Kazein yelimlari.
Kazein yelimining asosiy tarkibi (GОСТ 3056–94) sut oqsili – kazein (yog’i olingan tvorog) hisoblanadi. Yelim kislotasi kazein hamda ishqor reagenti asosida olinadi.
Toza holatdagi kazein tez bo’kadi, biroq erib ketmaydi va yelim hosil qilmaydi. Kazein ishqorda yaxshi eriydi. Turli ishqorlar kazeinga turlicha ta’sir etadi. Masalan, o’yuvchi natriyning suvli eritmasida eritilgan kazein uzoq muddat (48 soatgacha) ishga yaroqliligini saqlaydi, biroq suvga chidamsiz bo’ladi. Ohak sutida eritilgan kazein esa aksincha, suvga chidamli bo’ladi, ammo uning ishga yaroqliligi juda qisqa bo’ladi. Bunday yelimni 15–20 min ichida ishlatib yuborish lozim, shundan keyin u toshga aylanib qoladi (qotib qoladi) va keyin ishlatib bo’lmaydi.
Duradgorlikda faqat kukun holatidagi kazein yelimi ishlatiladi. Qukun holatidagi kazein yelimida suvdan tashqari hamma komponentlar bo’ladi.
Kukun holatidagi kazein yelimi sarg’ish-oq rangli, begona aralashmalarsiz, hasharotlarsiz, ularning qurtlarisiz va mog’orsiz bir jinsli modda bo’lishi kerak. Osongina uvalanib ketadigan qumoqlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Yelim kukunidan chirigan hid kelmasligi kerak.
Poroshok holatidagi kazein yelimi ichiga pergament yoki qalin upakovka qog’ozi qo’yilgan faner bochkalar va yashiklarga joylanadi, shuningdek, ko’p qatlamli zich kraftsellyuloza qoplarga joylanadi. Tarada boshqa yozuvlar bilan bir qatorda yelimning ishlab chiqarilgan vaqti ko’rsatilishi lozim. Kazein yelimi yetkazib beruvchi zavodda upakovkalangan holatda temperaturasi 30°С dan yuqori bo’lmagan usti yopiq, shamollatib turiladigan xonalarga o’rnatilgan taxta supalar ustida quruq holatda saqlanadi.
Elimli qopni isitish pechkalari, bug’ trubalari va boshqa , issiqlik manbalari yaqiniga qo’yish taqiqlanadi, chunki 40SS temperaturada kazein yopishtirish xossasini yo’qotadi. Kukun holatidagi yelimning saqlanish muddati – 5 oy.
Kazein yelimi solingan idishni ochilganidan keyin uni obdan aralashtirish lozim, chunki tashish vaqtida kukunning og’ir tarkibiy qismlari (o’yuvchi natriy, mis kuporosi) tagiga tushib qoladi. Shu sababdan bir idishdagi yelimning xossasi hatto zavodda bir xil retsept bo’yicha tayyorlangan bo’lsa ham har xil bo’lishi mumkin.
Elim eritmasini tayyorlashda kukun holatidagi yelim uy temperaturasidagi (14–20°С) suvga uzluksiz sepib va aralashtirib turiladi. Kukun suv bilan 1:1,7 dan 2,3 nisbatgacha (kerakli qovushoqlikka qarab) aralashtirilishi mumkin. Eritmani oz-ozdan tanaffus bilan bir soat davomida oq-kul rang yoki bir oz binafsha rangli kerosin hidli, bir jinsli qaymoqsimon massa hosil bo’lguncha qorishtiriladi.
Qorishma juda quyuqlashib ketganda qorishtirishni qorishma suyulguncha to’xtatib turiladi, suv qo’shish yaramaydi. Erimagan qumoqlar qolmaguncha yaxshilab qorishtirish lozim.
Tayyor yelim eritma yog’och kurakchadan uzluksiz oqim tarzida yoki kurakcha sirtida yaltiroq parda hosil qilib ingichka bo’lib oqib tushadi. Tayyor bo’lgan yelim eritmani qo’lga olganda barmoqlar orasida cho’zilib yopishadi.
Kazein yelimining ish eritmasining ishga yaroqlilik muddati (retseptiga qarab) 4–7 soat bo’lishi mumkin, shundan keyin u quyuqlashadi. Quyuqlashib qolgan yelim cho’tkadan oqib tushmaydi, ishlatish uchun yaroqsiz bo’lib qoladi. Yelim eritmasiga uning qovushoqligini kamaytirish uchun suv qo’shishga yo’l qo’yilmaydi.
Kazein yelimlari mustahkam birikma hosil qiladi, biroq unda ishqor ko’p bo’lgani uchun (oshlovchi moddalari ko’p bo’lgan) yog’och rangini o’zgartiradi. Ular mebel shitlarini tayyorlashda, qalin list materiallarni (fanerlar, yog’och-qirindili plitalarni) yopishtirishda, yog’ochni yelimlashda, dekorativ qog’oz qatlamli plastik, karton matolarni yopishtirishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |