yordamchi  moddasi  bilan  tayyorlangan 
shamcha  va  tabletkada  suvda  qiyin  eriydigan  kompleks  birikma  hosil 
boMadi,  natijada  fenobarbitalning  so'rilishi  yomonlashadi,  shuning  uchun 
u  ta’sir  qilmaydi.  Agar  shunday  dori  turlari  natriy  barbital  yoki  boshqa
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


barbituratlar  bilan  tayyorlansa,  ishlatilgan  PEO  dorilar  hech  qanday 
salbiy  ta'sir  ko'rsatmaydi.  Yordamchi  modda  sifatida  ko‘p  ishlatiladigan 
ikkilamchi  kalsiy  fosfat  ishtirokida  tayyorlangan  tetratsiklin  tabletkasi 
ichakda  umuman  so'rilmaydigan  birikma hosil  qiladi.  Sut qandi,  bentonit, 
faollashtirilgan  ko'mir  ishtirokida  tayyorlangan  asctilsalitsil  kislota, 
strixnin  nitrat,  apomorfin  gidroxlorid  dori  turida  ham  so'rilishning 
keskin  kamayishi  va  terapevtik  unumdorligining  susayishi  kuzatilgan. 
PVP  ishtirokida  tayyorlangan  lcvomitsetin  kabi  antibiotiklarda  ularning 
mikrobga qarshi  kuchi  kcskin  kamayadi.
PVP  esa  salitsilamid,  prcdnizolon  kabi  dori  moddalarining  so'rilishi 
va terapevtik unumdorligini  kuchaytiradi.
Ko‘p  ishlatiladigan,  bcfarq  xususiyatga  ega  deb  qarab  kelingan  sut 
qandi  ham  biofarmatsiya  nuqtayi  nazaridan  bunday  emas  ekan.  Masalan, 
testosteron  sut  qandi  bilan  birgalikda  ishlatilganda  so'rilish  tezligi  ortadi, 
fenobarbitalniki  esa  kamayadi,  izoniazid  bilan  ishlatilganda  uning 
faolligini  kamaytiradi.  Sut  qandi  ta'sirida  ko‘p  dorilarning  turg‘unligi 
yo'qoladi.  Asoslanmagan  holda  ishlatilgan  yordamchi  moddalar  saqlash 
jarayonida  dori  moddalarning  faolligini  susaytiradi.  Masalan,  steroidlar 
magniy  oksidi  va magniy  3-silikat  ishtirokida tez  parchalanadi.
Ampuladagi  VI  vitaminining  natriy  sulfit,  natriy  metabisulfit  va 
boshqa  sulfitlar  ishtirokida  turg'unligi  kamayadi.  D  vitaminining  talk, 
kalsiy  sulfat,  kalsiy  fosfat,  litnon  kislota  ishtirokida  turg‘unligi  kamayadi. 
Talk  asetilsalitsilat kislotaning tashqi  ko'rinishini  o'zgartiradi.
Bir  xil  sharoitda  qand,  sut  qandi,  glukoza  ishtirokida  tayyorlangan 
Belladonna  ekstrakti  bilan  papaverin  gidroxlorid,  dibazol  va  papazol 
tabletkalaridan  ta'sir  qiluvchi  moddalarning  ajralib  chiqishi  kalsiy 
karbonat  bilan  tayyorlangandagiga  qaraganda  25-38%  yuqori  bo'ladi. 
Shu  ma'noda  yuqorida  keltirilgan  yordamchi  moddalarni  tabletkalarning 
terapevtik  faolligini  susaytirishi  bo'yicha  quyidagi  qatorga  joylashtirish 
mumkin:
qand <  glukoza  < sut  qandi  <  kalsiy  karbonat
Xuddi  shu  hodisa  pirasen,  kobalt-30,  kupir  tablctkalarida  ham  kuza- 
tiladi.  Dorilarning  terapevtik  unumdorligiga  yordamchi  moddalarning 
miqdori  ham  ta'sir ko'rsatadi.  Bu  papaverin  gidroxlorid  tablctkasi  misolida 
yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  0,04  g  papaverin  gidroxlorid  tabletkasi  bir
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


xil  sharoitda  0,26  va  0,36  g  dan  qilib  tayyorlanganda,  biofarmatsevtik 
ko'rsatkichlari  bo'yicha 0,26 g li tabletkalarning  ustunligi  kuzatildi.
Zamburug'larga  qarshi  ishfatiladigan  nitroksalin  PEO  (polietilen- 
oksid),  qattiq  yog'  va  kakao  moyi  yordamida  tayyorlangan  surtma  va 
huqna  dori  turlarining  antimikotin  faolligi  tckshirib  ko'rilganda,  PEO 
asosidagining afzalligi  kuzatiladi.
Tabletka  tayyorlash  jarayonida  yordamchi  moddalarni  biofarmatsiya 
nuqtayi  nazaridan  o'rganib,  V.I.Ishcnko  kalsiy  glukonat  tabletkasi 
yordamida  donadorlash  uchun  kraxmal  shilimshig'i,  kakaoning  cfirdagi 
eritmasi  va  PVP  ni  ishlatib  ko'rgan.  Bunda  ta'sir  etuvchi  modda  ajralish 
tezligini  kamaytirgan,  PVP csa oshirgan.
Shunday  qilib,  yuqori  tcrapevtik  unumdorlikka  ega  bo'lgan  dori 
turini  tayyorlash  uchun  ishlatiladigan  yordamchi  moddalar  biofarmatsev- 
tik nuqtayi  nazardan baholangan bo'lishi  lozim.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish