Kurs ishining obyekti: boshlangʻ ich sinflarda matematika oʻ qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlangʻ ich sinflarda masala yechishda axborot
texnologiyalardan foydalanishning yoʻ llari, shakl vositalari va metodlari.
Kurs ishining maqsadi: Boshlangʻ ich sinf oʻ quvchilarni masala yechishga
oʻ rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini ishlab
chiqish va usuliy tavsiyalar tayyorlash.
Kurs ishining vazifalari:
-oʻ quv adabiyotlarida, taʼ limda axborot texnologiyalaridan foydalanish
masalasining yoritilishini oʻ rganib, tahlil qilish;
- boshlangʻ ich sinfni matematika oʻ qishda axborot texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
-boshlangʻ ich sinf oʻ quvchilarini masala yechishga oʻ rgatishda axborot
texnologiyalarni qoʻ llashning usul va metodlarini yoritish ;
- boshlangʻ ich sinf oʻ quvchilarini masala yechishga oʻ rgatishda axborot
texnologiyalardan foydalanish boʻ yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va
amalda sinab koʻ rish.
-boshlangʻ ich sinf oʻ quvchilarni masalalar yechishga oʻ rgatishda axborot
texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini tajriba-sinovda tekshirib
koʻ rish.
1.Boshlangʻ ich sinflarda matematika taʼ limida axborot texnologiyalaridan
foydalanishning didaktik asoslari
Taʼ lim – inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda.
Shuning uchun taʼlim tizimida inson faoliyati bilan bogʻliq koʻpgina
muammolarni hal etish zarur. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, bu vazifalarni
ilmiy-texnika jarayonining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼlimning yangi
nazariyasini yaratish, yaʼni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga
aylantirish va amaliy koʻ rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish
mumkin. 40
Axborot texnologiyasi barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi
jarayonni tashkil qilishning ilmiy-usuliy asosi boʻ lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi
nazardan axborot texnologiyalari tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim
olish, erkin fikrlay olishga oʻrgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Yurtimizda
barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan
rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda.
Oʻ z navbatida boshqa fanlar qatori boshlangʻich sinf matematika oʻ qituvchisi
ham axborot texnologiyalardan foydalanish usullari, vositalari, pirinsip va
tamoyillarini bilishi lozim. Hozirda taʼlimni yetuk malakali kadrlar bilan
taʼminlash zamon talabi boʻlib, taʼlimda axborot texnologiyalarini qoʻllash
pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:
- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- sunʼiy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- oʻ quv materiallari haqida axborotli maʼ lumot tizimini bilish va qoʻ llay olish;
- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning
dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;
- axborotni modellashtirish asoslari;
- oʻqitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;
- global internet kompyuter tarmogʻ idan foydalanish;
- oʻquv jarayonida amaliy dastur paketlarini qoʻ llash;
- oʻ quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish boʻ yicha koʻ nikmalarga ega
boʻlish.
- diskka yozilishi moʻ ljallangan oʻ quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab
chiqish.
- mustaqil ishlash, oʻ zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar toʻ plamini
ishlab chiqish.
- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni oʻ tkazish.
- materialni chuqur oʻ rganish uchun manbalar roʻ yxati, adabiyotlar katalogi,
ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.
- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil
ishlar uchun mavzular roʻyxatini tayyorlash.
- oʻ quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash
shakllarini aniklash.
- oʻ qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish boʻ yicha taklif berish.
- nazorat ishlarini oʻtkazish.
Aynan axborot texnologiyalardan foydalanish istiqbolli masalalarni hal etib
berar ekan, uning didaktik asosi qanday, shu haqida toʻ xtaladigan boʻ lsak:
Boshlangʻich sinflarda matematika darsi jarayonida axborot
texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari quydagilarga asoslanadi:
a)axborot texnologiyalardan foydalanish tamoyillari;
b)vositalari;
d)shakllari(guruhiy yoki individual);
Boshlangʻ ich sinf matematika darsi jarayonida foydalanish mumkin
boʻ lgan axborot texnologiyalarining didaktik tamoyillarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |