Sintetik yelimlar. Sintetik yelimlarning boshqa turdagi yelimlarga nisbatan afzalliklariga ularning zamburug’ga absolyut chidamliligi, suvga juda chidamliligi hamda yelimli birikmaning juda mustahkamligi kiradi. Sintetik yelimlarning kamchiliklariga juda zararliligi, uzoqqa chidamasligi va yelimlanish chokining juda qattiqligi kiradi.
Sintetik yelimlar quyidagi xillarga ajratiladi:
- fizikaviy holatiga ko’ra qattiq, pastasimon, suyuq, kukunsimon va plyonkasimon;
- eruvchanligi jihatidan – spirtda eriydigan, suvda eriydigan va emulsion (erimaydigan);
- issiqlikka ta’sirchanligi jihatidan – termoplastik (qaytadigan, masalan «rasplav») va termoreaktiv (qaytmaydigan), termoreaqtivlar esa o’z navbatida sovuq holatda qotadigan va issiq holatda qotadigan yelimlarga ajratiladi. Ko’pgina sintetik yelimlar uy temperaturasida va yuqori temperaturada juda sekin qotadi. Qotish jarayonini tezlatish uchun yelim tarkibiga qotirgichlar qo’shiladi.
Elimlar dastavval asosiy komponent smola tipi bo’yicha belgilanadi. Turli materiallarni yelimlashda bir xil yelimlar ishlatilsa hamki, har bir gruppa yelimning asosiy vazifasini belgilash mumkin.
Nazorat savollari. 1. Yelimlarning qanday turlarini bilasiz?
2. Yelimlarning tarkibiga nimalar qo’shiladi?
3. To’ldirgichlar yelimga qanday maqsadda qo’shiladi?
4. Stabilizatorlar yelimlarga nima maqsadda qo’shiladi?
5. Oshlagichlar yelimlarga qanday hossa beradi?
6. Ko’piklanadigan moddalar qachon yelimlarga qo’shiladi?
7. Yelimlarga qanday talablar qo’yiladi?
8. Yelimlarning qovushoqligi qanday o’lchanadi?
9. Yelimlarning mustahkamlik chegarasi qanday aniqlanadi?
10. Yelimlarning biologik chidamliligi nimalarga bog’liq?
11. Hayvonot yelimlaridan qaysilari eng ko’p qo’llaniladi?
12. Kazein yelimlari haqida nimalarni bilasiz?
13. Sintetik yelimlardan qaysilarini bilasiz?
14. Karbamid, fenol va rezosirin asosidagi formaldegidli yelimlar nima maqsadda qo’llaniladi?
15. Karbamid-formaldegid yelimlarining afzalliklari nimada?
16. Fenol-formaldegid yelimlarining afzalliklari nimada?
17. Polivinilatsetat yelimlari haqida nimalarni bilasiz?
18. Suyuqlanuvchan yelimlar nima maqsadda ishlatiladi?
19. Epoksid yelimlarining afzalliklari nimada?
20. Yelimlarni suyultirishda qanday eritgichlar ishlatiladi?
19-mavzu. Yelimlangan choklarni tozalash (2 soat).
Ishdan maqsad:Yelimlangan choklarning sifatini tekshirib ko’rish. Fanerlash va shpon yopishtirish uchun yog’och yuzani tayyorlash.