3-MA’RUZA Arifmetik amallami o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
Reja:
Boshlang’ich sinflarda arifmеtik amallarni o’rgatishda axborot texnologiyalarning ahamiyati
O’quvchilar o’nlik konsentrida arifmetik amallarni o’rganish
Yuz ichida arifmetik amallar bajarishni o’rganish
Mavzu: 60+40, 90-50 ko’rinishidagi misollarni еchish
Tayanch so’z va iboralar: matematika, arifmetik amallar, axborot, axborot texnologiyalari.
O’quvchilarning biror-bir sohani yoki predmetni faol egallashi uchun faqatgina nazariy bilimgini еtarli bo’lmasdan, balki masalani hal etish bo’yicha amaliy ko’nikmalar ham shakllangan bo’lishi kerak. Shuning uchun maktab darsliklari mavzusini faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy ko’rinishda, yani ko’rgazmali qurollar, harakatli tasvirlar, turli taqdimotlar orqali o’qitish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarda arifmеtik amallarni o’rgatishda axborot texnologiyalarning ahamiyati juda katta. Chunki boshlang’ich sinflarda 4 arifmetik amal: qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish haqida dastlabki tushunchalar
shakllantiriladi.
O’nlik konsentrida arifmetik amallarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Boshlang’ich sinf Matematika fan dasturi o’z ichiga avvalo natural sonlar bilan to’rt arifmetik amal bajarishni oladi. O’quvchilar raqamlashni o’rganish jarayonida asta-sekin navbatdagi mavzu — qo’shish va ayirishni o’rganishga tayyorlanadilar. Arifmetik amallarni o’rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma‘nosini, mazmunini еtkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish sosida o’tkaziladi.
Arifmetik amallarni o’rganishdagi asosiy masalardan biri og’zaki va yozma hisoblash usullarini o’zlashtirish va qo’llay olish. O’quvchilarda og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo’nalishlaridan biridir.
Ma‘lumki boshlang’ish sinf o’quvchilarida raqamli ma‘lumotlardan ko’ra tasviriy ma‘lumotlar ko’proq xotirasida saqlanadi. Shuning uchun dastlab arifmetik amallar bilan tanishtirishda raqamlardan emas balki, tasvirlardan foydalaniladi. Bunda axborot texnologiyalari muhim aahamiyat kasb etadi.
Masalan, qo’shish amali bilan dastlabki tanishda va qo’shish amali yordamida misollar еchishga o’rgatishda quyudagicha ko’rinishda tasviriy ma‘lumotlardan foydalanish mumkin:
Shuningdek, ayirish amali bilan dastlabki tanishda va ayirish amali yordamida misollar еchishga o’rgatishda quyudagicha ko’rinishda tasviriy ma‘lumotlardan foydalanish mumkin:
Og’zaki va yozma hisoblash usullari bilan tanishtirish ishlari olib borilib dastlab tasvirlar asosida tushuntirilib keyinchalik tasvirlarda aks ettirilgan predmetlar sonini raqamlarda ifodalanib misollar еchiladi. Agar tasvirlar animatsilar bilan harakatlantirilsa o’quvchilarda yaqqol tasavvurlar hosil bo’lishiga yordam beradi.
O’quvchilar narsalar to’plamlari ustiga amallar bajarish orqali qo’shish va ayirish amallarining ma‘nosini tushuna boshlaydilar. «Hammasi nechta», «Birgalikda nechta», «Ikkalasida nechta»ligini bilish kerak bo’lganda to’plamlarning birlashmasiga sonlarni qo’shish mos keladi, «Nechta qoldi», «Olib ketilgandan so’ng qancha bo’ldi» va h. k. larni bilish kerak b o’lganda to’plamning bir qismini ajratib qo’yishga sonlarni ayirish mos keladi.To’plamlar va sonlar ustida amallar bajarishda o’qituvchi o’quvchilarning e‘tiborini ushbu miqdoriy o’zgarishlarga qaratadi: «yana shuncha qo’ydik», «qo’shdik» — oldingisiga qaraganda ko’p bo’ldi, «olib qo’ydik», «surib qo’ydik», «ayirdik» — oldingisiga qaraganda kam bo’ldi. Ana shu asosda sonlarning bitta, so’ngra bir nechta birlikka ortishi yoki kamayishi tabiiy ravishda qabul qilinadi (1 ni qo’shdik —1 taga ortdi, yoki boshqacha, 1 ta ko’paydi, 1 ni ayirdik —1 taga kamaydi). Shu paytdan boshlab qo’shish va ayirishga doir misollar turlicha o’qiladi (qo’shish yoki orttirish, ayirish yoki kamaytirish), sonni bir birlikka orttirish yoki kamaytirishga doir eng sodda masalalar kiritiladi (shuncha bor edi, 1 ta ko’p yoki kam bo’lib qoldi; shuncha bo’lishi kerak edi, 1 ta ko’p yoki kam bo’ldi va h. k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |