II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA
DARSLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN OʻQUV MODUL
ISHLANMASI
I-MODUL. TEXNOLOGIYA VA UNI OʻQITISH METODIKASINING
UMUMIY MASALALARI.
1- MAVZU. Texnologiya taʼlimi va tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Reja
1. Oʻquvchilarni mehnatga axloqiy, psixologik ва amaliy tayyorlash usullari.
2. Mehnat malakalari va koʻnikmalari.
3. Oʻquvchilarni mavzu boʻyicha muammoli masalalarda fahmlashga
oʻrgatish.
Texnologiya taʼlimi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlangʻich maktabda
butun taʼlim-tarbiya sistemasi va barcha oʻquv predmetlari yordamida hal etiladi.
Bu oʻrinda mehnat darslari yetakchi rol oʻynaydi.
Maktabda muntazam texnologiya taʼlimining boshlangʻich bosqichi
boshlangʻich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik yoshdagi bolalarning
qoʻlidan keladigan ijtimoiy foydali mehnatdir.
Boshlangʻich maktabdagi texnologiya taʼlimining asosiy vazifasi mehnatga
axloqiy, psixik tayyorlash, oʻquvchilarni boshlangʻich politexnik bilimlar bilan
qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. Oʻquvchilarni mehnatga amaliy
tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari
nazarda tutiladi.
Mehnatga axloqiy tayyorlash – bolalar jamoasida ishlashni, doʻstona oʻzaro
yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishdan
iboratdir.
Mehnatga psixologik tayyorlash. Oʻquvchilarni mehnatga psixologik
tayyorlash murakkab uzoq davom etuvchi va koʻp qirrali jarayon boʻlib, u butun
21
texnologiya taʼlimi hamda tarbiyaga singib ketgandir. U garchi oʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻlsa-da, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning
yoshiga mos keluvchi ongli hamda ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda
amaliy malaka va koʻnikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirishdan Iboratdir.
Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning ijobiy
tomonlarini singdirishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi
jamiyatning faoliyati farovonligi uchun zarur boʻlgan vositalarni ishlab chiqarishda
qatnashishi zarurligini anglashlaridir.
Mehnatga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish
va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash – psixomotor, emotsional
idrok, diqqat, xotira, tafakkur – mehnatning psixologik komponentlaridir.
Mehnatga oʻrgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish
jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini oʻstirish
ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat boʻyicha oʻquv materiallarini eslab qolish
predmetlarga nisbatan oʻziga xos xususiyatga ega. Barcha yangi ashyo, material,
operatsiyalarning nomi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soʻz nomini predmetni
koʻrib idrok etish bilan fikran fahmlaydilar, tushunib oladilar.
Oʻquvchi mehnat darsida faqat tushunibgina qolmay, balki asosan material
va buyumlar namunasini, ashyolarning materialga ishlov berish usulini,
operatsiyalarning izchilligini koʻradi. SHuning uchun texnologiya taʼlimida
eshitish, koʻrish xotirasi va harakatlantiruvchi xotira ham muhim rol oʻynaydi.
Oʻquvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va
koʻnikmalar mujassamlashib boradi, bu ishlarni anglash hamda xotirada saqlab
qolish kerak.
Texnologiya taʼlimining toʻgʻri borishida emotsional jarayonlar ham
xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga qoʻyilgan maqsadga erishish
yoʻlida matonat va qatʼiyat bilan kirishishga oʻrgatish lozim.
Boshlangʻich politexnik bilim bilan qurollantirish.
22
Boshlangʻich sinflarda keng maʼnodagi ilmiy asoslar haqida emas, balki
politexnik taʼlimning elementlari haqida gap boradi. Bu oʻquvchilarda fan-texnika
yutuqlariga nishatan qiziqish uygʻotishga yordam beradi.
Mehnat boʻyicha beriladigan politexnik bilim oʻquvchilarga nima uchun
materialga unday yoki bunday ishlov berish mumkinligini, nima uchun oʻsimlik
soya yoki yaxshi ishlov berilmagan erda yomon oʻsishini, nima uchun inson kiyim-
boshini toza tutishi kerakligini anglashlariga imkoniyat yaratadi.
