DORI TURLARI TEXNOLOGIYASINING
ASOSIY QOIDA VA QO‘LLANMALARI
Farmakopeya
Davlat Farmakopeyasi dorivor moddalar sifatini bclgilovchi majburiy
umumdavlat standartlari va ko'rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga
oladi.
Davlat Farmakopeyasi (DF) Sovet Ittifoqining dori va dorivor
moddalarga aloqasi bo‘Igan hamma tashkilotlari uchun qonuniy xa-
rakterga ega. DFning ko'rsatmalari harcha tibbiyot muassasalari uchun
majburiydir.
Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda Davlat
Farmakopeyasi asosiy qo'llanma hisoblanadi.
«Farmakopeya» grekcha ikkita so‘zdan tashkil topgan: Pharmakon -
dori yoki zahar, poeio - tayyorlash.
Farmakopeya — eng ko‘p ahamiyatga ega bo'lgan dorivor moddalar va
ayrim dori turlarini tayyorlash qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Birinchi rus Farmakopeyasi, boshqa davlatlardagi kabi, Rossiyada
ham lotin tilida bosilib chiqqan. Keyinchalik bir necha marta Harbiy
Farmakopeya nashr etilgan (1 nashri 1765-yilda).
1-rasm.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi vaqtda deyarli hamma mamlakatlarniDg o‘z Farmakopcyasi
bor. Har bir Davlat Farmakopeyasi mazkur davlatning farmatsiya va
tibbiyot yutuqlarini aks ettiradi.
Rossiyada Farmakopeyaning 1 nashri 1866-yiIda, II nashri 1871-yilda,
III nashri 1880-yilda, IV nashri 1891-yilda, V nashri 1902-yilda, VI
nashri 1910-yilda nashr etilgan. Yuqorida ko'rsatilgan Farmakopeyalarni
tuzishda rus olimlardan akad. N.K. Karpinskiy, I.I. Lcpexin, rus
fitotcrapiya va tibbiyot botanikasining asoschisi N.M. Maksimovich-Am-
bodik, akad. V.M. Severgin, prof, Yu.K. Trapp, V.A. Tixomirovlar faol
ishtirok etishgan.
1925-yilda Sovet Ittifoqining birinchi Farmakopeyasi «Davlat
Farmakopeyasi» nomi bilan vujudga keldi. Ilgarigi izchillikni saqlab
qolish maqsadida bunga VII tartib soni berildi. Bu Farmakopeya 1929,
1934, 1937-yillarda qayta nashr qilindi (keyingi nashrlariga qisman
o'zgartirishlar kiritildi).
1946-yilda VIII Davlat Farmakopeyasi bosib chiqarildi, 1952-yilda
esa qayta nashr qilindi va xuddi shu yili VIII Davlat Farmakopcyasining
I qo‘shimchasi nashr etildi.
1961-yilda Davlat Farmakopeyasining IX nashri 1968-yilda csa X
nashri bunyodga keldi va u 1969-yilning 1 iyulidan kuchga kirdi.
X Davlat Farmakopeyasining chiqarilishi ilg'or sovet fani va
texnikasining yangi dorivor moddalarni topish, xomashyolarni, dorivor
moddalar va dorilarni o‘rganish, sintcz qilish, ularni tayyorlash usullarni
takomillashtirish, ularga bo'lgan talabchanlikni oshishi preparatlarni
kontrol qilishda yangi metodlarning ishlab chiqarilishi yoMida olib
borilgan ishlarni yorqin namoyishidir.
DFning X nashrini ishlashda farmokopeya komitetining raisi,
tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir azosi, prof. M.D. Mashkovskiy,
professorlardan A.F. Gammerman, PL. Senov, V.V. Vasilyeva, G.Ya. Ro-
zcnberg, O.G. Andjaparise, fan doktori A.E Tebyakina, katta ilmiy xodim
M.E. Shub fan kandidatlari V.S. Lctina, A.I. Briskin va V.A. Zasosovlarni
faol ishtirokchilar qatorida ko‘rsatish mumkin
Pirovardida shuni aytish kcrakki, DF farmatsiyaning hamma sohalari
uchun, jumladan dori turlari texnologiyasi uchun ham juda katta
ahamiyatga cga. Bunday zarur qo'llanma har bir dorixona farmatscvtida
laboratoriya va zavodlarda, albatta bo‘lishi zarur. DFga kirgan barcha
dori moddalar, preparatlar va boshqa tayyor dori turlari ofitsina (lotincha
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
officina - dorixona) deb yuritiladi. Farmakopeyaga kiritilmagan dori
moddalar esa offitsinal boMmagan dori moddalar deb yuritilib, ularni
tartibga solish boshqa hujjatlar, ko‘rsatma, qo'llanmalar orqali olib
boriladi.
X Davlat Farmakopeyasidan foydalanishda quyidagi asosiy qoida va
qoMlanmalarga rioya qilish kerak.
1. Harorat Selsiy gradusi bo‘yicha ko'rsatilgan.
2. «Sovuq», «salqin» deb ko'rsatilgan bo‘lsa 12-15° Cni, «iliq» deyilsa
40-50° Cni, «issiq» deyilsa 80-90“ Cni tushunish kerak. Uy harorati deb
18-20° C tushuniladi.
3. Suv hammomi harorati deb 98-100° C tushuniladi.
4. «Chast» (qism) deb ko‘rsatilgan bo'lsa, miqdoriy qismni tushunish
kerak.
5. Eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi ko'rsatilmagan bo'lsa, suvli
eritmalar ko'zda tutiladi.
6. «Suv» dcb ko'rsatilgan bo'lib, boshqa hech qanday ko‘rsatma
bo'Imasa, distillangan suv ishlatish lozim.
7. «Spirt» deb ko'rsatilgan bo‘lsa, etil spirtini tushunish va protsenti
ko'rsatilmagan boMsa, 90% li spirtni ishlatish kerak (hajmiy protsentdan).
8. Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalashda 1:10, 1:2 va hokazo
nisbatlarni 1 qism modda ko'rsatilgan hajmdagi eritmaning tarkibida deb
tushunish kerak. Masalan, 1:10 deyilsa, I g modda eritilib, 10 ml gacha
erituvchi qo'shilgan boMishi zarur.
9. Preparatlarning spirtini aniqlash kerakligi yozilgan boMsa, spirtni
hajmiy protsentda tushunish lozim.
10. Eritmalarni analiz qilishda ularning protsenti ko'rsatilmagan
boMsa, miqdor - hajmiy protsent, deb bilish kerak.
11. Kislotali yoki ishqorli muhitni aniqashda indikator ko'rsatilmasa,
lakmusda foydalaniladi
12. Tortib olishda aniq miqdor deyilgan bo'lmasa, moddalarni
0,01 g aniqlikgacha, agar aniq miqdor deyilsa, 0,0002 aniqlikgacha
analitik tarozida tortish kerak.
13. Doimiy og'irlik deyilsa, keyingi har ikki tortishdagi farq 0,0005 g
dan oshmasligi lozim.
14. Preparatlarning hidi upakovkalardan yangi ochilgan 1-2 g
preparatni botiq shishachaga bir tekis solib 2 daqiqadan so*ng 4 -6 sm
masofadan hidlash yoMi bilan aniqlanadi.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
15. Tomchi o'lchagich deyilgan ho‘lsa, 1 ml suvni 20°C da 20 tomchi
beradigan standart tomchi o'lchagichni tushunish kerak.
16. Oorivor o'simlik mahsulotlarida ta'sir etuvchi moddalarni
aniqlashda, ularning protjenti mahsulotning absolut quruq holatiga
nisbatan hisoblanadi.
X Davlat Farmakopeyasini nashr qilishda IX DFning chiqarilishi
munosabati bilan SogMiqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakopeya
komitctiga kelgan barcha mulohaza va maslahatlar hisobga olingan.
X Davlat Farmakopeyaga yangidan kiritilgan preparatlarning ham-
masi institutlar va laboratoriyalarda eksperimental ilmiy ishlar asosida
tekshirilgan.
Davlat Farmakopeyasining X nashri kirish qismi 2 asosiy qism va
ilova (qo'shimcha) dan iborat.
Kirish qismida so‘z boshi Farmakopcya komitetining sostavi, Farma-
kopeya komiteti komissiyasining tarkibi Farmakopeyadan foydalanish-
ning asosiy qoidalari, qisqartirishlar, X Davlat Farmakopeyaga yangidan
kiritilgan preparatlar ro'yxati IX DFda bo'lgan va X DFga kiritilmagan
maqolalar ro'yxati, preparatlarning lotin va rus tilida boMgan asosiy
o‘zgarishlar ro‘yxati (IX DF nashriga nisbatan), zaharli va kuchli ta'sir
etuvchi moddalar va ularni saqlash qoidalari («A», «B», ro‘yxati)
berilgan. Davlat Farmakopeyasining 1-qismi dori moddalar va xom-
ashyolarga (dorivor o'simlik mahsulotlari) tegishli alohida va umimiy
(poroshoklarga damlama va qaynatmalar tabletkalar, nastoykalar va
hokazo) ko'rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Bu qismda birinchi marta «ko‘z
tomchilari» va «granulalar» umumiy maqolasi keltirilgan.
DFning II qismi prcparatlarni kimyoviy, fizik-kimyoviy, farmakologik
va biologik metodlar bilan tekshirish usullarini, reaktivlar titrlangan
eritmalarni tayyorlash va ularning har birini o‘ziga xos va alohida yoMlar
bilan tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Bu qismda preparatlarning
chinligini aniqlash uchun umumiy reaksiyalar, preparatlarning tozaligini,
eruvchanligini tiniqligi va loyqalanish darajasini, crish, qaynash va qotish
tempcraturasini aniqlash usullari batafsil yoritilgan.
Bu qism bozirgi zamonning eng ilg'or fizik va kimyoviy usullari -
kolorimetrik, spektrofotomctrik, potensiometrik, kompleksonometrik,
nitritometrik, xromotografik usullar va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
II qismda, shuningdek, farmatsevtika prcparatlarida spirt miqdorini,
mahsulotlarda ekstraktiv moddalarni, burushtiruvchi moddalar va efir
49
www.ziyouz.com kutubxonasi
moylarini aniqlash, preparatlarni maydaiash va elash, steriiizatsiya qilish
usullari keltirilgan.
Davlat Farmakopeyasining II qismiga birinchi marta bakterial
preparatlarni analiz qilish usuli, vaksina, zardob va anatoksinlarni kontrol
qilishda kimyoviy metodlar, biologik tekshirish natijalarining statistik
analizi degan umumiy maqola kiritildi.
Davlat Farmakopeyasining ilova qismi ham ancha kcngaytirilgan
bo‘lib, unga quyidagilar kiradi: atom og'irligi, ayrim suyuq prepa-
ratlarning 1 g va I ml dagi tomchilar soni jadvali, natriy xlorid bo'yicha
moddalarning izotonik ekvivalent jadvali, kislotalar, ishqorlar, ammiak
va glitserin suvli eritmalarining zichlik jadvali, spirtni suyultirish -
alkogolemmetriya jadvallari, turli erituvchilarning pKi, kislotalarning
turli erituvchilardagi pKa va asoslarning turli erituvchilardagi pKa
darajasi, suvning absolut qovushqoqligi, zaharli va kuchli ta'sir qiluvchi
dori moddalarning kattalar va bolalar uchun yuqori bir martalik va
sutkalik dozalari, hayvonlarda kcng qo'llaniladigan dori moddalarning
tuzatilgan va qayta koVib chiqilgan bir martalik dozalar jadvallari.
X DFning I qismida dori moddalarning nomlari lotin alfaviti
bo'yicha keltirilgan. Dori turlari to‘g‘risida berilgan umumiy maqolalar
bundan mustasno bo‘lib, bu maqolalar (inyeksiya uchun ishlatiladigan
eritmalar, tabletkalar, surtmalar) har qaysi asosiy dori moddadan keyin
berilgan. Masalan, askorbin kislola (vitamin S)ning poroshogi X DFning
6-moddasida, inyeksiya uchun tayyorlangan 5% li eritmasi 7-moddasida,
0,05 g li tabletkasi csa 8-moddasida bayon etilgan va hokazo.
DFda sarlavha lotin tilida berilib, so'ngra preparatning ruscha nomi
(tarjimasi), lotincha va ruscha sinonimlari (ma'nodosh, ikkinchi darajali
nomi) va xalqaro lotincha nomi beriladi. Xalqaro lotincha nomi yoniga
shartli belgi qo'yilib ruschaga tarjima qilinmagan.
Masalan: Amidopyrinum
Amidopirin
Pyramidonum
Piromidon
Aminopxenanozonum
Bulardan keyin kimyoviy moddaning struktura va yig'indi for-
mulalari molekular og'irligi, xususiyati, eruvchanligi, chinligi va tozali-
gini aniqlash, miqdor analizi, saqlash qoidalari, zaharli va kuchli ta'sir
50
www.ziyouz.com kutubxonasi
etuvchi dori moddalar uchun kattalarga bcriladigan ] martalik va
sutkalik yuqori dozalari, ishlatilishi, ayrim hollarda eslatmalar keltiriladi.
Davlat Farmakopcyasining X nashri dori moddalarga taalluqli 707 ta
xususiy modda va 31 ta umumiy moddaga ega.
Gu Farmakopeyaga IX DFdagi 235 ta modda kiritilmay qoldirildi
va yangidan 219 ta xususiy va 4 ta umumiy maqolalar kiritildi. Bundan
tashqari, vcterinariyada qoMlaniladigan vaksina va zardoblarga tegishli 28
ta maqola ham X DFga kiritilmadi.
X DF turli terapcvtik xususiyatlarga ega bolgan yangi sintetik
preparatlar: antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va boshqa guruh dori-
darmonlar bilan boyitildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |