1-Ma’ruza. Kirish. “Zamonaviy bоshqаrish nazariyasi” fani haqida
Reja:
1. Zamonaviy boshqarish nazariyasi (ZBN) fani haqida dastlabki tushuncha.
2. ZBN ning qisqa tarixi.
3. ZBN ning o`rganish ob’ekti, predmeti va maqsadi.
4. ZBN da tadqiq etishning asosiy metodi.
5. ZBN ning boshqa fanlar orasidagi o`rni.
6. ZBN ni o`rganishning dolzarbligi.
7. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda zamonaviy tendentsiyalar.
8. Avtomatik boshqarish muammosining mohiyati
Tayanch so`z va iboralar: avtomatika, boshqarish, kibernetika, analiz, sintez,
identifikatsiya.
1.Zamonaviy boshqarish nazariyasi (ZBN) fani haqida dastlabki tushuncha.
ZBN tushunchasi o`zining nomiga kirgan terminlar yig`indisidan iborat:
nazariya – ma’lum shartlarda ishonchli natijani olishga imkon beruvchi bilimlar
to`plami. (Nazariya, keng ma’noda — birior hodisani izohlash va tushuntirishga
qaratilgan qarashlar, tasavvurlar, g`oyalar kompleksi, ancha tor va maxsus ma’noda
— berilgan nazariya ob’ektining, yani, borliqning ma’lum sohasining qonuniyatlari
va mavjud bog`liqliklari haqida yaxlit tasavvurlar beruvchi ilmiy bilimlarni tashkil
etishning oliy, eng rivojlangan formasi.)
boshqarish – ma’lum maqsadga erishishni ta’minlash uchun ob’ektga ko`rsatiladigan
ta’sir (ma’lum maqsadga erishishni ta’minlovchi jarayonni tashkil etish), avtomatik
boshqarish – texnikaviy vositalar yordamida inson ishtirokisiz boshqarish.
Shu sababli: ZBN – berilgan, talab etilgan xarakteristikali texnologik
jarayonning avtomatik boshqarish sistemasini yaratish va ishga tushirishga imkon
beruvchi bilimlar to`plami.
“Zamonaviy boshqarish nazariyasi” va “Avtomatik boshqarish nazariyasi”
fanlari mavjud. Bu ikki fanning nomlanishi haqida tushuntirish berib o`tamiz.
Tarixan “Avtomatik boshqarish nazariyasi” (ABN) avval shakllangan.
ABN da model tushunchasi, xususan matematik model tushunchasi asosiy
hisoblanadi. Matematik model - ixtiyoriy tabiatga ega bo`lgan boshqarish jarayonini
tavsiflovchi matematik abstraktsiya. Matematik model (MM) larni ob’ektning
operatori deyiladi. Operator tushunchasi o`zida ixtiyoriy matematik operatsiyalarni:
hamma algebraik amallarni, differentsiallash, integrallash, vaqt bo`yicha siljitish,
differentsial, integral, algebraik va ixtiyoriy funktsional tenglamalarni yechish,
hamda ixtiyoriy mantiqiy amallarni birlashtiriladi. Ob’ektning operatorini berish, bu
chiqish jarayonini olish uchun kirish funktsiyasi ustida qilinadigan amallarning
to`plamini berishni anglatadi. ABN da analiz va sintez masalalari matematik
modellashtirish metodi bilan yechiladi. ABN da chiziqli ABS larni analiz va
sintezlashda ikkita asosiy yondashuv ishlab chiqilgan. Birinchi yondashuv yaxlit
ABS ning va uning alohida bo`g`inlarining strkturali sxemalariga va uzatish
funktsiyalari (UF) ga asoslangan. Shu munosabat bilan bu yondashuvni operatorli-