Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua



Download 13,16 Mb.
bet44/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Kazein yelimi. Bu yelim tarkibining asosiy qismi yog’iolingan quruq tvorog – kazeindan iborat bo’ladi. U yog’siz sutdan tayyorlanadi. Yelimning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun qo’shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo’ladi. Kazein yelimi quyidagicha tayyorlanadi: emallangan toza idishga xona haroratidagi suv quyiladi va uning ustiga yelim kukuni (ikki hissa suvga bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab aralashtiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki bunda yelim buziladi. Kazein yelimi o’zining yopishtirish qobiliyatini 3-4 soatgacha saqlaydi. Shunga ko’ra, uni faqat ish uchun yetarli miqdorda tayyorlash kerak. Qotib qolgan kazein yelimi aralashmasini ikkinchi marta suvda eritish yoki yangi yelimga qo’shish mumkin emas. Yog’och detallarni yelimlashning mustahkamligi faqat tayyorlangan yelim eritmasining sifatiga emas, balki biriktirilgan detallar orasida hosil qilingan yelim qatlamining qalinligiga ham bog’liqdir. Mazkur detallar yog’och orasida 0,1–0,15 mm li qatlam hosil qilib, ularni mustahkam biriktiradi. Detallarni mustahkam biriktirish uchun ularning orasida tirqish qoldirmay moslashtirish lozim. Detallarning o’zaro birikadigan sirtlarini changdan yaxshilab tozalash, keyin ularga qo’l bilan tegmaslik kerak, chunki changlar yelimlashning mustahkamligiga putur yetkazadi.
Yelim biriktiriladigan sirtiga cho’tka bilan bir tekis qatlam qilib surtiladi, shundan keyin yog’och yelimni shimib olishi uchun biroz kutib turiladi, shunda yelim aralashmasidagi namlik ham bug’lanadi. Lekin yelim qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak. Yelimlash bir tomonlama va ikki tomonlama ham bo’lishi mumkin. Bir tomonlama yelimlashda, yelimni faqat bitta detal sirtiga, ikki tomonlama yelimlashda esa ikkala detal sirtiga surtiladi. Bir tomonlama yelimlash bilan detallarning tolalari bo’ylamasiga, ikki tomonlama yelimlash bilan esa tolalari ko’ndalangiga biriktiriladi. Ho’l yog’ochlarni yelimlash mumkin emas. To’g’ri tirnoqli va T simon birikmalarni yelimlashga tayyorlashda ularning sirtiga duradgorlik yoki kazein yelimi surtiladi. Shundan keyin tirnoqli birikmaning detallari biriktiriladi. Bunda tirnoq uyaga yoki go’shaga zich joylashuvi hisobga olinadi. Buning uchun tirnoqli birikma detallarining biriga to’qmoq bilan yog’och qistirma orqali sekin-sekin uriladi. Yig’ilgan tirnoqli birikmalardagi burchaklarning 90° bo’lishi go’niya bilan tek - shiriladi. Ana shu talablar bajarilgach, tirnoqli birikmalar bilan yig’ilgan buyumlar tirnoq, uya va go’shaning zich birikishini ta’minlaydigan maxsus iskanja moslamalarga joylashtiriladi va shu holatda yelim batamom qotgunicha saqlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida tirnoqli birikmali buyumlarni yig’ish maxsus uskunalar yordamida bajariladi. Bu uskunalar buyumlarning geometrik shakli to’g’ri bo’lishini, moslashtirilgan birikmalarning mustahkamligini va mehnatning yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Lok – sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvchi organik moddalar aralashmasi. Loklash yog’och buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo’lib, bu ish buyumning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan foydalaniladi. Buyumlarni loklashni quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda bajarish kerak. Loklar cho’tka yoki tampon bilan surtiladi. Tampon nam o’tkazmaydigan bir bo’lak paxtani yupqa ip gazlamaga o’rab tayyorlanadi.
Loklash. Loklangan yog’ochning rangi va gullari yaltiroq lok qatlamida chiroyli ko’rinib turadi. Rangli loklar yog’och rangini o’zgartirib, shu lokning rangidagi yaltiroq qatlam hosil qiladi.
Loklashni maxsus purkagich asboblar yordamida yoki cho’tka hamda aylanadigan valiklar yordamida bajariladi. Bunda lokni buyum sirtiga bir xil qalinlikda va bir xil tezlikda surtib borishga erishish lozim. Loklar tarkibida tez yonuvchi moddalar bo’lgani sababli, ularni ishlatish va saqlashda yong’inga qarshi qoidalarga qat’iy rioya qilish zarur. Buyum sirtini tampon bilan loklash usullari tasvirlangan.

Bo’yoq – yupqa qatlami qurigandan so’ng shaffof bo’lmagan, sirtni yemiruvchi moddalardan saqlaydigan va unga chiroyli tashqi ko’rinish beradigan parda hosil qiladigan modda. Moyli bo’yoqlar, guash, akvarel va boshqa bo’yoq turlari mavjud. Bo’yoqlar qog’oz, karton, tunuka, yog’ochdan tayyorlangan buyumlarni bo’yash uchun ishlatiladi. Har bir bo’yoq turi o’ziga xos xususiyatga va ishlatish texnologiyasiga ega. Bo’yoqlardan bo’yoqchilikda, texnikada, xalq amaliy san’atining ko’pgina turlarida keng foydalaniladi. Buyumlar sirtini pardozlashda moy bo’yoqlar ham juda keng qo’llanadi. Ular buyumning sirtida namga chidamli, mustahkam himoyalash xossasiga ega bo’lgan qatlamni hosil qiladi. Moyli bo’yoqning kamchiligi yaxshi yaltiramasligi va sekin (taxminan 24 soatda) qurishidir. Moyli bo’yoq bilan bo’yaladigan buyum sirti yaxshilab silliqlanishi, yaxshi quritilishi va changlardan tozalanishi lozim. Buyumning sirtiga moy bo’yoq cho’tkalar bilan har xil yo’nalishlarda surtiladi. Bo’yash yog’ochning tabiiy rangini o’zgartirgan holda pardozlovchi hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog’ochni bo’yash uchun ko’proq moyli bo’yoqlar, nitrobo’yoqlar, emallar, suv emulsiya bo’yoqlari ishlatiladi. Bo’yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho’tkalar va dumaloq valiklar yordamida bajariladi. Bo’yoqni buyum sirtiga bir tekis ko’rinishda hosil bo’lguncha 2–3 marta surtiladi. Yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo’yoqlari yaltiroq ko’rinish.
hosil qiladi. Boshqa bo’yoqlar yaltiramaydigan qatlam hosil qiladi. Bo’yash ishlari bajarilgandan so’ng xona sha - mollatiladi. Bo’yoqlarni saqlashda shaxsiy xavfsizlik hamda yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilsh zarur. Bo’yoqlarni surtishda turli xil cho’tkalardan foydalaniladi. Cho’tkalardan foydalanish va uni saqlash qoidalari 6-rasmda ko’rsatilgan.




Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish