TO’G’RI TIRNOQLI BIRIKMALAR Duradgorlik buyumlari tayyorlashda ularning sifatli chiqishi va detallarning puxta birikishini ta’minlash maqsadida, uning shakli va o’lchamlariga qarab har xil ko’rinishdagi bir tirnoqli, ikki tirnoqli, ko’p tirnoqli ochiq, maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar hosil qilinadi. Ulardan eng soddasi va eng ko’p qo’llanadigani ochiq ko’rinishidagi bir tirnoqli bnrikmalardir. Bir tirnoqli birikmalar hosil qilish mashqi 3-texnologik kartada ko’rsatilgan tartibda bajariladi.
1. Birikmaga mos yog’och tanlanadi, randalash uchun qo’yim qoldirib undan material arralab olinadi.
2. 1-texnologik karta asosida uzunlikdagi, eni a qalinligi h bo’lgan ikkita brusok tayyorlanadi yoki dasta bet bog’lashni o’rganish uchun ishlatilgan tayyor brusoklardan foydalaniladi.
3. Brusoklarning uchlarini go’niya asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil qilingandan so’ng tirnoq va quloqlar rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchida o’lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib, qolgan tomonlarga go’niya yordamida olib o’tiladi. Bir tirnoqli birikmalarda tirnoqning qalinligi yoki quloqning kengligi brusok qalinligining 1/3 qismiga teng qilib olinadi (shuni hisobga olib ko’pincha bir tirnoqli birikmalarda brusokning qalinligini 3 ga qoldiqsiz bo’linadigan o’lchamda tayyorlanadi). Shuning uchun tirnoq va quloq o’lchamlarini rejalashda xatkashning bir cho’pini brusok qalinligining qismiga), ikkinchi cho’pini brusok qalinligining qismiga teng o’lchamga sozlanadi va ikkala cho’p yordamida «betalarga nisbatan brusok chetlariga reja chiziladi.
4. Reja asosida tirnoq chiqarish va quloq ochish uchun birinchi navbatda tilish ishi olib boriladi. Tirnoq va quloqlarni tilish ishlari ko’rsatilganidek olib boriladi. So’ng tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun o’yish ishi bajariladi.
5. Tirnoq va quloqlar o’zaro bir-biriga kiritib birikma hosil qilingach, uning jipsligi ta’minlanadi. Jipslikni ta’minlash chaspakli dastarra yordamida olib boriladi. Buning uchun birikmaning chokiga ham «bet»dan, ham orqadai arra qo’yiladi (arralanadi).
Birikma hosil qilishni bir necha bor mashq qilinadi.
Ikki tirnoqli birikmalarda har bir tirnoqning qalinligi brusok qalinligining qismiga teng qilib chiqariladi, quloqlar unga moslab ochiladi.
Ikki tirnoqli birikmalar hosil qilishda birinchi navbatda tirnoqlar chiqariladi. So’ng tirnoqlarga moslab quloq o’rinlari rejalanadi.
Ko’p tirnoqli birikmalarda ham oldin tirnoqlar chiqarilib, so’ngra ular asosida kuloq o’rinlari rejalanadi Ikki tirnoqli va ko’p tirnoqli birikmalarda ikki cho’pli xatkashlar yordamida rejalash mumkin emas. Ular uchun maxsus ko’p chizg’ichli xatkashlar tayyorlanadi yoki andazalardan foydalaniladi. Bir tirnoqli maxfiy yoki yarim maxfiy birikmalarda quloq o’rnida uya yoki teshik ochiladi. Buning natijasida tirnoq butunlay ko’rinmaydi yoki tirnoqning uch qismigina ko’rinadi.
Tirnoqli birikmalar hamma vaqt yelimlab biriktiriladi. Ayrim hollarda birikmaning puxtaligini oshirish uchun unga yog’och mix qoqiladi yoki uning sifatiga Qarab ichki yoki tashqi tomonidan po’lat burchaklik yoki fanerdan tayyorlangan uchburchaklik mixlanadi.