Politexnik tayyorgarlikka ega boʻlish qoʻyilgan mehnat vazifalarni
bajarishda ashyolarda toʻgʻri va ratsional foydalanishda yordam beradi.
SHuningdek, bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish operatsiyalarini qanday va
qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday ashyolarni qoʻllash sabablarni anglashga
koʻmaklashadi.
Oʻquvchilarga berilayotgan politexnik bilim amaliy koʻnikma va
malakalarga oʻrgatishni maʼlum darajada nazariy amalga oshirishga imkon
beruvchi zaminlardan biri boʻlib hisoblanadi.
Talabalarni mehnat koʻnikmasi va muammoli oʻqitish metodlari bilan
qurollantirish.
Mehnatga amaliy tayyorlash texnologiya taʼlimining muhim omillaridan
biridir. U oʻzaro bogʻlangan bir nechta elementlardan: oddiy ashyo va
moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga maʼlum izchillikda ishlov
bera olish, yoʻl qoʻyilgan xatoni oʻz vaqtida aniqlash va toʻgʻrilay olish kabilardan
tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga
oshishi mumkin. U boshlangʻich maktabda boshlangʻich politexnik bilimlarga
asoslanadi. Texnologiya taʼlimining mazmuniga muvofiq oʻquvchilar mazkur yosh
uchun qulay boʻlgan materiallarga ishlov berishida qoʻllaniladigan oddiy ashyo va
moslamalarni ishning amaliy malaka hamda koʻnikmalarini egallaydilar. Oddiy
ashyo moslamalar maxsus ashyo va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish
operatsiyalarni oʻrgatish ham demakdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari duch
23
keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil
oʻrganmasdan ish operatsiyalarning tipikligini sezib olish qiyin emas, ular
materiallarni oʻlchab olish va belgilash; ularni egib, qirqib, ishlov berish;
qismlarini yelimlash, tikish, oʻrash va bogʻlash kabi yoʻllar bilan birlashtirish va
mustahkamlash; detallarni yigʻish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi
bosqich buyumni bezashdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini mehnatga amaliy
tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirishga ham taalluqlidir.
Oʻquvchilardagi mehnatga boʻlgan qiziqishni oʻz vaqtida aniqlash va ularga
mehnat malakalarini sevgan mashgʻulotlarida takomillashtirishlariga yordam
berish juda muhimdir.
Bunda oʻquvchilar eʼtiboriga eng oddiy buyumlar, oʻyinchoqlar, oʻyin va
oʻquv qurollari tayyorlash, naqshlar chizib qirqib olish, applikatsiya ishlari havola
qilinadi. Bundan tashqari, bolalarda mehnatga qiziqish uygʻotish, mehnat
darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, koʻnikma va
malakalarni mustahkamlash uchun “Mohir qoʻllar” toʻgaraklarida, kuni
uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
Texnologiya taʼlimi jarayonining oʻsishga taʼsiri.
Texnologiya taʼlimi vazifalari haqida gapirilganda, oʻquvchilarda
mehnatsevarlik masʼuliyat, intizomlik, burch hissi, jamoatchilik hissini
tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar
tirikchiligining, moddiy va maʼnaviy taʼminotining vositasi, jamiyat
taraqqiyotining eng muhim omilidir.
Bolalarni aqliy oʻstirishda texnologiya taʼlimining roli koʻp qirralidir.
Mehnat oʻquvchilarning bilim olishga intilishlarini uygʻotuvchi vositagina emas,
balki uning manbayi hamdir. Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarni aqliy
oʻstirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga ega.
Biroq, har qanday mehnat ham aqliy oʻsishga yordam bermasligini unutmasligimiz
kerak.
24
Texnologiya taʼlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aqliy
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qoʻllashni talab qilmaydigan,
tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni oʻstirmaydi.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam
beradi. Texnologiya taʼlimida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining
toʻgʻri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnat kasb uchun zarur
boʻlgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi oʻz mehnati uchun shaxsiy masʼuliyatni, mehnat
madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon
jihozlangan sinfda, qoʻpol, ogʻir va yoshlariga nomunosib ashyolar bilan
shugʻullansalar, ish natijalari koʻngildagidek boʻlmaydi. Bunday sharoitda tabiiyki,
mehnatga
muhabbatni,
tartiblilikni,
aniqlikni,
ashyolarga
ehtiyotkorona
munosabatni tarbiyalash qiyin boʻladi.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning
eʼtiborini ashyo va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish
joyini toʻgʻri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga,
ish harakatlarining meʼyori va sifatiga, ish surʼatini taʼminlovchi tadbirlarga,
ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilish, narsani chiroyli qilib
bezashni talab qilib borish kerak.
Agarda oʻqituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa, buning
natijasi shartli boʻlib boʻlsa, bola har bir qadamida tartiblilikka, aniqlikka rioya
qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan
tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib
borish bilan birga boʻladigan koʻp bora mashq qilishlar natijasida tarkib topadi,
oʻquvchilarda ana shu faoliyat takomillashib boradi.
Kerakli material va ashyolar bilan yetarli taʼminlanmaganlik ham mehnat
madaniyatining shakllanishiga salbiy taʼsir etadi. Baʼzan oʻquvchilarning
tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli oʻqituvchining koʻp vaqti
25
bekorga sarf boʻladi: biri qaychisini, biri qogʻozini olib kelmasdan ish qilayotgan
oʻrtogʻini narsa soʻrab chalgʻitadi. Shuning uchun oʻqituvchi dars boshlashdan
oldin faollar yordamida oʻquvchilar oʻrtasidagi doʻstona oʻzaro yordamga tayanib,
oʻz vaqtida choralar koʻrishi lozim. Biroq, har qanday holatda ham u oʻquvchining
uyiga joʻnamasligi yoki jazo berish tartibida oʻquvchining ishsiz qoldirmasligi
kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.
Oʻquvchilar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro yordam ularda doʻstlik,
birodarlik, jamoatchilik kabi fazilatlarni taʼminlaydi.
Texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlash oʻquv planida umumiy taʼlim
fanlari va maxsus fanlar siklini oʻqitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlar siklini
umumtexnik texnik va pedagogik fanlarga ajratish mumkin.
Umumtexnika fanlari (texnik mexanika asoslari, mashinashunoslik asoslari,
elektrotexnika va elektronika asoslari) texnik fanlar boʻyicha bilimlarni egallashga
asos boʻladi. CHizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab
chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromontaj ishlari va
elektr bilan ishlaydigan maishiy priborlar va hokazolar ham texnik fanlar jumlasiga
kiradi.
Texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan
tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, texnologiya taʼlimi va kasbga yoʻllash
metodikasi, chizmachilik va rasm oʻqitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi
fanlarni oʻrganishda amalga oshadi.
SHunday qilib, texnologiya taʼlimi oʻqituvchisini tayyorlashda “Texnologiya
taʼlimi metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlarni
(pedagogika, psixologiya, slesarlik ishi va hokazolarni) takrorlamaydi, balki ular
bilan yaqin bogʻlanishda boʻladi. SHu sababli oldindan inson psixik faoliyatining,
oʻquv jarayonini tashkil qilishning umumiy qonuniyatlarini, shuningdek sanoat
ishlab chiqarishi texnikasi, texnologiyasi tashkil qilinishi va ekonomikasi
asoslarini egallamay turib “Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursini oʻzlashtirib
boʻlmaydi.
26
Boʻlajak oʻqituvchi “Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursini oʻrganar ekan,
umumiy taʼlim maktabidagi texnologiya taʼlimining (mehnat tarbiyasi, politexnik
taʼlim, kasbga yoʻllash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan boʻyicha
oʻquv jarayonining tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olishi,
maktab ustaxonalarida taʼlim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda
yordam beradigan metodik vositalar sistemasini egallashi kerak.
“Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursining alohida roli shuki, oʻquvchilarni
mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga yaxshi munosabat tarkib topishi
uchun obyektiv qulay sharoitlar vujudga keladi. Boʻlajak oʻqituvchiga ana shu
sharoitlardan qanday qilib toʻla foydalanishni koʻrsatish kursning vazifalaridan
biridir.
Texnologiya taʼlimi metodikasi pedagogika fanining tarmogʻi sifatida oʻz
obyektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.
Texnologiya taʼlimi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: oʻquv
materialining mazmuni, oʻqitish metodlari, oʻquvchilarning bilish faoliyati,
oʻqitish natijalari va boshqalar oʻrganish obyekti hisoblanadi. Bu jarayonning
hamma tomonini oʻrganish oʻquvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan
holda amalga oshirilishi kerak.
Pedagogika fanining tarmogʻi sifatidagi texnologiya taʼlimi metodikasi
oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qoʻyiladi:
1- Texnologiya taʼlimi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va taʼlimiy
ahamiyatini ochib berish.
Texnologiya
taʼlimi
vazifalari
fan va texnikaning
rivojlanish
tendensiyalariga, hozirgi zamon ishlab chiqarishining yoshlarni mehnatga
tayyorlash borasidagi talablariga ham bogʻliq ravishda belgilanadi.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquv materialining mazmuni bilan
belgilanadigan oʻziga xos taʼlimiy vazifalar, yaʼni metall qirqadigan va yogʻochga
ishlov beradigan turli asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi
xavfsizlik qoidalarini oʻrgatish vazifalari ham hal qilinadi.
27
Texnologiya taʼlimi jarayoni oʻquvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy
mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga
imkon berishi kerak.
2. Oʻquv materiali mazmunini asoslash.
Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan toʻplangan bilimlar
hajmi benihoya katta.
Shunday qilib, katta hajmdagi bilim va malakalardan umumiy taʼlim
talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va oʻquvchilarda oʻrganiladigan
ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qoʻllanishi haqida
toʻgʻri tasavvur hosil qila oladiganlarini ajratib olishga toʻgʻri keladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, oʻquv programmasining mazmuni
oʻzgarmasdan qolmaydi.
Oʻquv materiallarini sistemaga solish alohida muammodir. Gap shundaki,
fan va oʻquv jarayonidagi “sodda” va “murakkab” tushunchalari bir xil emas.
Shunday qilib, oʻquv materialini sistemaga solishda fanning tuzilishi
sistemasini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib olmaslik balki taʼlim-tarbiya vazifalarini
nazarda tutish kerak. Oʻqitish metodikasi bu muhim talabni bajarishning eng
samarador yoʻli va vositalarini topishi kerak bu esa maktab fani mazmunini
asoslash va oʻquv programmasini tuzish uchun ham zarurdir.
3. Taʼlim jarayonini tashkil etish.
Oʻquv jarayonini tashkil etishning prinsip va usullarini ishlab chiqishda
texnologiya taʼlimi metodikasi boshqa oʻquv fanlarini oʻqitish tajribasidan,
shuningdek didaktik tadqiqotlarning maʼlumotlaridan foydalanadi.
Oʻquvchilar mehnatining natijalarini baholashda boshqa fanlar uchun muhim
boʻlmagan: mehnat harfsizligi qoidalariga rioya etish, ish oʻrnini tashkil qilish,
mehnat usullarini toʻgʻri bajarish singari qator faktorlarni hisobga olishga toʻgʻri
keladi
Maktab praktikasida oʻquvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy:
frontal, brigada va individual formalari oʻzining ijobiyligini koʻrsatdi.
28
Maʼlumki, agar mehnat topshirigʻi ijtimoiy foydali qimmatga ega boʻlmasa,
oʻquvchilarning uni bajarishga qiziqishlari ancha susayadi.
Keltirilgan misollar oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha texnologiya
taʼlimi metodikasi oldida masʼuliyatli vazifalar turganini koʻrsatmoqda.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Yuqorida koʻrsatilgan hamma vazifalarni hal qilishda texnologiya taʼlimi
metodikasi quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi.
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |