Texnologiyalari universiteti kriptografiyaning matematik asoslari



Download 2,95 Mb.
bet6/80
Sana12.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#779691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
61a1f802400240.80551248

1.2.3. Ilmiy kriptografiya davri


Kriptografiya tarixining navbatdagi bosqichi ilmiy kriptografiya davri XX asrning 30-60 yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning farqli tomoni kriptobardoshliligi jiddiy matematik asoslangan kriptotizimlarning yuzaga kelishidir. XX asrning 30 yillari boshlarida kriptologiyaning ilmiy asosi bo‘lgan matematikaning bo‘limlari batamom shakllanib bo‘ldi. Bularga ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, umumiy algebra, sonlar nazariyasi kiradi. Ular bilan birgalikda algoritmlar nazariyasi, axborot nazariyasi va kibernetika faol rivojlana boshladi [20].
1930 yil boshida armiya kriptograflarini tayyorlashning keng miqyosli dasturi amalga oshirildi va Sovet Ittifoqida kriptografik xizmat xodimlari soni 500 nafarga ortdi. Bu Ikkinchi jahon urushi davrida muhim rol o‘ynadi. Lekin sovet shifrlari darajasi Enigmaga nisbatan ancha past bo‘lgan. Enigmadan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha katta muvaffaqiyat bilan foydalanildi. U Ikkinchi jahon urushi davrida ittifoqchilar uchun katta to‘siqqa aylangan edi. Enigma shifrlarini samarali deshifrlash uchun har bir baraban ichidagi simlarning ulanishini bilish talab etilardi. Uning birinchi namunasi chizmalari bilan birgalikda Polsha razvedkasi tomonidan, ikkinchisi Norvegiya nemis bombardimonchi samolyotidan qo‘lga kiritilgan [10, 20].
1942 yilda Angliyada nemislarning shifrini deshifrlash maqsadida yaratilgan birinchi EHM «Koloss» Enigma shifrini 1.5 soat mobaynida deshifrlashning uddasidan chiqqan.
1941 yil dekabr oyida AQShning ikkinchi jahon urushiga qo‘shilishi munosabati bilan AQSh radiorazvedka va kriptotahlil xizmatining ish ko‘lami ortib ketdi. Ular tomonidan dushmanning oshkora va shifrlangan radioxabarlari tutib olinib, ularni baholash va ulardan foydalanish uchun harbiy razvedka boshqarmalariga yuborilar edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida amerikalik kriptotahlilchilar tomonidan dushman tomonining bir qator kod va shifrlari deshifrlangan. 1942 yilda Yaponiyaning Harbiy Dengiz Kuchlari shifri deshifrlangan, 1943 yilda esa yapon armiyasi shifrlari fosh etilgan. Amerikada tezkorligi bo‘yicha inglizlar foydalangan EHMdan ustun RAM yuzaga kelgach, Arlington-Xoll va Bletchli-Park orasida maxsus aloqa kanali o‘rnatildi. Bu kanal orqali Buyuk Britaniyadan ingliz radiorazvedkasi tomonidan tutib olingan Enigma shifrmatnlari uzatilar edi. 1943 yil iyuldan 1945 yil yanvarigicha Arlington-Xollga 1357 nemis shifrlari kelib tushgan, ulardan 413 tasi muvaffaqiyatli deshifrlangan.
Amerikalik kriptologlar 1943 yilda «odamxo‘r-qo‘mondon» deb nom qozongan admiral Yamomatoning (Yamomato shaxsan o‘zi Perl Xarboredagi operasiyaga boshchilik qilgan) yagona samolyotini qo‘lga tushirib yo‘q qilganliklarini o‘zlarining eng katta yutuqlari deb biladilar [10, 20].
Ikkinchi jahon urushida Devid Kan yozishicha I jahon urushi davridagi «Sovet shifrlash xizmati ko‘z yoshlari to‘la tajribasini asosan hisobga oldi». Bu haqida 22 iyun 1941 yilda harbiy qismlararo kriptogrammalar almashishi tarixi guvohlik beradi [20-21]. Sovet Ittifoqiga Germaniyaning qo‘qqisdan hujumidan so‘ng bir zumda Qizil Armiyaning yetakchi postlaridan biri ochiq matnda «Bizni otmoqdalar. Nima qilaylik?» deb mamlakat ichkarisiga qilgan murojaatiga «Sizlar aqldan ozibsiz! Nega xabaringiz shifrlanmagan» degan javob qaytarilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Qizil Armiya shifrlash xizmati asosan «qayta shifrlash kodlari»dan foydalangan. Qayta shifrlash maxsus kod kitobidan foydalanishga asoslangan bo‘lib, unda har bir so‘z raqamlar kombinasiyasi bilan almashtirilgan. Masalan, «Batariya - o‘t och!» buyrug‘i va shunga o‘xshash buyruqlar uchun bu qulay, «ataka», «diviziya» so‘zlari 032, 1458 kodlari bilan almashtirilgach, kodga biror gamma qo‘shish (XOR amali asosida) orqali u qayta shifrlanib rasiya orqali uzatilgan. Agar rasiya orqali kod to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilsa, 1914 yildagi hol yuz bergan bo‘lar edi, chunki kod kitobi matn statistikasini yashira olmaydi.
Sovet Ittifoqiga qarshi nemis razvedkasi samaradorligi past bo‘lgan. Ular strategik nuqtai nazardan arzigulik muvaffaqiyatga erishmaganlar. Nemislar Oliy Sovet Harbiy Qo‘mondonligining yozishmalarida foydalanilgan shifr tizimlarini buzib ochishga qodir bo‘lmaganlar. Bejiz nemis kriptograflaridan biri «Rossiya efirda Birinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, Ikkinchi jahon urushi davrida revansh olishga muvaffaq bo‘ldi, deb tan olmagan. Ayniqsa, Sovet razvedkachilarining shifr yozishmalarini deshifrlash mumkin bo‘lmagan. Ularning ko‘pchiligi u davr uchun standart sanalgan shifr san’atining cho‘qqisi bo‘lgan. Foydalanilgan shifr rus inqilobchilari ishlatgan eski shifr tizimida qo‘shimcha bir marotabalik gammalash amalini qo‘llash orqali takomillashtirilgan. Uni Moskvada absolyut bardoshli shifr bo‘lgan deb hisoblashadi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach Sovet Ittifoqi G‘arb bilan jiddiy muholifatga yuz tutdi. Bu o‘z navbatida Sovet Ittifoqi kriptologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib yangi zamonaviy kriptografiya fanining rivojlanish bosqichini boshlab berdi.
Ilmiy kriptografiya davrining muhim muvaffaqiyatlari ro‘yxati boshida
Klod Elvud Shennonning «Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» (1949) asari turadi [15, 20]. Unda axborot muhofazasining nazariy tamoillari shakllantirib berilgan.
K.E. Shennon tomonidan qilingan bunday kashfiyot, albatta, uning elektrotexnika va matematika bo‘yicha chuqur bilimlari va bundan bir yil oldin u yaratgan axborot nazariyasi fani tufayli yuzaga kelgan edi. U nafaqat Vernamning tasodifiy shifrini buzib ochib bo‘lmasligini, balki himoyalangan kanal orqali uzatiladigan maxfiy kalit miqdori (bitlar soni) chegaralarini ham aniq ko‘rsatib berdi. U cheklanmagan resurslarga ega bo‘lgan kriptotahlilchi biror «tasodifiy shifr»ni ochishida maxfiy kalitni topishi uchun zarur bo‘lgan shifrlangan matndagi simvollar soni s quyidagicha ifodalanishini ko‘rsatdi:

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish