EKSTRAKTLI MIKSTURALAR
Quyuq va quruq ekstraktlar tarkibida ozmi-ko‘pmi yopishqoq
modda - shilimshiq saqlanadi. Kraxmal va kamcdlar ham ekstrakt tarki-
bida ko‘p uchraydi.
I S 8
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rp:
Ammonii chloridi
Extracti Glycerrhizae spissi aa 4,0
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. Kuniga I osh qoshiqdan 3 marta.
Bu rctseptni tayyorlash uchun, avvalo, xlorid ammoniyni 1/2 qism
suvda eritiladi Ikkinchi qism suvda chuchukmiya quyuq ckstrakti eritiladi.
Buning uchun csa quyuq ekstrakt kerakli miqdorda filtr qog'oz ustiga tortib
olib, uni hovoncha dastasiga yopishtiriladi va filtr qog‘ozga 2-3 tomchi
suv 20% spirt tomizib filtr qog‘oz ajratiladi, so‘ng hovoncha dastasidagi
ekstrakt ozgina issiq suvda hovonchada ezib suv bilan aralashtiriladi va
undan so'ng unga oz-ozdan qolgan miqdordagi suv solinib suyultiriladi
va beriladigan idishga o‘tkaziladi. Ammoniy xlorid eritmasi ham bemorga
beriladigan idishga o‘tkazilgach, uni chayqatib aralashtiriladi.
Rp:
Solutionis Calcii chloridi 10% - 200 ml
Aethylmorphini hydrochloridi 0,2
Extracti Belladonnae spissi 0,15
M. D. S. Kuniga I osh qoshiqdan 3 marta.
Belladonnaning quruq ckstrakti olinadigan bo'lsa, undan ikki barobar
ko‘p (1:2), ya'ni 0,3 olib hovonchada ezib 1/2 hajm suvda eritiladi.
Ekstrakt eritmasi (Solutio Extracti Bclladonnae) qo‘llaniladigan boMganda
ham uni oldin 1/2 hajm suvda chayqatib eritib olinishi kerak. Eritma ham
ikki barobar ko‘p miqdorda olinadi. Belladonna ekstrakti eritmasidan
20,0 tayyorlash lozim boMganda, uni quyidagi tarkibda tayyorlanadi:
Rp:
Extracti Belladonnae spissi 10,0
Aquae purificatae 6,0
Glycerini 3,0
Spiritus aethylici 1,0
M.D.S
Kerakli hajmdagi komponentlar oMchab olingandan so‘ng, ularni
yaxshilab aralasbtiriladi va Bclladonna ekstrakti eritmasi sifatida
ishlatiladi.
YUMB VA KOLLOID ERITM ALARNING
SIFATINI BAHOLASH
Tayyorlangan YuMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan
dori sbakllaridagi kabi, ya'ni hujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi.
159
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yorliqlarning rangi, eritma hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi,
hajmiy chetlanishi tckshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi
mumkin.
N azorat savollari
1. Farmatsevtika amaliyotida qanday YuMB entm alar qo'llaniladi?
2. YuMBlar eritmasi qanday xossaga ega?
3. Jclatina eritmasini tayyorlashning o'ziga xosligi nimadan iborat?
4. Pepsin va xlorid kislotasidan tashkil topgan miksluralarni tayyorlashda ingredi-
yentlarni qanday tartibda aralashtirish lozim?
5. Pepsin critmasini filtrlash mumkinmi?
6. Miksturalar tarkibiga ekstraktlar qanday qo'shiladi?
7. Kraxmal eritmasi qanday tayyorlanadi?
8. 5% li xloralgidrat critmasini mikroklizma uchun berish mumkinmi?
YuMB eritmalari tarkibiga elektrolitlar va spirt qanday qo shiladi?
10. Farmatsevtika amaliyotida qo'llaniladigan qaysi kolloid preparatlarini bilasiz?
11. Kollargol va protargol erilmalarini tayyorlashning o‘
2
iga xosligi nimadan iborat?
12. Nima uchun kollargol va protargol eritmalarini tayyorlash texnologiyasi bir-hiridan
farq qiladi?
13. Kollargot va protargol critmalarini filtrlash mumkinmi?
TO PSH IR IQ LA R
Tahlil uchun retseptlar:
1. Oling: Pepsin
Xlorid kislotasi teng miqdorda 4,0
Tozalangan suv 200 ml
Aralashtiring. Bcring. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga
4 mahal ichilsin.
2. Oling: Pepsin
Xlorid kislota critmasi 3% - 180 ml
Qand sharbati - 10 ml
Aralashtiring Bering. Belgilang. I osh qoshiqdan kuniga
4 mahal ichilsin.
3. Oling: Belladonna ckstrakti 0,2
Natriy salitsilat 6,0
Glitscrin 20,0
Yalpiz suvi - 180 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang. I osh qoshiqdan kuniga
160
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 mahal ichilsin.
4. Oling: Ammoniy xlorid 2,0
Kodein fosfat 0,2
Chuchukmiya ildizi ekstrakti 6,0
Tozalangan suv 200 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga
4 mahal ichilsin.
5. Oling: Jelatina eritmasi 5%-50 ml
Bcring. Belgilang. 1 desert qoshiqdan har ikki soatda ichilsin.
6. Oling: Jelatina 3,0
Qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv 100 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan har soatda
ichilsin.
7. Oling: Kraxmal shilimshig‘i 50,0
Natriy bromid 1,5
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 ta klizma uchun.
8. Oling: Kollargol eritmasi 0,5% - 100 ml
Bering. Belgilang. Yuvish uchun.
9 Oling: Protargol 0,5
Glitserin 3,0
Tozalangan suv 30 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga qo'llash uchun.
161
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |