38
saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan
boʻlar edi.
Koʻpgina oʻqituvchilar oʻqitishning turli metod va usullarini qoʻllab,
shuningdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi oʻzlashtirish
natijalariga
erishmoqdalar
va
bilimga
muhabbat
hamda
qiziqishlarni
singdirmoqdalar. Bunday oʻqituvchilar qoʻl mehnatini oʻrgatishda oʻquvchilarga
turmush sohasidagi bilim va koʻnikmalarni
singdirish bilan birga, ularda ijobiy
qobiliyatlarni hamda bilishga qiziqishni, mustaqil faollikni oʻstirishga yordam
bermoqda.
Qoʻl mehnatiga oʻrgatishda boshqa fanlarni oʻrgatishda boʻlganidek
muammoning xilma-xil usullari qoʻllanib, ular yordamida oʻquvchilarning bilim,
koʻnikma va malakalarni egallab olishlariga, uning
bilish qobiliyatlarini
rivojlanishiga erishiladi.
Oʻqitish usullari doim ham zamonaviy maktablarda qoʻllangandek
boʻlavermaydi. Maktab rivojlanib borgan sari oʻqitish usullari ham oʻzgarib
boradi. Oʻtmish maktablarida oʻqish jarayonida boʻysundirish turi hukmronlik
qilgan. Bolalar dars mazmunini anglamay koʻr-koʻrona yod olishga oʻrganganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarishning rivojlanishi taʼsirida oʻquv
jarayonining anchagina mukammallashgan turi – tushuntirish vujudga kelib, u
uzoq muddat eski maktab bilan birga mavjud boʻlgan. Bu turdagi oʻqitishning
kerakli xususiyati bayon etilayotgan matnni avval tushunishni, soʻngra yod olishni
nazarda tutar edi. Bayonni yaxshiroq tushunish uchun koʻrgazmalilikka koʻproq
eʼtibor berila boshladi. Bu olgʻa qoʻyilgan qadam edi. Endi oʻquvchi xotirasiga
analitik-sintetika
tafakkur faoliyati ham qoʻshildi. Oʻquvchilar
bayon
etilayotganini aynan buyumni emas, balki oʻz soʻzlari bilan buyumni bajarilishini
yod etishlari talab etiladi. Biroq asosiy oʻrinni hali ham namuna, tayyor koʻrgazma
boʻyicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning turli muammolarga
boy va zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirildi va unga sayqal berdi. Oʻqituvchi
darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu, kichik mavzu, mazkur dars uchun
39
uning maqsad va vazifalariga muvofiq qiladigan ishni usul va koʻrgazmali
qurollarni tayyorlaydi.
Qoʻl mehnatini oʻrganish ham zamonaviy pedagogikaning ishlarini toʻgʻri
tashkil etish va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablarga muvofiq tarzda
amalga oshirishi kerak. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning
bilim, koʻnikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. Oʻqituvchi oʻz
tajribasida oʻqitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining
intilishi xatti-harakati, darsda oʻquvchilarning diqqat va eʼtibori susaymasligiga,
fikrlarning jamlangan boʻlishiga, ularning charchamasligi va zerikmasliklariga
yoʻllangan boʻlishi kerak. Oʻqituvchi darsning
har bir daqiqasini qadrlab,
oʻquvchilarni ham shu narsaga oʻrgatishi kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz uslubi,
oʻz usulining oʻziga xosligiga ega boʻlish huquqi berilgan. Biroq, shuni aytish
mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim birinchi qarashda hammaga
ravshan boʻlgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin. Oʻz
faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu
hammaga maʼlum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashi kerak. Ular darsda suhbat,
gapirib berish, amaliy mashgʻulot kabi usullardan foydalanib, oʻzlashtirganini
tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va oʻtilganlarni mustahkamlash kabi dars
etaplarini boshdan oʻrganishlari lozim. Faqat barchaga maʼlum
haqiqatlar
oʻzlashtirilgandan keyingina sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini
qoʻllash mumkin.
Oʻqitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi
kerakki, unda oʻquvchilar chizmani oʻqituvchi chizgan oʻlchamlar asosida emas,
buyumning istalgan oʻlchami boʻyicha chizib egallagan bilimlarini amalda qoʻllay
olsinlar.
Qoʻl mehnati oʻrgatishda qoʻllanadigan asosiy usullar tizimi quyidagilardir:
1. Ogʻzaki bayon qilish.
2. Tushuntirish va hikoya qilish.
3. Instruktaj.
4. Suhbat.
40
5. Mashqlar.
6. Amaliy ishlar.
7. Grafik ishlar.
8. Laboratoriya ishlari.
9. Mustaqil ishlar.
10. Ekskursiya.
11. Kitob bilan ishlash.
12. Kino (taʼlimning texnik vositalari).
13. Muammoli taʼlim.
Do'stlaringiz bilan baham: