IV BOB. TEXNOLOGIYA FANINING NAZORAT ISHLARINI
TASHKIL ETISH BOʻYICHA METODIK KOʻRSATMALAR
Test savollari ......................................................................................................... 197
Mustaqil taʼlimni tashkil etishning shakl va mazmuni ............................. 234
Glossariy ................................................................................................ 252
Amaliy mashg‘ulot uchun qo‘shimcha materiallar ................................... 255
Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................... 271
5
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasining “Harakatlar strategiyasi”da taʼlim sifatini
oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari alohida oʻrin
egallaydi. Harakatlar strategiyasidan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha yoshlar uchun
2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb
qilishdir.
Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali
kadrlar boʻlib Oʻzbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini taʼminlash
maqsadida taʼlim jarayonida zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga
javoban bu ishni samarali va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka eʼtiborni
qaratamiz.
Texnologiya va uni oʻqitishi metodikasi fani pedagogika, psixologiya,
tasviriy sanʼat, tabiatshunoslik fanlari bilan bogʻlanadi. Talabalarning bilish
faoliyatini faollashtirishi asosida ularni toʻgarak ishlariga, ilgʻor oʻqituvchilarning
ish tajribalarini oʻrganishi va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, maʼruzalar, kurs
ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi. Texnologiya va
uni oʻqitish metodikasi fani taʼlim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning
asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilgʻor oʻqituvchilarning ish
tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beriladi. Oʻquvchilarni amaliy
ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va koʻnikma]arini egallashlarini
taʼminlaydi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchilarda mehnatsevarlik,
masʼuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda,
oʻquvchilaring aqliy oʻsishida eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Oʻquvchilar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro
yordam esa, ularda doʻstlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni
tarbiyalaydi. Talabalarning fanni oʻzlashtirish jarayonida darsliklar, oʻquv-uslubiy
qoʻllanmalar, maʼruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish
qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik
6
vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qoʻllash, zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, taʼlimiy vositalarni va
taʼlimiy oʻyinlarni taʼlim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega.
Fanni oʻqitishdan maqsadi — talabalarni boshlangʻich sinflarda texnologiya
fanining mazmuni va vazifalari, oʻqitish usullari, taʼlimiy vositalar bilan
tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tadbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma va
malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari — boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining asosiy
vazifalari oʻquvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumtaʼlim
maktablarining boshlangʻich sinflarida kasblar haqida maʼlumot berish izchilligini
takomillashtirish, Davlat taʼlim standartlari talabi boʻyicha nazariy va amaliy
bilimlar berishdan iborat.
Qoʻllanmada har bir nazariy, amaliy mashgʻulotlarning mavzusi, unga
tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim boʻlgan topshiriqlar, metodik
koʻrsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Ushbu qoʻllanma 4 ta
bobdan iborat boʻlib, birinchi bobda
boshlangʻich sinflarda texnologiya va uni
oʻqitish metodikasi fanining nazariy masalalari yoritilgan boʻlib, unda texnologiya
va uni oʻqitish metodikasi” fanidan taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari va
fanining mazmuni va mohiyati ochib berilgan. Ikkinchi bobda fan dasturidan kelib
chiqib berilgan maʼruza mashgʻulotlarini tashkil etish yuzasidan modul ishlanmasi,
amaliy mashgʻulotlar mazmuni, mustaqil taʼlim ishlanmalari va mashgʻulotlar
uchun qoʻshimcha materiallar berilgan.
Qoʻllanma talabalarning mashgʻulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari,
ularning mustaqil ishlari uchun moʻljallangan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |