“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSINING OLIB



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSINING OLIB 
BORILISHI.
Texnologiya taʼlimida oʻqitishning har xil metodlaridan foydalaniladi. 
Taʼlim metodlarini tanlash avvalo, oʻquv materialining va oʻquv vazifalarining 
xarakteriga bogʻliq.
Texnologiya taʼlimiga doir oʻquv vazifalari maktabdagi boshqa fanlarning 
oʻquv vazifalari oʻquvchilarga yangi bilimlar berish, koʻnikma va malakalarni 
tarkib toptirish, bilimlarni amalda qoʻllash va h. k. Bilim asosan bir xilligi uchun 


11 
taʼlim metodlari ham deyarli bir xil boʻladi. Bu gap eng avvalo nazariy 
mashgʻulotlarga taalluqli boʻlib, bunday mashgʻulotlar yuqori sinf oʻquv 
dasturlarida bevosita nazarda tutilgan. Nazariy mashgʻulotlarda pedagogika 
kursida koʻrsatilgan umumdidaktik tavsiyalari toʻliq tatbiq etiladi. Amaliy 
mashgʻulotlarda oʻquv materialining xarakteriga koʻra mehnat boʻyicha amaliy 
mashgʻulotlar boshqa oʻquv fandagidan farq qiladi, bu esa taʼlim metodlaridan 
foydalanishda qator oʻziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat koʻnikma 
va malakalarini shakllantirish texnologiya taʼlimi metodikasida juda muhim oʻrin 
tutadi. Mantiqiy oʻqitish metodlarining oʻziga xos xususiyatlari shuki, unda 
oʻqitish jarayonini oʻqituvchining mehnat usullarini namoyish qilish va 
oʻquvchilarni unga taqlid qilishi asosida tashkil topadi.
Asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
1. Topshiriqni aniqlash, uning maqsadi va bajarishni tushuntirish.
2. Oʻquvchilarda zarur bilimlarning mavjud boʻlishi.
3. Taʼlim metod va usullarini shakllantirayotgan koʻnikma va malakalarni 
xususiyatlariga moslash.
4. Instruktajning samaradorligi.
5. Mashqlarning yetarli miqdorda boʻlishi.
6. Oʻquvchilar faoliyatini oʻz vaqtida va obyektiv baholash, oʻquvchilarni 
baholash natijalaridan xabardorligi.
7. Oʻquvchilar faoliyatini faol xarakteri.
Koʻrsatmali metodni asosan oʻrganiladigan obyektlar, protsesslar va 
ularning tasvirini namoyish qilish va oʻquv qurollari bilan ishlash kabi usullar 
orqali amalga oshiriladi. Texnologiya taʼlimida koʻrsatmali metodning xususiyati 
shundan iboratki, bunda koʻrsatmalilik koʻpincha oʻquv materialiga illustrasiya 
sifatida emas balki uning oʻzi bilim manbayi boʻlib koʻp hollarda esa koʻnikma va 
malakalarni shakllantirish usuli boʻlib xizmat qiladi.
Amaliy metodlar instruktaj va mashqlar orqali amalga oshiriladi. SHu nuqtai 
nazardan instruktajga qoʻyiladigan talablarni qarab chiqish maqsadga muvofiq:


12 
1. Instruktaj jarayonida taʼlimning har xil metod va usullarini omilkorlik 
bilan kombinatsiyalash.
2. Instruktaj mazmunini oʻqituvchi asoslashi.
3. Instruktajni toʻlaligi va instruktajni elementlarga ajratish.
4. Instruktajda shunday koʻrsatmalar boʻlishi kerakki, oʻquvchilar ular 
yordamida oʻz faoliyatlarini nazorat qila olishlari lozim.
Instruktajlarni yana quyidagilarga ajratamiz: kirish, joriy va yakuniy.
Texnologiya taʼlimi jarayonida tatbiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa 
muddatli mashqlarda boshlash maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatmoqda.
Muammoli taʼlim gʻoyalari har xil sabablarga koʻra hali texnologiya 
taʼlimida keng qoʻllanilayotir. Buning sababi mehnat darslarida muammoli 
taʼlimning samaraligi emas, balki uni qoʻllashning maʼlum qiyinchiliklar bilan 
bogʻliqligidadir. Oʻquvchilar hamma oʻquv materiallarining muammolarini 
mustaqil hal qilish yoʻli bilan oʻzlashtirishi muammoli taʼlim deyiladi. Bunda 
oʻqituvchining tushuntirishi ham reproduktiv holati ham, masalalar yechish ham 
oʻquvchilarning mashqlarini bajarishi ham boʻladi.
Muammoli amaliy topshiriqlar ham maʼlum va nomaʼlumni oʻz ichiga oladi, 
ammo harakat usullari bilan bogʻliq boʻladi. Bunda topshiriqlarni bajarish 
natijasida oʻquvchi yangi harakat usulini topishi yoki maʼlum usulni yangi 
sharoitlarda qoʻllashi kerak.
Boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimiga tayyorlash dasturi bolalarni har 
tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, axloqiy va estetik, iqtisodiy va 
ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan boʻlib oʻz oldiga 
qoʻyidagi maqsadlarni qoʻyadi.
a) Bolaning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish 
faoliyati toʻgʻrisidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat 
kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;
b) Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, oʻz ishi va oʻrtoqlari 
ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish.
Dasturda toʻrtta asosiy ish turlari bor.


13 
1. Qogʻoz va karton bilan ishlash.
2. Turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash.
4. Texnikaga modellash.
5. Qishloq xoʻjaligi mehnati.
Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish boʻlimi oʻzlarining kiyim-kechaklariga va turar 
joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni oʻz 
ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida oʻtkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad 
oʻqituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday 
qoʻllayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, 
uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir.
Texnikaga oid mehnat boʻlimi mehnatning quyidagi turlarini: qogʻoz va 
karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli xil materiallardan plastilin, tabiiy va 
noarganik materiallar somon, quritilgan barglar, patlar, chigʻanoq, loy, qum, 
sement, yogʻoch, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni oʻz 
ichiga oladi.
O`quvchilarga buyumlarni yasash tartibi haqida, yaʼni yigʻish, ishlov berish 
toʻgʻrisida, ishlatib koʻrish xato va kamchiliklarni yoʻqotish haqida ish oʻrnini 
tashkil qilish va boshqalar toʻgʻrisida tasavvur hosil boʻladi. Bu elementlarning 
barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy oʻyinchoqlar tayyorlashda 
qoʻllaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini oʻstiradi, Toʻplangan 
mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bogʻlashlariga yordam beradi.
Qishloq xoʻjaligi mehnati bu darslarda oʻquvchilar sinfdagi jonli tabiat 
burchagi va maktab tajriba hovlisida oʻsimliklarni oʻstirishga, koʻpaytirishga va 
parvarishlashga oid ishlar bilan shugʻullanadilar.
Texnologiya taʼlimi dasturi talablari quyidagilarni oʻz ichiga oladi.
1. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin 
boʻlgan dasturda koʻrsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.
3. Barcha oʻquvchilarni darsda band qilish imkoniyati.


14 
Texnologiya taʼlimining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari 
asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va 
koʻnikmalari aks ettirilgan boʻlib, unga qarab maktab oʻquvchisi, oʻqituvchisi va 
maktab faoliyatiga baho beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarning u yoki bu 
xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda 
dastur tuzib chiqadi.
Mehnat taʼlimi yoʻnalishlaridan birinchisi o`quvchi tassavurida inson 
mehnati haqida va uning mehnati orqali yaratilgan buyumlar toʻgʻrisida, ishlab 
chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab 
chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni 
talab qiladi.
Texnologiya taʼlimining yoʻnalishining ikkinchisi, oʻquvchilarda oilada va 
turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish toʻgʻrisidagi tasavvurlarni 
shakllantirish.
Texnologiya taʼlimining yoʻnalishining uchinchisi esa hozirgi zamon 
oʻquvchisi tabiatga ekologik munosabatda boʻlishni shakllantirish, uni qishloq 
xoʻjaligi sohasidagi malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish kerak.
Texnologiya taʼlimi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va 
koʻnikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga boʻlgan 
qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat 
madaniyatiga qaratilgan barqaror yoʻl yoʻriqni qaror toptirish, ijodiy mehnat 
qilishga, amaliy, axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, oʻquvchilarni 
xalq xoʻjaligidagi muvaffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur boʻlgan ijodiy 
qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Texnologiya taʼlimi oʻzining bosqichlarida bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning 
yoshi, funksional imkoniyatlarining oʻziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy 
mavqega muvofiq ravishda koʻp tomonlama yoʻnalishga ega boʻlishi lozim. U 
qoʻydagilarni taqozo etadi.


15 
- Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy 
munosabatda boʻlishni, oʻz mahoratini doimo takomillashtirishga intilishni 
shakllantirish;
- Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli boʻlgan psixo-fiziologik funksiyalarini, 
shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim boʻlgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish;
- Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi 
va kasbiy harakatchanlik bilan birga qoʻshgan holda shakllantirish;
- Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, 
jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba toʻplash;
- SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
- Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, 
omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;
- Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy 
ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda 
ongli ravishda va faol ishtirok etish.
Mehnat darslarida oʻquv jarayonini tashkil qilish oʻquvchilarni muayyan 
mehnat malakasi va koʻnikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay, 
balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish va ularni mehnatga 
munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan mehnat 
darslari gʻoyat zarurdir. Oʻqituvchining oʻz fanini yaxshi bilishi oʻquvchilarni 
muvaffaqiyat bilan oʻqitishning eng muhim shartlaridan biridir.
Oʻz fanini yaxshi bilgan oʻqituvchi biror buyum narsani tayyorlash usulini 
mahorat bilan tushuntirib va koʻrsatib bera oladi, bu esa mehnat amallarini 
oʻquvchi toʻgʻri idrok etishni taʼminlaydi. Oʻqituvchi shu munosabat bilan darsga 
puxta tayyorgarlik koʻrishi, bolalarga koʻrsatadigan buyum-narsani oʻqituvchining 
oʻzi oldindan tayyorlab koʻrishi lozim, chunki buyum-narsani tayyorlash davomida 
qiyin ish usullarini qoʻllashga toʻgʻri kelib qolishi mumkin. Agar oʻqituvchining 
oʻzi narsalarni oldindan tayyorlasa oʻquvchilarga uni tayyorlashning metod va 
usullarini koʻzda tutgan boʻladi.


16 
Har bir dars oʻquvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi 
hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy koʻnikma va odatlar hosil qilishga 
yordam berishi lozim. Dars vazifasini faqat bilim berish va koʻnikma hosil 
qilishdan iborat qilib qoʻymasligi, balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari 
bilan bogʻlab olib borish ham zarur. SHuning uchun ham oʻqituvchi oʻzi 
oʻqitayotgan bilimini bilishi lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, 
oʻqituvchi mazkur dars materiali asosida oʻquvchilarning axloqiylikning qanday 
gʻoyalarini anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani 
rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday kamol 
toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmogʻi lozim.
Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan 
qoʻpol, ogʻir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon 
taʼsir koʻrsatadi. Mehnat madaniyati malakalari koʻp marotaba takrorlanadigan 
mashqlar natijasida hosil boʻladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq 
jarayonida oʻrnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini tushuntirib berish 
zaruriyati bilan birga qoʻshib olib boriladi.
Texnologiya fanining yangi dasturi “taqlid qilish” metodikasini mehnat 
darsida rad etadi, tajriba shuni koʻrsatadiki, bolalar butun buyumning tuzilishini 
yaxshi tasavvur etsalargina ish jarayonini va asboblar bilan ishlash usullarini 
tezroq va puxtaroq his qilib oladilar. Ayniqsa, birinchi sinf oʻquvchisi oʻqituvchiga 
taqlid qilishga intiladi. SHu sababli oʻquvchi boshidanoq faqat toʻgʻri usullarni 
koʻrishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu, oʻqituvchi qoʻllamasligi lozim boʻlgan 
notoʻgʻri ish usulini har doim taʼkidlab koʻrsataversa oʻquvchi shuni eslab qolishi 
mumkin, u oʻquvchilar ongiga singib qolib, keyin uni tuzatish ancha qiyin boʻladi.
Mehnat darslarida birinchi sinf oʻquvchilarining ishlarini kuzatish natijasida 
oʻquvchilarni topshiriqlarni olib, buyum-narsani xuddi namunadagidek yasash 
uchun namunaning qurilishini sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yoʻllarini 
qunt bilan izlaydilar.
Birinchi sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak boʻlgan 
buyumning namunasi koʻrsatiladi. Bunda birinchi sinf oʻquvchilari uchun real 


17 
buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab 
mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday qilib xuddi mana shunday 
tayyorlash mumkinligini oʻylab oladilar.
Oʻqituvchi yangi mavzuga metodik jihatdan qanchalik toʻgʻri yondashmasin, 
uni suhbat va koʻrsatmada qanchalik tushunarli qilib izohlamasin, baribir 
oʻquvchilar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim ham toʻgʻri 
qoʻllayvermaydilar. Oʻquvchi koʻp savollarni mustaqil hal qilishi kerak. 
Oʻquvchilar mustaqil, faol fikrlash qobiliyatini, tashabbusni, uchragan 
qiyinchiliklarni yengishini, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini 
oqilona va ijodiy qoʻllay bilishni oʻrganishi lozim.
Mustaqil ish faoliyatida asosiy faol shaxs oʻquvchidir. Lekin shunga 
qaramay darsning bu bosqichida oʻqituvchining vazifasi benihoyat katta va 
masʼuliyatlidir. Bunday mashgʻulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini koʻrsatib 
qoʻya qolish kifoya, oʻquvchilarni erkin ishlashi kerak deb oʻylash katta xato 
boʻladi. Oʻqituvchi mumkin qadar kamroq soʻzlashni, sekin ohista ovoz bilan 
gapirishni odat qilishi, oʻquvchilarga sezdirmay ularning xarakterini kuzatishi, 
ularga yaqinlashish va uzoqlashishni, oʻrniga qoʻyib gapirishni yoki jim turishni 
oʻrganish lozim. Qoloq oʻquvchini yaxshi oʻzlashtiradigan oʻquvchiga biriktirib 
qoʻyish kerak. Masalan tikishda oʻgʻil bolalar odatda orqada qoladilar ularga qizlar 
yordamini biriktirib qoʻyish, aksincha texnikaviy modellashda oʻquv tajriba 
hovlisidagi ishlarda oʻgʻil bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak.
Shu tarzda oʻquvchilarda oʻzaro doʻstona yordam hissi tarbiyalanadi. 
Oʻqituvchi har bir oʻquvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish 
lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda oʻqituvchining mehnati oson emas, balki 
yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir.
Oʻquvchilar mustaqil ishlayotganda oʻqituvchi nofaoldek koʻrinadi, lekin 
aslida oʻqituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim boʻlgan xilma-xil xarakterli oʻttiz-
qirq oʻquvchi bor. Ayrim oʻquvchilarni butun dars davomida bezovta qilmaslik 
lozim, ayrimlariga koʻrsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. 
Mustaqil mashgʻulot vaqtida bolalar qoʻngʻiroqni ham sezmay qoladilar, hatto 


18 
ishini davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham boʻladi. Oʻzlariga 
yoqqan ishga shoʻngʻib ketib va tez ishlaydigan oʻrtoqlarini koʻrib oʻquvchilar 
bora-bora oʻzlarining ish surʼatini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Oʻqituvchi 
oʻquvchilarning amaliy ishini oʻz vaqtida tekshirmaslik oʻquvchining ishga 
qiziqishini kamaytiradi. Ishni tekshirish va baholashga oʻquvchilarning oʻzlarini 
jalb qilish kerak. Bu bilan ular mehnatga ongli munosabatda boʻlishlik, faollik va 
tashabbuskorlik xislatlari rivojlanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tekshirish va 
baholash oʻquvchilarning xotiralarida maʼlum bir buyumni tayyorlashning barcha 
bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim 
bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish uchun beriladigan vazifani avvalo 
darsda ishni yaxshi uddalay olmagan oʻquvchilarga berish zarur.
Dars besh bosqichga boʻlinadi:
1. Kirish qismi – mavzu nechanchi yil oʻqitilayotganligi oʻquvchilarning 
oʻsish darajasiga qarab, vaqt jihatdan juda uzoq yoki qisqa boʻlishi mumkin. Kirish 
qismi oʻquvchilarni emotsional qiziqtirishi, oʻquvchi ishlashi lozim boʻlgan biror 
mehnat obyektini namoyish qilishda goʻzallik hissini uygʻotishi lozim.
2. Oʻqituvchining koʻrsatmasi — koʻrsatmalilikning xilma-xil vositalarini 
qoʻllab oʻqituvchi darsni bu bosqichida oʻquv ishning maqsadini eng muvofiq 
izchilligi bilan tanishtiradi.
3. Oʻquvchilarning topshiriqni mustaqil bajarishi – darsning asosiy qismi 
boʻlib, unga darsning 2/3, hatto 3/4 qismi ajratiladi. Bu bosqichda oʻqituvchi 
oʻquvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish 
harakatlaridagi ish holatlari, asboblardan foydalanishdagi xatolar va kamchiliklarni 
kuzatadi. Bordi-yu, ish oʻquvchilarga qiyinlik qilsa, oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻzi 
bajarayotgan ish bosqichlariga eʼtibor berib turishini va uning harakatiga oʻxshatib 
asta-sekin harakat qilishini aytadi.
a) oʻqituvchining koʻrsatmalariga qanday amal qilinmoqda?
b) oʻquvchilarning mehnat madaniyati va koʻnikmalari qanday?
d) material qanday saqlanmoqda, oʻquvchilar asboblarni toʻgʻri 
ishlatishyaptimi?


19 
e) oʻquvchilar oʻz usullarini qay darajada uqib oladilar?
4. Tekshirish va baho qoʻyish. Oʻqituvchi har bir oʻquvchining ishini qisqa 
tavsiflab, jurnalga baho qoʻyadi (oʻquvchilarga yorliq etiketkasi qilib tayyorlangan 
buyumni yopishtiradilar, yorliqqa ishning tugallangan vaqti, necha soat vaqt 
sarflaganligi, bajaruvchining familiyasi va ismi, sinfi aniq koʻrsatiladi. )
5. Uy vazifasini tushuntirish — darsning bu bosqichi darsda bajarilgan 
topshiriqning yakuni bilan bogʻliq, oʻqituvchi har bir oʻquvchining faoliyatiga 
baho qoʻyib, ishdagi kamchiliklarini koʻrsatadi va uyga berilgan topshiriqni 
tushuntirish davomida xatolarni tuzatish uchun qoʻshimcha koʻrsatmalar beradi.
Oʻquvchilarning mehnati va mustaqilligini faol fikrlash faoliyati, 
tashabbusning paydo boʻlishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi, avval hosil 
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qoʻllay bilishidir.


20 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish